Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini shakllantirishninig nazariy asoslari



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix03.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#124658
1   2   3
maktabgacha-yoshdagi-bolalarni-matematik-tasavvurlarini-shakllantirishninig-nazariy-asoslari

www.scientificprogress.uz
 
Page 462
son, sanoq, to’plam haqida, miqdor, shakl, miqdorviy tasavvur, vaqt haqida olgan bilim 
va ko’nikmalarini mustahkamlash hozirgi kunda dolzarb va ahamiyatga molik bo’lib, 
maktabgacha ta’limda fanlar aro aloqadorlik bolalarni u yoki bu fandan olgan 
bilimlarini samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 
elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo’yicha umum metodik nazariy 
asoslari namunaviy dasturlari yaratilgan bo’lib, bu masala bo’yicha ko’plab tadqiqotlar 
olib borilmoqda.
Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarda ba’zi bir yashirin muhim matematik 
aloqalarni, munosabatlarni, “teng”, “katta”, “kichik”, “butun va bo’lak” kattaliklar 
orasidagi bog’lanishlarni, o’lchov kattaliklari bilan son o’rtasidagi bog’lanishlarni 
aniqlay bilish ko’nikmasini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurini shakllantirish mantiqiy 
tafakkurining yangi bosqichga ko’tarilishiga va ularning umuman aqliy faoliyati 
rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalarni ko’z bilan hamda ichida sanashga o’rgatib 
boriladi. Ularning ko’z bilan chamalash, shaklni tezda farq qila bilish qobilyati 
rivojlanadi.
Bu yoshda aqliy qobilyatni, mustaqil fikr yuritishni, analiz, sintez, taqqoslash 
kabi jihatlarini, muhokama qilish, xulosa chiqarish qobilyatini, miqdorviy tasavvurni 
rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tayyorlov guruhining elementar 
matematik tasavvurini rivojlantirish bo’yicha dasturi bolalarning oldingi guruhlarda 
olgan bilimlarini umumlashtirish, bir tizimga keltirish, kengaytirish va 
chuqurlashtirishni nazarda tutadi.
Maktabga tayyorlov guruhida matematika bo’yicha haftasiga 2 ta mashg’ulot, yil 
davomida 72 ta mashg’ulot o’tkaziladi.
Mashg’ulotlarning davom etish muddati: birinchisi – 30 daqiqa, ikkinchisi – 20-
25 daqiqa. 
Har bir mashg’ulot tuzilishi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni 
o’rganish, o’tilganlarni takrorlash va mustahkamlash, bolalarning egallagan bilimlarini 
tekshirishga xizmat qiladi. Tayyorlov guruhida o’tkaziladigan matematik mashg’ulotda 
didaktik ko’rsatma materiallaridan keng foydalanilishi xarakterlidir. Amaliy ishlar, 
ko’rgazma tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlar ham namuna sifatida 
qaralishi mumkin. Pedagog – tarbiyachi ularga o’zida bo’lgan ko’rsatma-qo’llanmalarni 
hisobga olib tuzatishlar kiritishi mumkin. 
Bolalarga matematikadan ta'lim berish va maktabgacha ta'limdagi o’quv-tarbiya 
jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri — bu bolalarda matematik 
tushunchalarni rivojlantirishdir. 
Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, 
to’laroq o’rganishga imkon yaratadi. Matematik masalalarni yechish jarayoni o’zining 
mohiyati bo’yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi, matonat shakllanadi, ijodiy 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin