Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi Ta’lim tarbiyaning roli



Yüklə 3,9 Kb.
tarix16.04.2023
ölçüsü3,9 Kb.
#98842
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi Ta’li-fayllar.org


Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi Ta’lim tarbiyaning roli

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi

Ta’lim tarbiyaning roli

Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan

har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim

muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta

ko‘rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy

usullarini joriy etishni talab qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish

bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga

tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy

rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim.

Bolaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar


  • Irsiyat

  • Atrof-muhit

IRSIYAT

Irsiyat dеganda bolalar gеnеtik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga turli xil o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi. Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi

ATROF-MUHIT


  • Inson bo’lib еtishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o’zi kifoya emas. Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o’zaro ta’sirda shaxs bo’lib еtishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo’la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, ya’ni inson bolasi hayvonlar orasida o’sgani yanada mustahkamlaydi.

IJTIMOIY MOSLASHUV


  • Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “men”i obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.

Yosh bolalar davlat himoyasida


  • O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi

  • qonunining 45-moddasida maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga qarab turish va

  • ularni ta’minlash berilgan. Davlat maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning, ayniqsa

  • yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning,

  • sog‘lig‘ining holatini tuzatishga, uzoq vaqt davolanishga hamda reabilitatsiya qilishga

  • muhtoj bo‘lgan bolalarning, shuningdek kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalardagi

  • bolalarning ijtimoiy himoya qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.


http://fayllar.org
Yüklə 3,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin