har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim
muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta
ko‘rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy
usullarini joriy etishni talab qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish
bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga
tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy
rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim.
Bolaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Irsiyat
Atrof-muhit
IRSIYAT
Irsiyat dеganda bolalar gеnеtik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga turli xil o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi. Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi
ATROF-MUHIT
Inson bo’lib еtishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o’zi kifoya emas. Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o’zaro ta’sirda shaxs bo’lib еtishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo’la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, ya’ni inson bolasi hayvonlar orasida o’sgani yanada mustahkamlaydi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat,muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “men”i obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.
Yosh bolalar davlat himoyasida
O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
qonunining 45-moddasida maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga qarab turish va
ularni ta’minlash berilgan. Davlat maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning, ayniqsa
yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning,
sog‘lig‘ining holatini tuzatishga, uzoq vaqt davolanishga hamda reabilitatsiya qilishga
muhtoj bo‘lgan bolalarning, shuningdek kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalardagi
bolalarning ijtimoiy himoya qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.