2.MTT o’rta guruhida “Ortiqcha predmetni top, (va olib tashla)” metodikasini o’tqazish, tahlil etish, xulosa qilish. Davlat Maktabgacha ta’lim tashkiloti katta guruhida bolalar tafakkurini o’rganish metodikasi ( 20 savoldan iborat) metodikasi tahlili
Yuqoridagi metodika tahlilidan shuni bilish mumkinki, ushbu katta guruh tarbiyalanuvchilarining 75 %i yuqori darajani 20 %i esa o’rta darajani, 5 %i esa past darajani qayd etishdi. Psixologning bu vaziyatda qiladigan ishi 75 % bolalarning tafakkurlarini yanada rivojlantirish, 20 % bolalar uchun yana qo’shimcha rivojlantiruvchi mashqlarni o’tqazib borish. 5 % bolalar bilan esa, alohida tafakkurni rivojlantiruvchi metodlardan muntazam foydalanib borishdir. Past darajani qayd etgan tarbiyalanuvchilarning hozirgi oilaviy sharoitini o’rganish va ota – onalari bilan suhbat o’tkazish maqsadga muvofiq. Tafakkur buzilishi hech bir tarbiyalanuvchida kuzatilmadi. Ba’zi bolalarda fikrlar tarqoqligi va diqqat taqsimlanishida qiyinchiliklar mavjud ekan.
XULOSA Men ushbu kurs ishini bajarib quyidagi xulosalarga keldim:
1)Tafakkur inson bilimining eng yuqori bosqichidir; atrofdagi real dunyoni bilish jarayoni, uning asosi tushunchalar, g’oyalar zaxirasini ta’lim va doimiy ravishda to’ldirishdir; yangi hukmlarni chiqarishni (xulosalarni amalga oshirishni) o’z ichiga oladi. Fikrlash sizga birinchi signal tizimi yordamida bevosita idrok etib bo’lmaydigan bunday ob’ektlar, xususiyatlar va atrofdagi dunyo munosabatlari haqida bilim olishga imkon beradi. Fikrlash shakllari va qonuniyatlari mantiqning, psixofiziologik mexanizmlarning esa psixologiya va fiziologiyaning ko’rib chiqish predmeti hisoblanadi.
2)Shuni e’tiborga olish lozimki, aqli zaif bolalardagi ba’zi nuqsonlar predmetlar bilan harakat qilishni o‘zlashtirishdagi orqada qolish nutqning o‘z vaqtida rivojlagnmay qolganligi va nuqsonlari bilish jarayondagi orqada qolishlar ikkilamchi xarakterga ega bo‘ladi. Aqli zaif bolalarning hayotini to‘g‘ri tashkil etish, maxsus ta’limni erta boshlashda Ushbu nuqsonlarni oldini olish va korreksiyalash mumkin. Bunda bolalarni ba’zi bir uy-ro‘zg‘or buyumlari va o‘yinchoqlardan foydalana bilishga o‘rgatish, bularning ko‘rish, eshitish va sezish idroklarini o‘stirishni davom ettirish, buyumlar va ularning sifati haqida boshlang‘ich tasavvurlarni tarkib toptirish, taqlid qilish qobiliyatini o‘stirish; tevarak atrofdagilarning nutqini tushunishni takomillashtirib borish, xatti – harakatning qaror topgan qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish zarur.