Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlashda oila va maxsus maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi



Yüklə 278,05 Kb.
tarix01.01.2022
ölçüsü278,05 Kb.
#50616

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlashda oila va maxsus maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi

Ota-onalar bilan yakka tartibda olib boriladigan ish shakllariular bilan o’zaro tushunishni yo’lga qo’yish, pedagoglarning ko’rishda nuqsoni bo’lgan bola rivojlanishidagi xususiyatlarni yaxshiroq tushunib yetishi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ish shakllariga ota-onalar bilan suhbatlar, maslahat (maslahat) lar, pedagogning oilaga tashrifi, ota-onalarning bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti mashg’ulotlariga tashrifi, bolalar uchun dam olish va bayram kunlariga topshiriq va tavsiyalar tayyorlash, boshqa shahardan kelgan bolalarning ota-onalar bilan yozishmalarikiradi. Ota-onalarbilan suhbatlarni, agar bolabog’chaga har kuni qatnaydigan bo’lsa, ertalab yo kechki mahal; bola maktabgacha tashkilotda besh kun bo’ladigan bo’lsa dushanba va juma kunlari; o’zga shaharlik ota-onalar tashrifi vaqtida o’tkazish mumkin. Farzandlari bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotiga endigina qabul qilingan ota-onalar yakka tartibdagi muloqotga ayniqsa ehtiyoj sezadilar. Bu kabi muloqot maxsus vaqt ajratishni talab etadi, zero ota-onalar bilan muloqotda shoshma-shosharlik va tezkorlik ota-onalarning ochiq suhbat qurishlariga yo’l bermaydi, yuzaga kelgan savollarga to’liq javob olish imkonini bermaydi. Pedagoglardan nafaqat kasbiy maslahatlar, balki takt, ko’pchiligi bolasining ko’rishi buzilganini og’ir his qiladigan ota-onalarga hamdardlik talab qilinadi.

Odatda, hafta oxirida pedagoglar ota-onalar uchun turli bo’limlar yuzasidan topshiriq va tavsiyalar tayyorlaydilar. Bolaning ota-onasi bilan uchrashuv chog’ida har bir bola uchun topshiriqlar uning imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi. Ota-onalar bolaning materialni o’zlashtirishini turli maishiy vaziyatlardan foydalanish bilan bog’lash, o’yin usullaridan foydalanish, faoliyatning boshqa turlaridan foydalanish (yopishtirish, applikatsiya, konstruktsiyalash, qul mehnati), turli tashkilotlarga sayohatlarni tashkil qilish borasida maslahatlar oladilar. Аyrim hollarda topshiriqlar mazmunini tushunmagan yoki pedagoglar maslahatlaridan to’g’ri foydalana olmayotgan ota-onalarni mashg’ulotlarga taklif qilishadi. Bunda u yoki bu bo’lim, masalan ko’rish idroki, ko’ruv tassavurlarini rivojlantirish bo’yicha ish metodikasi ochib beriladi.

Bolaning ota-onalari uzoq manzilda istiqomat qiladigan va maktabgacha tashkilotga tez-tez tashrif buyura olmagan hollarda pedagog ular bilan xat yozshmani yo’lga qo’yadi. Ota-onalarning, jumladan bolaning o’qishi bilan bevosita bog’liq bo’lmagan, masalan bolaning salomatligi, yashash sharoitlari va boshqalar haqidagi savollarga ham javob beradi. Bolalarni ota-onalar bilan yozishmaga jalb qilish: bolaning ko’z olodida konvertni yelimlash, ota-onalarining rasmini bolaga ko’rsatish juda muhim. Bolalar rasmlar chizishi, qisqa matnlar bitishi, pedagog yordamida tabriklar yozishi mumkin. Pedagog olgan har bir maktubini bola bilan muhokama qilishi, tushunarli shaklda ota-onalar o’z farzandi haqida qayg’urayotgani haqida hikoya qilib berishi muhim. Ota-onalarning xatlarini saqlab qo’yish zarur, zero bolalar ularni takror va takror o’qishni yaxshi ko’radi.

Tiflopedagog yoki tarbiyachining taklifi bola va uning oilasi uchun muhim hodisa bo’lishi mumkin. Bunday tashriflarga pedagog oldindantayyorgarlik ko’radi, ota-onalarga savollar, maslahat, taklif va tavsiyalarni o’ylab oladi. Oilaga tashrifni bola hayoьtidagi qandaydir hodisa: bolaning betodligi bois bog’chaga kelmagani, tug’ilgan kun iva b. bilan bog’lash maqsadga muvofiq. Oilaga tashrif jarayonida bolaning yashash tarzi, ota-onalarning u bilan muloqot vositalarini kuzatish, shu oila uchun bola tarbiyasi bilan bog’liq dolzarb muammolarni muhokama qilish maqsadga muvofiq. Pedagog ota-onalarga uyda ham bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotidagiga o’xshash kun tartibiga rioya qilish muhimligini, nutqiy muloqotning, atrofidagilar haqidagi tasavvurlarni boyitishning zarurligini tushuntirishi; bola bilan uning maishiy faoliyatdagi ishtiroki, sayrlar, teatrga va sirkka tashrif va sh.k. jarayonida rivojlantiruvchi ishlarni o’tkazish haqida hikoya qilishi kerak. Oilaga tashrif vaqtida shuningdek bolaning bog’chadagi ayrim qiyinchiliklari, masalan o’z-o’ziga xizmat ko’nikmalarini yaxshi egallamaganligi sabablarini aniqlashtirish zarur. Bu hollarda ota-onalardan bolaning o’zi oilada nimalar qilishini, kattalarning yordamidan qanday foydalanishini, unga qandaydir topshiriqlar berilishini aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Pedagog ota-onalarga mehnatsevarlik, madaniy-gigienik ko’nikmalarni tarbiyalashga oid maslahatlar beradi. Keyingi tashriflar davomida ota-onalar bu maslahat va tavsiyalarni qanday bajarayotganini aniqlashtirish zarur.

Maktabgacha tashkilot faoliyatida shuningdek ota-onalar bilan jamoaviy ish shakllaridan foydalaniladi. Ular sirasigaumumiy va guruh ota-onalar majlislari, mavzuga oid yig’ilishlar, davra suhbatlari, bolalar bilan ish tajribasini o’rtoqlashish seminarlari, guruhlarda maslahatlar, ochiq eshiklar kuni, bolalar ishlari ko’rgazmasini, ertaliklar va bayramlarni tashkil qilish, bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti, guruh tadbirlarida ishtirok va sh.k. kiradi.

Ota-onalar majlislarikeng tarqalgan ish shakllaridan biri sanaladi. Majlis hamma ota-onalar uchun umumiy yoki guruhdagi bolalar ota-onalari uchun bo’lishi mumkin. Ota-onalarning umumiy yig’ilishi yiliga ikki-uch marta, guruhda esa yil choragida bir marta o’tkaziladi. Umumiy majlislarda ota-onalarni bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti ish mazmuni bilan tanishtiriladi, maktabgacha tashkilot va ota-onalarning o’zaro aloqalari belgilanadi, ma’muriyatning ma’lum davr mobaynidagi faoliyati yuzasidan, ota-onalar qumitasi hisoboti tinglanadi. Ota-onalar majlislarida barcha ota-onalar uchun qiziqarli mavzulardagi ma’ruzalar tinglanadi, masalan «Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar tarbiyasda o’yinlarning roli», «Ko’rishdagi kamchiliklar va irsiyat» va sh.k.

Guruh ota-onalar majlisida shu guruhda tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari uchun dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Tiflopedagog va tarbiyachi ota-onalarni bolalar tarbiyasi va ta’limning turli yo’nalishlariga oid vazifalar va ish mazmuni bilan tanishtiradi, buni ota-onalar uchun qiziqarli va tushunarli shaklda amalga oshiradi. Bolalarni oilada tarbiyalash masalalari bo’yicha axborotlar bilan (masalan, ―Uch yoshli

bolalarning kun tartibini tashkil qilish‖, ―Bolalarda madaniy-gigienik ko’nikmalarni tarbiyalash‖ va chiqishlar qiladigan tarbiyachilarning ishtiroki muhim sanaladi. Guruh ota-onalar majlislarida pedagog ota-onalarga ta’limning natijaliligi, turli yo’nalishlardagi ishlar natijalari haqida xabar qiladi. bolalar bilan ish samaradorligini tavsiyalayotib, «bilmaydi, tushunmaydi» kabi turli «maydi»lar bilan qiyinchiliklar, bola rivojlanishidagi salbiy holatlarga urg’u berish emas, balki bolaning imkoniyatlarini, uning ta’limda ilgarilab borishini ko’rsatib berish muhim. Bola bilan ishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yakka tartibdagi suhbatlarda ochib bergan, asosiysi ota-onalar ularni bartaraf etishda qanday ishtirok eta olishlarini ko’rsatib bergan maqsadga muvofiq. Guruh ota-onalar majlislari pedagoglardan puxta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi. Bu tayyorgarlik axborot tayyorlash, ko’rgazmali-illyustrativ materialni (jadvallar, «qo’lbola» kitobchalar, didaktik o’yinlar, rasmlar, bolalarning ishlari va sh.k.) tanlashni o’z ichiga oladi. Pedagoglar shuningdek ota-onalarga muhokama qilinadigan masalalarga oid tushunarli adabiyotlarni tavsiya qilishi, uni o’qishda nimalarga e’tiborni qaratish zarurligini uqtirishi lozim. Ota-onalar majlislariga bolalar ishlari, shuningdek ota-onalar va bolalar bilan hamkorlikda qilangan ishlar, rasmlar ko’rgazmasini tayyorlash maqsadga muvofiq.

Bolalarni o’qitishning muayyan, ko’pincha korrektsiya ishini olib borish bilan bog’liq masalalari mavzuga oid ota-onalar majlislarida, davra suhbatlari, ota-onalar uchun ma’ruzalarda muhokama qilinadi.

Ota-onalar uchun universitetlar yoki ma’ruzalarularni tiflopsixologiya va tiflopedagogikaning umumiy masalalari bilan ma’muriyat tomonidan avvaldan tuzilgan reja asosida tanishtirishni ko’zda tutadi. Shifokor, uslubchi, psixolog, tiflopedagoglarning ma’ruzalari, odatda, oyda bir marotaba o’tkaziladi.

Davra suhbatlari mavzusi ko’pincha ko’rishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o’qitishning muayyan muammolaridan iborat bo’ladi: ko’rishni protezlash masalalari, ovozni kuchaytirish vositalaridan to’g’ri foydalanish, nutqning turli shakllarining til o’rgatishdagi o’zaro aloqadorligi, oilada ko’rish idroki, ko’ruv tassavurlarini rivojlantirish ishlari, bolalar talaffuzini nazorat qilish va sh.k. lardan iborat bo’ladi.

Ota-onalar uchun maslahatlar. Umumiy yoki guruhda mavzuga oid maslahatlardan oldin ota-onalar savollarini yozma tarzda qoldirishlari mumkin. Biror mavzu bo’yicha savollar to’planishiga qarab, ota-onalar uchun guruh maslahatldari mavzulari shakllantiriladi. Umumiy maslahatlarda ota-onalarni qiziqtirgan bolalar salomatligini asrash, ko’rish a’zolari kasalliklarini davolash, ko’rish vositalarini to’g’ri tanlash va foydalanish kabi ota-onalarni qiziqtiradigan turli masalalar muhokama qilinadi.

Guruhda ota-onalar uchun maslahatlar shu yoshdagi bolalar ta’limi va tarbiyasining muayyan masalalariga bag’ishlanadi. Pedagoglarning axborotlari konkret xarakterda bo’lishi, ota-onalar uchun tushunarli

bo’lishi, namunalar namoyishi, turli didaktik vositalardan foydalanish bilan to’lldirilishi kerak. Maslahat mavzularini «Oilada nutqni o’tirish ishlari», «Yozma nutq shaklidan (Brayl yozuvi) foydalanish», «Ko’rish idroki, ko’ruv tassavurlarini rivojlantirish ishlari», «Bolalarni tabiat bilan tanishtirish» kabi masalalar tashkil qilishi mumkin. Ish shakllari turlicha bo’lishi mumkin: tiflopedagoglar, tarbiyachilarning ma’ruzalari, savol-javoblar.

Ota-onalar konferentsiyalarimuhim va foydali ish shakllaridan sanaladi. Ularning maqsadi oilada bola tarbiyasi va ta’limi tajribasi bilan o’rtoqlashishdan iborat. Bunday konferentsiyalar yilda bir-ikki marta o’tkaziladi. Ular bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati, ota-onalar qo’mitasi, pedagoglar tomonidan tayyorlanadi. Konferentsiyalarda ota-onalar oilada bola tarbiyasi bo’yicha tajriba almashadi, turli yo’nalishlar, masalanmehnatsevarlikni tarbiyalash, oilada bola bilan o’zaro munosabatlarni shakllantirish, jismoniy tarbiya bo’yicha ish shakllari va mazmunini ochib beradilar. Ko’pincha faol ota-onalar ishning eng qiyin va o’ziga xos bo’limlari: nutqni rivojlantirish, ko’rish idroki, ko’ruv tassavurlarini rivojlantirish va boshqa dolzarb masalalar bo’yicha o’z tajribalarini yetkazishga intiladi. Odatda, ota-onalar ko’plab qiziqarli qo’llanmalar, o’yinlar, fotosuratlar, video-, audioyozuvlarni namoyish etadi, ular bilan tanishish nafaqat boshqa ota-onalar, balki pedagoglar uchun ham foydalidir. Bunday konferentsiyalar ilgari o’zining pedagogik imkoniyatlariga shubha bilan qaragan yoki bolalarining qobiliyatiga ishonqiramagan ota-onalarga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ota-onalar konferentsiyalarida do’stona iliq muhit hosil bo’ladi, ota-onalar va pedagoglarning yagona jamoasi shakllanadi. Maktabgacha tashkilotda ota-onalar konferentsiyasi bolalar ishlari ko’rgazmalariga ulanib ketadi. Bolalar turli qo’shiq va raqslar, she’r, sahna ko’rinishlarini ijro etadigan kontsertlar ota-onalar konferentsiyasining o’ziga xos ajoyib davomi bo’ladi.

Ota-onalar bilan ish shakllaridan yana biri ochiq eshiklar kunidir. Ochiq eshiklar kuni davomida ota-onalar katta guruhlarda frontal va yakka tartidagi mashg’ulotlarda bo’lishlari, bolalarning muloqotini kuzatishlari, ularning sayr vaqtidagi mashg’ulotlarini kuzatishlari, kun tartibi momentlarini o’tkazish jarayonida pedagoglar, katta tarbiyachi va mudira bilan uchrashib, suxbat qurishlari mumkin bo’ladi. Ko’pincha maktabgacha tashkilotga ochiq eshiklar kunida tashrif ota-onalarning farzandini maxsus tashkilotda tarbiyalash, ayrim hollarda esa, aksincha, o’z kuchlarini safarbar qilish va farzandini oilada tarbiyalashni takshil qilish istagini kuchaytiradi.

Bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining eng muhim vazifasi bolalar, ota-onalar va pedagoglarning yagona jamoasini tashkil qilish sanaladi. Ishonch, bola taqdirida birgalikdagi ishtirokni shakllantirishga bolalar bog’chalarida umumiy bayramlarni tashkil qilish, tug’ilgan kunlarni uyda yoki bolalartashkilotida nishonlash, bolalar



ishlari ko’rgazmasini tashkil etish, birgalikdagi sayr va sayohatlardavomida ko’proq muvaffaq bo’linadi.
Yüklə 278,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin