Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'limida kompetensiyaviy yondashuv



Yüklə 166,71 Kb.
səhifə8/8
tarix07.01.2024
ölçüsü166,71 Kb.
#207583
1   2   3   4   5   6   7   8
May
Asboblar va anjomlar
1- hafta Men va mening uyim Men va mening uyim Men va mening uyim. Xotira kuni Men va mening uyim. Xotira kuni
2- hafta Mebel Mebel Mebel Mebel. Milliy hunarmandchilik
3- hafta Idishlar Maishiy asboblar Idishlar. Milliy naqshlar Idishlar. Milliy naqshlar
4- hafta Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar  
5-ilova Haftalik ish reja namunasi
Tema mesyatsa: «Uzbekistan – moy kray rodnoy» Guruh Tayyorlov guruhi ___________________ (nomi)
Mavzu MENING SHAHRIM. MENING MAHALLAM Davr
Sentyabrning 2-haftasi
Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
Kolonnada bir, ikki, to‘rt kishi bo‘lib yurish ijtimoiy-hissiy (emotsional) rivojlanish
O‘z hissiyotlarini nazorat qilishni o‘rganish nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
Bolaning og‘zaki nutqini yoshiga muvofiq mustahkamlash bilish (anglash) orqali rivojlanish
Vatan, mahalla to‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash ijodiy rivojlanish
Hamkorlikdagi faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, ritm hissini, musiqani his etish fazilatini, harakatlarda ritmik ifodalilikni tarbiyalash
Rivojlanish markazlari
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat
Dushanba Seshanba Chorshanba Payshanba Juma Resurslar, izoh Ertalabki doira Dam olish kunlarini qanday o‘tkazgani haqida suhbat Qanday kayfiyatda kelding?
Ob-havo haqida suhbat Markazlarda erkin faoliyat «Qurilish va konstruksiyalash» markazi Mening bo‘lajak uyim Zamonaviy shahar Mahalla ko‘chalari (uzun-qisqa) Qurilish bloklari, lego, konstruktor «Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish» markazi «Buvijonimnikida mehmonda» «Sartaroshxona» Niqoblar, kiyim-bosh, atributlar «Til va nutq» markazi «Mening shahrim, mening mahallam» nomli syujetli rasm bo‘yicha suhbat
Shahar parklariga ekskursiya (AKT – slaydlar yordamida Syujetli rasmlar,AKT materiallar «Ilm-fan va tabiat» markazi Loy, tosh va qumning xususiyatlari «Kimning uyi mustahkamroq?» Loy, qum, tosh, maxsus idishlar, sharlar «San'at» markazi Ochiq havoda o‘z fikri bo‘yicha rasm chizish «Obod mahalla» mavzusida origami va applikatsiya A-4 qog‘oz, rangli qog‘oz, bo‘yoqlar, tabiiy materiallar Musiqa va ritmika markazi «Shahrisabz» qo‘shig‘ini tinglash «Salom nima degani?» qo‘shig‘i sadolari ostida kuylash va ritmik harakatlanish «Dunyo rang-barang yaylovga o‘xshaydi» qo‘shig‘ini kuylash Musiqa markazi, musiqali disklar Katta guruhlarda ishlash 6-ilova 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun uch sikldan iborat bo‘lgan kuzatuv olib boriladi: dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq va yakuniy. Dastlabki kuzatuv o‘quv yili boshida o‘tkaziladi (taxminan sentyabr oyi mobaynida).
Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta'lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarga ham e'tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo‘llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin Bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari xaritasi to‘ldiriladi. Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‘tkaziladi. Bu monitoringni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o‘tkazadi.
Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi. Kuzatuv o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
• kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
• bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi;
• tarbiyachi bola to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ota-onalar yoki muassasaning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin;
• tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e'tibor qaratishi lozim.
O‘quv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar tomonidan o‘quv dasturi o‘zlashtirilishining sifat darajasi to‘g‘risida hisobot yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to‘xtalib o‘tadi (ba'zi metodikalar o‘zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli bo‘lmagani, guruh texnika vositalari bilan yetarli darajada ta'minlanmagani, bolaning betob bo‘lgani va darslarni o‘tkazib yuborgani, ota-onalarning faol bo‘magani va h.k.).
Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish borasidagi ishlar rejalashtiriladi va mazkur guruh uchun kelasi yilga mo‘ljallangan vazifalar belgilanadi. Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida 3 marta to‘ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi. Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo‘yicha olib boriladi. Agar u yoki bu bilim olish sohasida indikator «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qo‘yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini ajratadi, shuningdek, ta'lim sohalarini o‘zlashtirishning salbiy tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta'lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu xarita bo‘yicha yakuniy kuzatuv o‘tkaziladi.
3 dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi
Bolaning familiyasi, ism___________________________________________
Tug‘ilgan sanasi ___________________________________________­­­­­______
MTMga qabul qilingan sana _______________________________________
Kuzatuv boshlangan sana __________________________________________
Kuzatuv boshidagi yoshi _________________________________________­­­­­_
Kuzatuv yakuni sanasi ____________________________________________
Yoshi 4-yil 5-yil 3 yoshu 3 oy 3 yoshu 6 oy 3 yoshu 9 oy 4 yosh 4 yoshu 3 oy 4 yoshu 6 oy 4 yoshu 9 oy 5 yosh

Xulosa.
Bu Ilk qadam davlat dasturi davlatimiz ,farzandalrimiz va kelajak avlod kelajagi uchun juda muhum.
Maktabagcha ta`lim muassasalari tarbiyachisining bolalarga ona tilini o`rgata olish qobiliyati uning yuqori mahoratini belgilovchi asosiy ko`rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bolaga tabiat ato etgan barcha aqliy qobiliyatlar unda ona tilini o`rganib olishi tufayli ko`zga tashlanadi va rivojlanadi. Bolaga ona tilini o`rgatishni kasb sifatida egallash uchun bo`lajak tarbiyachi metodika nazariyasini yaxshi o`zlashtirishi va zamonaviy ta‘lim texnologiyalarini egallashi zarur.
Bo`lajak tarbiyachi turli usullardan foydalanishi va nima uchun ushbu usul bolalarga foyda keltirayotganligani, nima uchun bola zavq-shavq bilan yaxshi tinglayotganini anglasa u yoki bu ta‘lim usulini o`zlashtirib oladi. Bo`lajak tarbiyachi uchun metodika nazariyasini o`zlashtirib olish asosiy vazifa hisoblanadi, chunki uning bilimi uning qanday ma‘lumotga egaligi haqida tushuncha beradi va faqat ziyoli odamgina tanlagan mutaxassisligida yuqori amaliy natijalarga erishishi mumkin.
Bolalarga ona tilini o`rgatishga doir amaliy vazifalarni hal etishda zarur ma‘lumotga egalik hamda tajribalilik — bu o`sib kelayotgan avlodga malakali darajada ta‘lim va tarbiya berish uchun tarbiyachi egallashi shart bo`lgan professional sifatlardir.
Yüklə 166,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin