Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematika tasavvurlarni shakllantirish metodikasi maqsadi va vazifalari



Yüklə 328,34 Kb.
səhifə1/11
tarix16.05.2023
ölçüsü328,34 Kb.
#114009
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ELEMENTAR MATEMATIKA TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI MAQSADI VA VAZIFALARI

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ELEMENTAR MATEMATIKA TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI MAQSADI VA VAZIFALARI


Miundarija:

Kirish…………………………………………………………………………...….3
I.Bob. Maktabgacha ta’lim muassasasining har xil yosh guruhlarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ishlarni tashkil qilish. ………………………………………………………………………………...……6
1.1. Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari. ……………….….…..……6
1.2. Bolalarda matematik bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qo‘llash.....17
II.Bob. Tarbiyachilar bilim darajasini va mahoratini oshirish shakllari…….18
2.1. Elementar matematik tasavvurlarni ko‘rsatmali va og‘zaki metodlar.18 2.2. Ta’lim jarayonida o’z - o’zini boshqarish va o’z ustida ishlash. shaxsiy pedagogik tajriba to’plash tizimi…………………………………………..………29
Xulosa…………………………………………………………………………….36
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………...38

Kirish
O`zbekiston jahon hamjamiyatida o`zining munosib o`rnini topmoqda. Davlatimizning iqtisodiy taraqqiyotini ta`minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma`rifiy sohalarda tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yuqori sifatli kadrlar salohiyatiga bog`liq. Shu bois, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jahon andozalari darajasida kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish vazifasi qo`yildi. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa me`riy hujjatlar nafaqat milliy ta`lim taraqqiyoti va kadrlar tayyorlash tizimini istiqbolini belgilovchi hujjat, balki, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot kafolati sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining birinchi bosqichida amalga oshirilgan islohatlar sohani yangi sifat bosqichiga ko`tarishga zamin hozirladi. Ikkinchi bosqich-ta`lim jarayonidagi sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash, ya`ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo`lgan mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib ularni amalda keng qo`llash oliy ta`lim tizimi xodimlari oldida katta vazifalar qo`ymoqdi. Bunda, aniq vazifalar sifatida bevosita o`quv jarayonini yaxshilash, o`quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o`qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amaliyotga joriy qilish, texnik vositalardan keng foydalanishdan iboratdir. Ta`limning sifati va uni tashkil etish usuli o`qituvchining mahoratiga, talabaning xohish-istagiga, qobiliyati va bilim darajasiga bog`liq. Ta`limning natijasi bilim bilan belgilanadi. Bilim ob’ektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in`ikosi, inson miyasidagi mushohada va tasavvurlar natijasida hosil bo`ladigan tushunchalar yig`indisi sifatida namoyon bo`ladi. Xulosa qilib aytganda, ta`limning 5 sifati uni berishda ishtirok etadigan kishilar salohiyati va o`quv jarayonining darajasiga bog`liq. O`quv jarayoni bilan bog`liq ta`lim sifatini belgilovchi holatlar-yuqori ilmiypedagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o`qish, darslarni savoljavob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia qo`llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o`ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo`yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o`rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilishdan iborat bo`lib, ushbu tadbirlar ta`lim ustivorligini ta`minlaydi. Bunda har bir fanning o`ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, hamda spitsifikasiga asoslanish maqsadga muvofiq. «Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi» kursini o`qitish yuqorida ta`kidlangan ta`lim texnologiyalariga asoslanishi va quyidagi kontseptual yondoshuvlarga asoslanishi kerak: Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim. Bu ta`lim o`z mohiyatiga ko`ra ta`lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to`laqonli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta`limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog`liq o`qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Yüklə 328,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin