91
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHI
VA UNGA TA`SIR ETUVCHI OMILLAR
Alixodjayeva Gulbaxor Sabirovna
TDPU Maktabgahca ta’lim pedagogikasi
va psixologiyasi kafedrasi o’qituvchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7214500
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot
darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti
bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha “Harakatlar strategiyasida” ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish,
ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni
shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli
sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida
belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim
tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim
tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim
xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi
qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish
choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali
tizimi joriy etildi.
Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan
ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va
maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
O`tgan ajdodlarimiz yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha,
muayyan yo`nalishda,ma`lum konsepsiya asosida o`rganmagan bo`lsalar ham,
allomalarning asarlarida mazkur xolatlarning aks etishi, namoyon
bo`lishi,rivojlanishi va o`zgarishlar tog`risida qimmatli fikrlar bilfirganlar. Bular
to`rt
xil
manbalarda
uchraydi:
Ularning
biri
–xalq
ijodiyoti
rivoyatlar,maqollar,matallar va masallar; Ikkinchisi –mahsus ijodkor kishilar
muayyan shaxsga bag`ishlab yozgan og`it va nasihatlar ,hikoyatlardadir.
Uchinchisi-qomusiy ,O`rta Osiyo mutaffakirlari ilmiy –nazariy qarashlari;
to`rtinchisi –turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari
,ya`mi badiiy asarlardadir. Xozirgi kunda ham Bola shaxsi uning yosh davrlari
psixologiyasi,uning ruhiyati , dunyoqarashi ta`lim va tarbiya olishi. Kelajakda
yetuk kadr va muitahasis bo`lib yetishishi ,ajdodlarga mos avlod bo`lishi
masalasi xalqimiz oldida turgan muhim ,dolzarb masala sifatida rivojlanib
kelmoqdadir. Oldimizdagi dolzarb masala sifatida turibdi. Mamlakatimizda
mustaqil, xuquqiy, demokratik davlat , erkin fuqarolik jamiyati qurish yo`lidagi
ulkan ishlar inson moxiyatini yangidan kashf qilishga , uning o`zligini
92
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
anglashdagi imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga va ma`naviy barkamol ,
intelektual , aqliy-amaliy kadrlarni yaratish uchun ulkan ishlar amalga
oshirilmoqda. Xalq ta`limi tizimini qaytadan rekonsturuktsiya qilishga ham
alohida e`tibor qaratilmoqda. Ushbu ishlar o`zining amaliy va nazariy natijasini
ham topayotgani xech kimga sir emas. Yangidan yangi qonunlar hamda
Prezident farmonlari ham bu sohani naqadar tubdan o`zgartirishimiz kerakligini
esimizga solmoqda, yangiliklar yaratilmoqda. Jumladan, 2012-yilning 10-dekabr
sanasida ‘Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomilashtirish chora
tadbirlari tog`risida ” qaror qabul qilingach yanada bu sohaga e`tibor yanada
mustahkamlandi. Yanada ko`proq e`tibor berila boshlandi. Yangidan yangi
dasturlar amaliyotga joriy etila boshlandi. Unga ko`ra uzluksiz ta`lim tizimining
chet tillar bo`yicha davlat ta`lim standarti “ Chet tillar bo`yicha ta`limning
barcha bosqichlari bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan
talablar” amaliyotga joriy etildi. Aytib o`tish lozimki , yurtimizda yoshlarning
chet tillarini mukammal o`rganishi uchun yetarlicha shart-sharoit yaratishda
ushbu qaror katta ahamiyat kasb etdi. Xabaringiz bor so`nggi yillarda
maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarga ta`lim-tarbiya berish bilan bir
qatorda , xorijiy tillarni o`rgatishga ham aloxida e`tibor qaratilmoqda.Ayniqsa
maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarga chet tilini o`rgatishimiz uchun
ko`plab ishlar, dasturlar amalga oshirilmoqda. Ushbu qarorda belgilangan
chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun uzluksiz ta`lim tizimini barcha
bosqichlarida , jumladan maktabgacha ta`lim tashkilotlarida xam chet tillarini
o`zlashtirish darajasini oshirish uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Birinchidan davlat ta`lim standartlarida belgilangan “ Tinglab tushunish”(
Listening), “O`qish”( Reading) , “Yozish” ( Writing)“Gapirish”( Speaking )
ko`nikmalari ta`limning har qaysi bosqichida joriy qilinganligiligini misol qilib
keltira olamiz. Ushbu dasyur asosida ta`lim-tarbiya berish maktabgacha ta`lim
muassasalaridan boshlanmoqda.Ayniqsa maktabgacha ta`lim tizimimizda
bollarning tinglab tushunish va eshitish orqali o`rganishlari uchun yetarlicha
imkoniyatlar yaratib berilgandir. Kichik yoshdagi bolalarning harf tanimasligi va
o`qiy olmasligini hisobga olgan holda ular uchun mahsus chet tilini oson
o`rganish uslublari ishlab chiqildi. Ikkinchidan hali maktabga chiqmagan, harf
tanimaydigan bolalar uchun Maktabgacha ta`lim tizimida “Ilk qadam” dasturi
joriy qilindi. Bunda bolajonlar turli o`yinlar, qo`shiq va she`rlar , ertaklar ,
multfilmlar orqali chet tilini, jumladan ingliz tilini bemalol o`zlashtirishlari
mumkun. Qo`shiq tarzida harflarni yod olishlari,ranglarni ko`rib mahsus
ko`rgazmaliqurollar orqali o`rganishlari mumkun. O`yin tarzida o`rganish usuli
esa bolalarimizda ham qiziq ham ma`suliyat bilan o`rganishlariga yordam
93
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
beradi.Uchinchidan Bolalar uchun mahsus yaratilgan dastur orqali ingliz
alifbosini ko`radilar, mashqlar ostidagi qo`shiq orqali yodlab o`rganadilar. Bu
jarayon bolalarning chet tilida og`zaki nutq va tinglab tushunish ko`nikmalarini
rivojlantirishning samarali vositasi qilib belgilab qo`yilgandir. Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev , maktabgacha ta`lim tizimiga ham juda ham ko`plab e`tibor
berganlar. “ Bolalar tarbiyasi jarayoniga o`z ishini puxta biladigan,malakali va
har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog-kadrlarni jalb qilgan holda
,ularni go`dakligidan ongi va tafakkuri to`g`rini to`g`ri shakllantirib
bormasak,kelajakda yuksak saviya,bilim va ma`naviyatga ega bo`lgan barkamol
avlodni tarbiyalash qiyin bo`ladi” ,deb alohida ta`kidladilar muhtaram
prezidentimiz.Tadqiqotning dolzarbligi aynan shu yo`nalishda ota-onalar va
tarbiyachilarga bog`cha yoshidagi bolalar ongi va shuuridagi bilimlar va
dunyoqarashiga uning psixologik rivojlanishiga, shaxs ifatida rivojlanishi
jarayonida , erta yoshlarda chet tilini jumladan Ingliz tilini o`rganishning
ta`siridir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini erta ya`ni 4-6 yosh
oralig`ida o`rganishning ta`sirlari haqidadir. Yurtimizda Chet tilini chuqurroq
o`rganish uchun , hamda maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivoji uchun yetarli
darajada ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi
rivojlanishiga chet tilini o`rganishning ta`sirlari haqida turli tuman ishlar, ilmiy
ishlar yangidan yangi dasturlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram prezidentimiz
Sh.M.Mirziyayev ta`kidlaganlaridek “ Bizni hamisha o`ylantirib keladigan yana
bir masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi,bir so`z bilan
aytganda ,dunyoqarashi bilan bog`liq. Bola shaxsining psixologik asoslari ham
Jahon va O`zbek psixolog va pedagoglari tomonidan minglab yillardan beri
o`rganib
kelinmoqda.Jahon
psixologiyasidagi
ilg`or
konsepsiyalar,
yondashuvlar,ilmiy
psixologik
prinsiplar
,qonunlar
,qoniniyatlar,
mexanizmlar;sifatida klassik psixologiyadagi shaxsni o`rganishga haqqoniy va
shaxslilik nuqtai nazaridan yondashish,shaxsning faolligi va tarqqiyot tamoyili
hamda
psixik
hodisalarni
tadqiq
qilishga
kompleks
yondashish
(B.G.Ananev),determinizm tamoyili (S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev ) Tizimli
yondashsish ,shaxsning faolligi (B.F.Lomov)lar xizmat qilganlar. Bola shaxsi
rivojlanish uchun, kelajagimizni munosib avlodlarga qoldirishimiz uchun albatta
biz bollarimizga ular yohligidanoq chet tilini o`rgatishimiz kerak. Uning
dunyoqarashi axloqiy va aqliy tarbiyasi,dunyosi rivojolanishida muhim
ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |