MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ELEMENTAR MATEMATIKA TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI MAQSADI VA VAZIFALARI
O’z-o’zini uqtirish. SHaxsni kamol toptirishda o’z-o’zini uqtirish muhim ahamiyatga ega. O’z-o’zini uqtirishning eng yuqori darajaga ko’tarilganligini yoglarda kuzatish mumkin. Lekin kundalik hayotda ham o’z-o’zini uqtirish biz o’ylagandan ko’proq uchraydi. Odatda o’z-o’zini uqtirish iborasi-o’quvchida o’z kamchiliklarini anglab, ularni o’zi tuzatishiga intiltiruvchi ijobiy hissiyotlarni tarkib topishini bildiradi. Lekin ayrim tasodifiy va arzimas tashqi omillar ta’siriga o’ta berilib, bolaga o’ziga nisbatan salbiy munosabatlar shakllanib qolish hollari ham uchraydi. Bunga o’zini o’zi past baholashni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Xulosa Har bir o’qituvchining o’z faoliyat tizimini ishlab chiqishi va unga qat’iy amal qilishi uning ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatlarining muhim omillaridan biridir. O’qituvchi shaxsiy faoliyati tizimini pishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berishlari lozim. Bizga ma’lumki o’quvchilarning xarakter xususiyati, ruhiy holati jihatdan uch toifaga bo’linadi.
1. Ota - onalar tomonidan barcha injiqlariga quloq solib, erka va tantiq qilib o’stirilgan, bularning aksariyatida tillari chuchukroq yoki nutqlarida kamchiliklar seziladi. Bu o’quvchilar hech narsaga sidqidildan yondoshmadilar. Bunday o’quvchilarga jiddiy munosabatda bo’linadi. Ba’zi yaxshiroq harakatlarini rag’batlantirib boriladi.
2. Qattiqqullik, kaltak va dakki tufayli haqoratlarga suyanib qolgan bolalar. Bu toifadagi o’quvchilarga mehr muhabbat bilan yondoshib samarali natijaga erishmoq mumkin.
3. Ota - onalar bolasiga jiddiy va talabchan bo’lishgan. Bunay o’quvchilar hozirjavob va tirishqoqlik bilan ajralib turadi. Ularga sinfdagi jamoa ishlarini ishonib topshiriladi, rag’batlantirib boriladi. O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi tarbiya natijalariga katta ta’sir ko’rstadi. Bolaga muhabbat hech qachon javobsiz qolmaydi. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti o’quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajasini belgilab beradi. Davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni shakllari, vazifalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. ta’lim mazumnining uzagi hisoblangan standart vositasida mamlakat xududida faoliyat ko’rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshirildi. Davlat ta’lim standarti o’z mohiyatiga ko’ra o’kuv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti o’zining tuzilishi va mazmuniga ko’ra davlat, xudud, maktab manfaatlari va vazifalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng asosiy o’quvchi shaxsi. uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustivorligidan kelib chiqadi. Davlat ta’lim standartini bajarish O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysunishidan qat’iy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda "Ta’lim to’grisida"gi qonun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" to’g’risidagi hujjatlar asos qilib xizmat qiladi. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi prinsiplarga tayangan holda ishlab chiqildi:
· davlat ta’lim standartining davlat va jamiyat talablariga shaxs ehtiyojiga mosligi;
· o’quv dasturlari mazumnining jamiyat ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan texnika rivojlanishi bilan bog’liqligi;
· umumiy o’rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligining va ta’lim mazmunining uzviyligi;
· umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
· ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
· umumiy o’rta ta’limning mazmuni, shakli, vazifalari va usullarini tanlashda innovatsiyalarga tayanish;
· pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan "Ta’lim to’g’risida"gi va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qonunlarida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
· ilg’or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasidagi me’yorlarni belgilash tajribalarni milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydlanish.