130
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TAFAKKURINI
SHAKILLANTIRISH USULLARI
Islomova Ozoda Sayfiddinovna
Jizzax Davlat Pedagogika Instiuti
Maxsus pedagogika kafedrasi
o’qituvchisi
islomovaozoda1990@gmail.com
Jizzax Davlat Pedagogika Instiuti
Defektologiya yo’nalishi
2-bosqich
talabasi Qobulov Faxriddin
Anotatsiya:
Ushbu maqolda bolalarning umumiy rivojlanishidan kelib chiqib
ularning tafakkurini , nutqini rivojlantirish usullari haqida ko'rsatib, bog’cha
yoshidagi bolalar eng avvalo ko’rgazmali ifodalangan yoki ularning faoliyatlargia
jalb etilgan predmetlar, hodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarning
nomlanishini o’zlashtirishi haqida aytib o'tilgan.
Kalit so'zlar:
tafakkur, xotira, o'yinli metodlar, muloqot, nutq madaniyati.
Bolalar butun hayoti davomdagi ma’lumotning 50-70 % qabul qiladi. Bog’cha
yoshidagi bolalar eng avvalo ko’rgazmali ifodalangan yoki ularning faoliyatlargia
jalb etilgan predmetlar, hodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarning
nomlanishini o’zlashtiradi. Buni bola tafakkurining ko’rgazmali-harakat va
ko’rgazmali-obrazli harakterda ekanligi bilan tushintirish mumkin. Shu tufayli ham,
bog’cha yoshidagi bolalar lug’atida abstrakt (mavhum) tushunchalar deyarli
uchramaydi. Bolalar nutqidagi bu hususiyatni ham mashg’ulotlar jarayonida hisobga
olish zarur. Bolalarning nutqlari kattalarning nutqlaridan keskin farq qilinadi:
Masalan: “r” o’rniga “l” yoki “y”, “sh” o’rniga “s” tovushlarini ishlatishlari
kuzatiladi. Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun
pedagogik mahorat alohida ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda
131
dastlabki ma’naviy – ahloqiy tushunchalarni shakllantirish bolaning dastlabki
rivojlanish bosqichlaridayoq amalga oshirilishi lozim bo’lgan pedagogik talablardan
biri bo’lsa, ma’naviy sifatlar: mehribonlik, to’g’rilik, vatanparvarlik, insonparvarlik,
intiluvchanlik, tashabbuskorlik, milliy qadriyatlarga hurmat, milliy g’urur kabi va
axloq – odobga oid sifatlar: ota – onaga hurmat, salomlashish odobi, kiyinish va
ovqatlanish odobi, mehnatsevarlik, uyda va jamoat joylarda o’zini tutish kabi
fazilatlarni tarbiyalash jarayoni ham bolalarda nutq zahirasining yetarlicha
rivojlanishini talab etadi. Ushbu bolalarda bunday fazilatlarni uyg'otishda avval
ularning umumiy psixalogik xususiyatlarini o'rganib chiqish hamda ularning ongiga
singdirish zarur. Nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarning tafakkuri sog'lom
tengdoshlaridan ko'ra farq qiladi mana shu xolatni inobatga olgan holda logoped
tamonidan kerakli mashg'ulotlar amalga oshirilib boriladi. Maktabgacha ta’lim
mazmunini tashkil etishda bolalar nutqini rivojlantiruvchi noan’anaviy usullardan
foydalanish; ularda mashg’ulotlarga qiziqishni yanada orttirish uchun har- xil
integrasiyalashgan xususiyatga ega bo’lgan ko’rgazmalardan foydalanish;
maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg’ulotlarni tashkil etishda doimo bolalarning
tafakkur xususiyatini(ko’rgazmali obrazli, ko’rgazmali harakatli, emotsonal) hisobga
olish; ta’lim jarayoni bola yoshiga mos bo’lishi yoki imkoniyatlarini hisobga olgan
holda metodlarni tanlash bilan bog’liq bo’lishi; bolalarga yondashuvda logoped,
difektolog, psixolog, tarbiyachi, ota – onalar o’zaro hamkorlikda ish olib borishlari
maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar tafakkurini rivojlantirish
ularda nutq jarayonini rivojlantirishga uzviy bog’liq bo’lib, tafakkur nutqning mahsuli
ekanligini hisobga olsak, bolalarda nutqni rivojlantirishda tarbiyachilar asosan
quyidagilarni mashg’ulotlarda hisobga olishlari zarur:
-Bolaning yosh davr xususiyatlarini;
-Bolaning individual imkoniyatlarini;
132
-Bolaning xarakter xususiyatlarini;
-Bolaning tarbiyasiga kuchli ta’sir yetuvchi omillarni (kattalar, do’stlari,
tarbiyaviy vositalar va hakazo).
Nutqni rivojlantirish usullari va texnikasi
Nutqni rivojlantirish usuli o'qitishni va bolalarning shakllanishini
ta'minlaydigan usul sifatida belgilanadi nutq qobiliyatlari va imkoniyatlari inobatga
olinadi. Uchta usuldan bolalarni ajratib olamiz bularga: vizual, og'zaki va amaliy. Bu
bo'linish juda shartli, chunki ular o'rtasida keskin chegara yo'q. Vizual usullar so'z
bilan birga keladi va og'zaki vizual usullar qo'llaniladi. Amaliy usullar ham so'z, ham
vizual materiallar bilan bog'liq. Vizual usullar bolalar bog'chalarida ko'proq
qo'llaniladi. Sifatida qo'llash to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita usullar. Kimga to'g'ridan-
to'g'ri usuli qo'llaniladi kuzatishlar va uning turlari: ekskursiyalar, xonani tekshirish,
tabiiy buyumlar. Ushbu usullar nutq tarkibini to'plashga qaratilgan va ikkita
signalizatsiya tizimi o'rtasida aloqani ta'minlaydi. Bilvosita usullaridan foydalanishga
asoslangan ajoyib ko'rinishi bu o'yinchoqlar, rasmlar, fotosuratlar, rasmlarning tavsifi
va o'yinchoqlar, o'yinchoqlar va rasmlar haqidagi hikoyalar. Ular bilimlarni
mustahkamlash uchun ishlatiladi,so'z boyligi, so'zning umumlashtiruvchi funksiyasini
rivojlantirish, izchil nutqni o'rganish. Bilvosita medtodida tanishish uchun ham
foydalanish mumkin chunki ob'ektlar va hodisalar ular bilan to'g'ridan-to'g'ri
ma'lumotlarni bilishning iloji yo'q. Kattalar bilan bevosita muloqot qilish bola
nutqiga katta ta'sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar atrofdagilarga taqlid
qilganlari holda nafaqat to’g’ri talaffuz, so’zlarni to’g’ri qo’llash, iboralar tuzish
sirlarini, balki kattalarda (pedagoglar, ota-onalar, oila a'zolari va boshq.), atrofdagi
bolalarda uchrab turadigan nutq nomukammaliklarini ham o’zlashtirib oladi.
Bolalarning nutq madaniyati pedagogning (va boshqa kattalarning) nutq
133
madaniyatiga bevosita bog’liq bo’ladi. Doimo kichkintoylarning diqqat-e'tibori
markazida
turadigan
va
ular
bilan
muloqot
qiladigan tarbiyachning nutqi bolalar ona tili, nutq madaniyati namunalarini
oladigan asosiy manba hisoblanadi, shuning uchun u nafaqat to’g’ri so’zlashi, ona
tilining barcha tovushlarini aniq va tushunarli qilib talaffuz etishi, balki u muayyan
balandlikdagi ovozda bosiqlik bilan so’zlashi, uning nutqi intonatsion jihatdan ifodali,
grammatik jihatdan to’g’ri rasmiylashtirilgan, ravon, tushunish uchun oson bo’lishi
hamda so’z bilan belgilash to’g’ri va aniq amalga oshirilishi lozim. Tarbiyachining
ifodalilik vositalaridan foydalangan holda o’qigan hikoyasi bolalarda qiziqish
uyg’otadi, ularda qayg’urish, so’z kuchini his qilish, uning mazmunini anchagacha
yodda saqlab qolish imkonini beradi; agarda aynan shu hikoya tez va quruq ohangda
his-hayajonlarsiz o’qib berilsa, u faqatgina badiiy asarga nisbatan zerikish va
befarqlikni shakllantiradi. Bu esa bolalarning tafakkurini rivojlanishiga salbiy omil
bo'lib xizmat qiladi. Har qanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, analiz va
sintez qilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu taqqoslash, analiz va sintez
qilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz. Sayohatlar bolalardagi tafakkur jarayonini
faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga qilingan
sayoxatlarda turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar va analiz hamda sintez qilib
ko‘rishga intiladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalarning hayoli, asosan, ularning turli-
tuman o‘yin faoliyatlarida o‘sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog‘cha
yoshidagi bolalarda hayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ularning hayoli ham
xilma-xil bo‘lmas edi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning hayollari turli xil
mashgulotlarda ham o‘sadi. Bog‘cha yoshidagi bolalar hayolining o‘sishiga faol
ta’sir qiluvchi omillardan yana biri ertaklardir. Bolalar xayvonlar haqidagi turli
ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabat
yuzaga keladi Bog‘cha yoshidagi bolalarda yoqimli va yoqimsiz his-tuygular g‘oyat
134
kuchli va juda tez namoyon bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning his-tuyg'ulari ular
organik ehtiyojlarining qondirilishi va qondirilmasligi bilan bog‘likdir. Bu
ehtiyojlarning
qondirilmasligi
sababli
bolada
noxushlik
(yoqimsiz), norozilik, iztiroblanish tuygularini qo‘zg‘aydi. Katta bog‘cha yoshidagi
bolalarda burch hissi – nima yaxshi-yu, nima yomonligini anglashlari bilan axloqiy
tasavvurlari o‘rtasida bog‘liklik bor. Katta odamlar tomonidan buyurilgan biron
topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shodlik tuyg‘ulari paydo bo‘lsa, biron tartib
qoidani buzib qo‘yganlarida xafalik, ta’bi xiralik hissi tug‘iladi. Maktabgacha davrda
tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi.Bu esa bu yoshdagi bolalarda tafakkur qilish
omili sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganidan dalolat hisoblanadi. Bilish
jarayonlarning sintezi bolaning o‘z ona tilini to‘liq egallashi asosida yotadi. Bu
davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunlana boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya
jarayonida bolada elementar axloqiy norma va qoidalar egalaniladi. Bu norma va
qoidalar bola axloqini boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: |