Tashqi muxit omillari. Qachonki bolani o‘sishi va rivojlanishi xaqida gap ketganda ota – onalarga avvalom bor bola bu teatrdagi katta inson emasligini tushuntirish lozim. U o‘z qonunlari bo‘yicha o‘sadi va rivojlanadi.
Biz bola yoshini uni tug‘ilgan kunidan boshlab hisoblashga o‘rganib qolganmiz. Bu yoshni pasport yoshi deb qarash kerak. Biologik yoshni esa tug‘ilganidan emas xomila paydo bo‘l gan kundan xisoblash to‘g‘ridir. Axir inson xayoti tug‘ilgan kunidan boshlab emas balki jinsiy xujayralar vaqtidan boshlanadi.
Bola sog‘ligini holati. Birinchi o‘rinda o‘sish oziqlanishga bog‘liq. Organizmda rivojlanish uchun zarur bo‘l gan oziqa moddalarini ya'ni oqsil yog‘, uglevodlar, mineral tuzlar va vitaminlarni yetarlicha tqo‘l iq kompleksi bo‘l ishi zarur. Vitaminlar va mineral moddalarni yetarli itsemol qilmasligi natijasida, boshqacha qilib aytganda mikro va makro elementlar yetishmasligi, o‘sish va rivojlanish uchun qator negativ o‘zgarishlarga olib keladi. Masalan: Vitamin A yetishmasligi immun faoliyatini susayishiga va o‘sishdan orqada qolishga sabab bo‘ladi. Aqliy rivojlanishdan orqada qolish, yomon o‘zlashtirish, ish faoliyati va reproduktivlikni susayishi temir va yod yetishmasligiga bog‘liq. Bu 3 ta mikronutrientni yetishmasligiga O‘zbekitsonda katta axamiyat beriladi.
Bola xayotining ko‘nikmalari va oilaviy axvoli. Ma'lum darajada bola o‘sishigaparvarish sifati jismoniy zo‘riqishlarni adekvaqtligi, uyqu davomiyligi, ruxiy xolati, atrof muxit ta'sir qiladi. Bola o‘sishdan orqada qoladi, xaddan ortiq jismoniy zo‘riqish bo‘l ganda va yetarlicha jismoniy zo‘riqish bo‘l maganida.
Sakrashlar va sakrash o‘yinlari bilan bo‘ladigan sport o‘yinlari o‘sishni kuchaytiradi (voleybol, bosketbol, tennis, bezbol) uyqu vaqtida bola intensiv o‘sadi. Bundan xulosa shuki agar bola uyquga to‘ymasa yoki erta turishga majbur bo‘l sa bu bola o‘sishiga yomon ta'sir qiladi. Olimlar shuni isbotladilarki bolaga bo‘l gan mexr muxabbati kamayganda bola o‘sishi sutslashadi. Bola quvnoq va baxtli sharoitda, qachonki o‘zini ximoyalangan va xavfsiz deb xisoblaganda yaxshi o‘sadi va qarama qarshi xolatlar ruxiy zo‘riqishlar, tushkunlikga tushish, xavfsirash, ximoyasizlik, oilada ota – ona mexr – muxabbatining yetishmasligi, bola o‘sishning susayishiga yoki genetik datsurlangan baland bo‘ylikni yetarli realizatsiya bo‘l masligiga sabab bo‘ladi. Bolani o‘sishi va rivojlanishi ruxiy qiyin xolatlarda sutslashadi. Bu xolat bola bog‘cha yoki maktabga qiyinchilik bilan ko‘nikkayotganda yoki maktab maktabdan tashqari katta zo‘riqishlarda, bola xoxlagan mashg‘uloti bilan shug‘ullana olmaganda yuzaga keladi. Unga yana maktabdagi omadsizliklar, oiladagi kelishmovchiliklar, ayniqsa ota – onasi “surunkali janjallar” xolatida bo‘l sa, bularning xammasi bolaning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta'sir qiladi.