Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy harakatlar
Gavda uchun mashqlar. Qo‘llar belda, ularni yon tomonga uzatib goh chap, goh o‘ng tomonga burish, oyoqlarni juftlab oldinga egilish, qo‘l barmoqlarini oyoq uchiga tegizish: biron narsani polga qo‘yish va olish, bir oyoqni ko‘tarib uning ostidan biror buyumni o‘ng qo‘ldan chap qo‘lga o‘tkazish yoki aksincha qo‘llarga tayangan holda ikkala oyoqni ko‘tarishga urinish, buklash yoki to‘g‘rilashga harakat qilish. Tizzalarga tayanib turib belni bukish va to‘g‘rilash, qo‘llarni navbat bilan ko‘tarish, chalqancha yotgan holda qo‘llar bilan turli harakatlarni bajarish; aylanib qorinda yotish, qo‘lni uzatib biror buyumni ushlab turish, qorni bilan yotgan holda oldinga uzatilgan qo‘lni, yelka va boshni ko‘tarish kabilar nazarda tutiladi.