Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'limida kompetensiyaviy yondashuv



Yüklə 166,71 Kb.
səhifə2/8
tarix07.01.2024
ölçüsü166,71 Kb.
#207583
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
• jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
• ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
• nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
• bilish jarayonining rivojlanishi;
• ijodiy rivojlanish.
«Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari
«Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
• o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me'yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi;
• turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;
• turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;
• o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
• shaxsiy gigiyena malakalarini qo‘llaydi; • sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
• xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
• o‘z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;
• o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;
• o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;
• kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;
• murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi.
«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari
«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
• nutqni eshitadi va tushunadi;
• o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;
• ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi;
• ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi;
• badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;
• so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;
• turli ma'no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi;
• yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari
Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
• bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;
• o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;
predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;
• raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi;
• makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;
• elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;
• atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;
• atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.
«Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
«Ijodiy rivojlanish» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
• san'at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi;
• milliy an'analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok etadi;
• san'atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;
• olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;
• insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.




Yüklə 166,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin