Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiylashuvi



Yüklə 349,75 Kb.
səhifə2/5
tarix21.12.2023
ölçüsü349,75 Kb.
#188109
1   2   3   4   5
maktabgacha-yoshdagi-bolalarning

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 247









SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601







Qishloq joylarda bir nechta ko'p qavatli turar joy uylari yoki uylar guruhlaridan
iborat yangi qurilayotgan majmualardagi maktabgacha ta'lim muassasasining eng kam
quvvati 50 o'rindan kam bo'lmasligi belgilandi.
2021-yil 1-yanvargacha maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan
bolalar uchun jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo'yicha xizmat
joriy etiladi va kompyuterlashtirish ishlari aniq davlat rejalari asosida amalga
oshirilmoqda.
ADABIYOTLAR SHARHI
O’zbekistonda maktabgacha ta‘lim muassasalarida bola shaxsining rivojlanishi va
interfaol metodlarini amalga oshirishning metodik ahamiyati shakllantirish
muammolarini Z.Rahimova, SH.Munavvarov, N.Egamberdiyeva, S.K.Annamuratova,
S.Bulatov, F.B.Valixo’jayeva1, H.Nurmatov, A.Sulaymonov va boshqa tadqiqotchilar
o’rganganlar.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy rivojlanishini umumiy tasir omillarisiz
tasavvur etib bo'lmaydi. Umumiy manoda ijtimoiylashuv-bu o'quvchining jamiyatda
mavjud bo'lgan ijtimoiy-axloqiy me'yorlar va xulq-atvor qoidalarini o'zlashtirish
jarayoni. Ijtimoiylashuv-bu butun hayot davomida davom etadigan doimiy jarayon.
Maktabgacha yoshdagi bolalikda bu birinchi navbatda ijtimoiy hayot normalarini
o'zlashtirishdir.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishida etakchi o'rinni o'z xalqining axloqiy qadriyatlarini
o'zlashtirish va keyinchalik umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni bilish va egallash
egallaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy xulq-atvori tajribasi kattalar bilan
muloqot jarayonida shakllanadi va tengdoshlari bilan turli xil qo'shma tadbirlar va
munosabatlarda mustahkamlanadi.
Shaxsiyatning axloqiy va ijtimoiy rivojlanishi bolalar axloqiy munosabatlarga
kirishish jarayonida sodir bo'ladi. Maktabgacha yoshda allaqachon ushbu munosabatlar
kattalarning ma'lum qoidalari, ko'rsatmalari va talablari asosida qurilgan.
Inson, uning har tomonlama uygun kamol topishi va farovonligi, shaxs
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini
yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish
respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi
kuchidir. Xalqning boy intellektual me`rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida,
zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va tehnologiyalarning yutuqlari asosida
1 Dolimova Davlatoy “Bolalarni qurish-yasashga o’rgatishda interfaol metodlaridan foydalanish metodikasi(tayyorlov
guruh misolida)” Namangan-2019 6-b

Yüklə 349,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin