Bolalar ularning o‘sishi va rivojlanishidagi muloqot. Ko‘krak yoshidagi bolalar bilan muloqot. Ko‘krak yoshidagi bolalar o‘zlariga kerak bo‘l gan ehtiyojni yig‘lash bilan, kulgi va tinch holat bilan namoyon etadilar. Ularni ona ko‘ksiga qattiq bosganida, erkalaganida tinchlanadilar. Ko‘krak yoshidagi bolalar yig‘lash va tovush chiqarish orqali atrofdagilar bilan muloqotga kirishadilar va ularni silashlarini, erkalashlarini xis qiladilar. Ularda chiqayotgan turli tovushlarni ota – onasining nazorat qilib borishi, xamshira uchun bola bilan muloqotda bo‘l ishga, xarakterini tushunishga va uning ishonchini qozonishiga yordam beradi, 6 oydan so‘ng bolada shakllanish boshlanadi.
Kichik maktab yoshigacha bo‘l gan bolalar bilan muloqot. Bu yoshda bolalar verbal muloqot qilish qobiliyatiga tqo‘l iq ega bo‘ladilar. Shuning uchun u o‘z xoxish va extiyojlarini ba'zi so‘zlar va xarakatlar bilan ifodalay oladi. Bu davrda bola mukammal yoki qisqa so‘zlar bilan muloqotga kirisha boshlaydi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalar asosiy e'tiborni o‘zlariga qaratadilar va atrofdagilarning ta'siri, fikrlari ularni qiziqtirmaydi. Agar bola xamshiraning qo‘l larini itarib yuborsa, yig‘lasa, demak, u qo‘rqayotgan bo‘ladi. Bu xolatda bolani majburlash o‘rniga, bir ozgina u bilan yaqin muloqotga kirishish kerak. Tushuntirish vaqtida fikringiz xamshira o‘z fikrini o‘yinchoqlar yordamida bildirsa, yaxshi natija beradi.
Maktabgacha yoshidagi bo‘l gan bolalar bilan muloqot.Qobiliyatlari yanada takomillashadi, shakllanadi va u bilan bemalol hamko rlik qilish mumin. Asosan kichik bog‘cha yoshidagi bolalar hamshiralar bilan tez muloqotga kirisha oladilar. Bolalar tibbiy asbob-anjomlarga juda qiziqadilar va ularni ushlab ko‘rgilari, o‘ynagilari keladi. Bularni ushlab ko‘rishga ruxsat berib, bolalarni tichlantirish mumkin. Bu yoshda oila a'zolarining va ota-onaning ishtirok etishi bolani tichlanishiga yordam beradi. Tekshirishlar vaqtida bolani mutsaqil kiyinishiga ruxsat berish kerak.