Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo'naltirilgan ta'lim asosida tarbiyalashga texnologik yondashuv mundarija kirish I bob. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari


Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasi



Yüklə 254,5 Kb.
səhifə14/15
tarix21.12.2023
ölçüsü254,5 Kb.
#187673
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo\'naltirilgan ta\'lim asosida tarbiyalashga texnologik yondashuv

2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasi

Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasiga yo’naltirilgan bitiruv malakaviy ishida ilgari surilgan nazariy masalalar hamda amalga oshirilgan amaliy tajribalar uning natijasini aniqlashni taqozo etdi.


Ta’kidlovchi va yakuniy tajriba-sinov ishlari Qarshi shahridagi 17-sonli “Turnacha” maktabgacha ta’lim tashkilotsida olib borildi. Unda jami 8 nafar tarbiyachi hamda maktabga tayyorlov guruhining 68 nafar tarbiyalanuvchisi ishtirok etdi. Shakllantiruvchi tajriba bosqichida ham tajriba-sinov ishlari ta‘kidlovchi tajriba jarayonida foydalanilgan metodlar asosida olib borildi. Dastlab, maktabgacha ta’lim tashkilotsi tarbiyachilariga pedagogik innovatsiyalar haqida nazariy ma’lumotlar berishdan avval ularning ushbu mavzu doirasidagi bilim va tasavvurlarini o’rganishga harakat qildik. Mashg’ulotlarda maktabgacha ta’lim tashkilotsi tarbiyalanuvchilari shaxslik xislatlarini shakllantirishga doir qanday texnologiyalardan foydalanilayotganligi bilan qiziqdik.
Ana shu maqsadda tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan respondent tarbiyachilar o‘rtasida maxsus so‘rovnoma o‘tkazildi. Biz so‘rovnomani og‘zaki tarzda amalga oshirdik, negaki, tarbiyachilar og‘zaki so‘rovnomada o‘zlarini erkin tutishlari, bizning mavzuimiz doirasida ham fikrlarini ochiq bayon etishlari barchamizga ayon. So‘rov savolnomasi mazmunidan quyidagi savollar o‘rin oldi:
1. Pedagogik texnologiya tushunchasini qanday izohlaysiz?
2. Mashg’ulot o‘tayotgan vaqtda, shuningdek, mashg’ulotdan tashqari paytlarda ta’lim amaliyotiga kirib kelayotgan yangiliklarni tadbiq qilishga harakat qilasizmi?
3. Sizningcha tarbiyalanuvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda kimlar ko‘proq mas’ul deb hisoblaysiz?
4. Fikringizcha, maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalashda qanday pedagogik texnologiyalardan foydalangan ma’qul?
5. Mashg’ulotlarda qanday pedagogik texnologiyalardan foydalanasiz?
6. Maktabgacha ta’lim tashkilotsi tarbiyalanuvchilarida shaxslik xislatlarini shakllantirish yuzasidan qanday takliflarni ilgari surgan bo‘lar edingiz?
Tarbiyachilar bilan o‘tkazilgan savollar tahlili shundan dalolat beradiki, ular o‘z faoliyatlari jarayonida tarbiyalanuvchilarni pedagogik texnologiyaga tayyorlash borasida yetarlicha nazariy bilim va tasavvurga ega emaslliklari tufayli mashg’ulotlar jarayonida ko‘proq o‘quv adabiyotlarga suyanib qolishmoqda. Buning oqibatida 94 % respondent tarbiyachi maktabgacha ta’lim tashkilotsi tarbiyalanuvchilarini pedagogik innovatsiyaga tayyorlash dolzarb muammo deb hisoblasalarda, 15,0 % respondent tarbiyachi bu o‘z-o‘zidan ro‘y beradigan tabiiy jarayon deb qarashlari ma’lum bo‘ldi.
Mashg’ulotlarda qanday innovatsion texnologiyalardan foydalanasiz degan savolimizga deyarli aniq javob ololmadik.
Olingan natijalardan qoniqmaganligimiz tufayli shakllantiruvchi tajriba-bosqichida huddi shu tarbiyachilar o’rtasida o’rganilayotgan mavzu doirasida testlar, seminar-treninglar tashkil etildi.
O’tkazilgan seminar-treninglarda maktabgacha ta’lim tashkilotsi tarbiyalanuvchilarini pedagogik innovatsiyaga tayyorlash yuzasidan nazariy ma’lumotlar berildi. Mashg’ulotlarda biz taklif etgan 15 nomdagi pedagogik texnologiyalar asosida mashg’ulotlar tashkil etildi. Taklif etilgan texnologiyalar asosida tashkil etilgan mashg’ulotlar orqali tarbiyalanuvchilarda shaxslik xislatlari bilan bir qatorda yangiliklarni tez ilg’ab olish, aniq muammo doirasida fikr yuritish, uni yechimini topish va hal qilishga doir ko’nikmalarning shakllanganligining guvohi bo’ldik.
Tahlil natijasiga ko‘ra chiqarilgan umumiy xulosaga tayanib, shuni qayd etish zarurki, maktabgacha ta’lim tashkilotsi tarbiyalanuvchilarini pedagogik innovatsiyaga tayyorlash nafaqat mashg’ulotlarning samaradorligini oshirishda, balki, tarbiyalanuvchilarni bir muammo doirasida faoliyat olib borishlari orqali ularda o’zaro hamkorlik, muammoni hal qilishga nisbatan qat’iyatlilik, chuqur mulohazalilik, iroda, do’stlik, tashabbuskorlik kabi qator shaxslik xislatlarining shakllanganligining guvohi bo’ldik.
Pedagogik texnologiyalarni qo’llash ijodiy jarayon bo’lib, unda munozaralar, ishchan o’yinlar, tashxisli metodika, pedagogik vaziyatlarni loyihalash, suhbat va uchrashuvlar, tajriba almashish, referatlar, taqrizlar, annotatsiyalar, ma‘ruzalar, tarbiyalanuvchilarga tavsiyanomalar yozishni tavsiya etish muhim sanaladi. Zero, shaxsning kamolot darajasini baholashda uning qiyofasida aks etuvchi barcha sifat (xislat)larini yaxlit holda o’rganishni taqozo etadi.
Pedagogik innovatsiyalar nafaqat mashg’ulotlar jarayonida, balki tarbiyalanuvchilar bilan tashkil etiluvchi ma‘naviy-axloqiy tadbirlarni samarali tashkil etilishda ham muhim rol o’ynaydi. Tadbirlar mazmuni va shakliga ko’ra xilma-xil bo’lsa-da, ularning barchasi yagona ijtimoiy-ta‘limiy maqsad – barkamol shaxsni shakllantirishga yo’naltirilishi lozim. Ijtimoiy tarbiyaning turli yo’nalishlarida amalga oshirilgan ma‘naviy-axloqiy tadbirlar o’z yo’nalishlariga ko’ra muayyan pedagogik vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.
Tajriba-sinov ishlarining so’nggi bosqichida maktabgacha ta’lim tashkilotsi tarbiyalanuvchilari faoliyatini bevosita kuzatish, ularning turli pedagogik topshiriqlarni qay darajada bajarganliklarini tahlil qilish va yakuniy natijalarni umumlashtirish asosida matematik-statistik tahlil amalga oshirildi.
Matematik-statistik tahlilni amalga oshirishda qulaylik yaratish maqsadida hamda tenglik tamoyiliga muvofiq 68 nafar tarbiyalanuvchini o’z ichiga olgan 2 ta maktabga tayyorlov guruhi tanlab olindi. Natijalar nazorat va tajriba-sinov guruhlarining tajriba yakunidagi umumiy ko’rsatgichlari quyidagicha ekanligini ko’rsatdi:
Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasi yuzasidan o’tkazilgan tadqiqotchilik faoliyati samarali kechgan.
Tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalashga tizimli, maqsadga muvofiq, texnologik yondashuv pedagogik ta‘lim samaradorligini ta‘minlaydi. Mazkur fikrning isbotini tajriba-sinov ishlari natijalari ko’rsatib turibdi.
XULOSA
Maktabgacha ta’lim yashkilotida har bir bola uchun uning qobiliyati, imkoniyati, ruhiy va jismoniy holatlarini e’tiborga olgan holda zarur sharoitlarni yaratishga intilishi, har bir bola shaxsining betakrorligi va noyobligini hisobga olgan holda uning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlarini qo’llab-quvvatlash, bolalarga pedagoglarning ta’lim-tarbiya jarayonida individual yondashuvini amalga oshirish imkonini beradi.
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirishda ta’lim jarayonida bolaning bir vaqtning o‘zida o‘ynashi, rivojlanishi va o‘rganishi uchun imkoniyat yaratish kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar va pedagog o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning asosiy shakli ularning birgalikdagi faoliyati hisoblanadi. Birgalikdagi faoliyat – bu bolaning sub’ektiv pozitsiyasini egallash shartidir, jarayon davomida bolaning qiziqishlari, moyilligi, ehtiyojlari, istaklari qondiriladi, ijodiy salohiyati rivojlanadi, shaxsiy fazilatlari (faoliyati, tashabbusi, mustaqilligi, ijodkorlik) shakllanadi.
Tarbiyachi qanday metod va uslublar tanlamasin ulardan kompleks, bir-birini to’ldirgan holda foydalanishi, bu asosiy maqsad — o’rganilayotgan jismlari va hodisalarning bolalar tomonidan qiziqish bilan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamda o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushunchalarning to’g’ri shakllanishiga xizmat qilishi kerak. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish bolaning har tomonlama, barkamol rivojlanishining ajralmas tarkibiy qismiga aylanadi. Maktabgach ta‘lim tashkilotining bola salomatligi va uning normal jismoniy rivojlanishi haqida g'amxo'rlik qilish, chidamlilik, epchillik, jismoniy tarbiyalash - bularning barchasi doimo muhim vazifasidir. Bolada hayotga ijobiy qarash, stressga chidamlilik, sog'lom turmush tarziga intilish erta bolalikdan shakllanadi va biz besh yoshga to'lgunga qadar bolaning qalbiga qanday qadriyatlar singib ketganini bilamiz va u balog'at yoshida bunday ustuvorlikka ega bo'ladi. Xususan rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarni o‘zaro bog‘liq holda takomillashtirish bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, uning maktab ta'limi bo‘lgan keyingi bosqichiga muammosiz o‘tishi va unga tayyor bo‘lishi, boshlang‘ich ta'limda kompetensiyalarni shakllantirishi uchun zarurdir. Shu bilan birga rivojlanish markazlaridagi faoliyat qiziqarli bo’lishi, qo’yilgan maqsad va vazifalarni hal etishi, ta’limiy materiallar va o’yin anjomlari guruh bolalarining yoshiga mos, xavfsiz va ularda qiziqish paydo qilishi lozim.Markazdagi vazifa va topshiriqlar bolalarga tushunarli bo’lishi kerak.


Yüklə 254,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin