Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda axborot texnologiyalarining ahamiyati



Yüklə 20,08 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü20,08 Kb.
#207727
Yuldasheva Shoxida


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
Nukus innovatsion instituti
o’qituvchisi
Yuldasheva Shoxida
Kalit so`zlar: bola, ta’lim, tarbiya, o`yin, aхborot texnologiyalari, interfaol texnologiya, multimedia, pedagogik mahorat, dastur.
Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalarsiz hech bir soha taraqqiyotini tasavvur qilib bo`lmaydi. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda zamonaviy axborot texnologiyari imkoniyatlaridan keng foydalanish, sohaga innovatsiyalarni joriy etish eng dolzarb vazifalardandir. Maktabgacha ta`lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog’lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazishda ta‘lim samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining ahamiyatini alohida takidlashimiz kerak. Shuningdek zamonaviy axborotlashgan jamiyat maktabgacha ta‘lim tashkiloti pedagoglari va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari oldiga dolzarb vazifalarni qo’yadi.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli
maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim
xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari uzluksiz ta‘limning ilk bosqichi bo`lgan maktabgacha ta‘lim sohasiga kiritilishi pedagog xodimlarning oldiga katta mas’uliyat qo`yilishi bilan birga, ularning o`z ustida har tomonlama ishlab, AKT buyicha bilim saviyasini oshirishni, shuningdek ularning izlanuvchanligi va ijodkorligini talab etadi. Maktabgacha ta‘lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish maktabgacha ta‘lim sohasida ta‘lim sifati va bolalarni maktabga tayyorlash samaradorligining yaxshilanishi va bolalarning erkin fikrlashi doirasi va dunyoqarashining kengayishiga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual, ijtimoiy-hissiy va ijodiy rivojlanishi darajasining oshishida ham zamonaviy axborot texnologiyalari alohidsa ahamiyat kasb etadi. Bu faoliyatni amalga oshirishda ota-onalar bilan maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyachisi hamkorligini yanada mustahkamlash va zarur shart-sharoit va qulayliklarni yaratish zarurdir.
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalari, o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Hozirgi kunda talim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha ananaviy ta’limda tarbiyalanuvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni har tomonlama rivojlantirishda, bola shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga qulay sharoit yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Pedagogik mahoratiga ega tarbiyachi ta’lim-tarbiya faoliyatini o’zining bilim, tajriba va malakasidan foydalanib tashkil qilsa bolalar mashg’ulotga qiziqish bilan qaraydilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni aqliy rivojlantirishda, dunyoqarashini kengaytirishda interaktiv metodlar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish alohida ahamiyatga ega. Sababi bolalar eshitganiga qaraganda ko’zlari bilan ko’rib ham sezgi organlari orqali qabul qilsalar ularning fikrlash qobilyati tezlashadi, ularni o’rab turgan olamni bilishga qiziqishi ortadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida guruhlar texnika vositalari bilan to`la jihozlangan, ko`rgazmalarga boy mashg’ulot, ertaliklar, tadbirlar va bolalarni har tomonlama rivojlantirish uchun to`garak mashg’ulotlari boladagi qobiliyat va iqtidorni yuzaga chiqarishda, uni rivojlantirishda ijobiy ta‘sir ko`rsatadi. Ayniqsa axborot texnologiyalari va innovatsiyalarning imkoniyatlari bolalarning aqliy intellektual rivojlanishiga o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatadi, shu jihatdan, maktabgacha yoshdagi bolalar bilimlariga qo`yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o`quv dasturi asosida bilim va ko`nikmalarni egallagan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ulardan to`g’ri foydalana oladigan bolalar zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida ta‘lim berayotgan maktab ta‘limiga jismonan tayyor, yetarli intellektual ko`nikmalarga ega, psixologik tayyorlangan holda yo`llanadi. Axborotlashtirish jarayonida maktabgacha ta‘lim tashkilotidagi tayyorlov guruh xonalarini yetarlicha jihozlash, multimediya jihozlari uchun moslashtirish masalalarini hal etish, maktabgacha ta‘lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning AKT bo`yicha savodxonligini oshirish ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda. Maktabgacha ta‘lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali bolalarni har tomonlama rivojlangan, dunyoqarashi keng, tafakkuri yuqori bolalar qilib tarbiyalash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Maktabgachata’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida qarori PQ-4312 08.05.2019

  2. Д.З. Ахметова, З.Г. Нигматов, Т.А. Челнокова, Г.В. Юсупова и др. Педагогика ипсихология инклюзивного образования: учебное пособие . – Казань, 2013

  3. Буторина, О. Г. Об опыте воспитания и обучения детей с ограниченными возможностями здоровья / О. Г. Буторина // Воспитание школьников, 2010

  4. Инклюзивная практика в дошкольном образовании. Современный
    образовательный стандарт / Т. В. Волосовец, А. М. Казьмин, В. Н. Ярыгин. – М.: Мозаика-Синтез, 2011. – 144 с.




Yüklə 20,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin