Ikkinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va metodikasi
1-sinfda olingan bilim va hosil qilingan malakalar 2-sinfda chuqurlashtiriladi va takomillashtiriladi. Yangi materialni o’rganishga kirishuvdan oldin avvalgi sinfda o’rganilgan materialni takrorlash va mustahkamlash zarur.
Ikkinchi sinf o’quvchilari o’zlarining psixologik-fiziologik xarakteriga kо’ra
1 -sinf o’quvchilariga o’xshash bo’ladi. Ularning diqqat-e’tiborini turg’unligi ham yaxshi shakllanmagan bo’ladi. Chunki, ular o’yin bilan bog’liq bo’lgan narsalarga ko’proq qiziqadilar. 2-sinfda vokal-xor ishiga e’tibor kuchayadi va
1-sinfda egallagan malakalarni takomillashtiradi. Masalan, kuylaganda o’zini erkin tutish, ovoz apparatlarida va musqullarda zo’rikish bo’lmasligiga erishish, chuqur nafas olish malakalarini o’stirish; tez sur’atli asarlarni qo’yilganda jumlalar oralig’ida nafas tez va yetarli ola bilish; uzunroq frazalarni kuylaganda nafasni me’yorida olish va bir maromda sarflay bilish;
unlilarni to’g’ri talaffuz etish; undosh tovushlarni burro va aniq talaffuz
qilish; unisonda (bir ovozlikda) dinamik tuslarga to’la rioya qilgan
xolda; sof va tiniq intonatsiyada ta’sirli qilib kuylash; 3/4 va 2/4
o’lchovlarida dirijyorlik harakatlarini tushunish; o’qituvchi asarga
dirijyorlik qilganda uning qo’liga qarab ko’pchilik bilan birgalikda nafas
olish, ijroni boshlash, dirijorlik ishorasiga amal qilgan xolda ijroni
to’xtatish.Musiqa tinglash musiqa faoliyatlarining yetakchisi hisoblanadi.
Zero, darsda qo’llanadigan barcha musiqa materiallari asosan eshitib o’zlashtirish orqali amalga oshiriladi.
2-sinfda o’quvchilarning tovush tembrlari haqidagi tasavvurlarning tovush tembrlari haqidagi fasavvurlari yanada boyib boradi. Ular hayot voqeligining rang-barang musiqiy bo’yoqlar badiiy obrazlar orqali tasvirlanishi haqida kengroq tushunchaga ega bo’ladilar. 2-sinfda o’quvchilar musiqa savodi faoliyatida quyidagi musiqiy bilimlar va malakalarni egallaydilar.
a) tonika uchtovushligini eshitish va kuylash;
b) chorak, nimchorak, yarim o’lchovdagi notalar va pauzalar haqidagi
tushunchaga ega bo’lish;
v) kuchli va kuchsiz xissa, takt va takt chizigi, ikki va uch choraqli o’lchovlar
haqida ma’lumotga ega bo’lish;
g) ikki va uch qismli asarlar haqida tushunchaga ega bo’lish. Ko’plet shaklidagi
qo’shiqlarning boshlanish qismi va naqoratini farq qilish;
e)mazmuni va xarakteri jihatidan turlicha bo’lgan asarlani bir-biridan ajrata
olish;
Shunday qilib, 2-sinf o’quvchilari musiqani tuzilishi va nota savodiga doir mazkur boshlang’ich bilim va ko’nikmalarga ega
bo’ladilar, xor bo’lib kuylashda o’zini tutish, qo’shiq mazmuniga mos emotsional kechinmalarni xis etish, tinglagan asarlari yuzasidan suhbatlarda katnashish, hikoya tuzish, musiqa ohangiga mos harakatlar bajarish, musiqa ritmiga cholg’u asboblarida jo’r kabi ko’nikma va malakalarga ega buladilar. Shunday qilib, ikkinchi sinfda yil mavzusi:«Miisiqa nimani ifodalaydi tasvirlaydi»
1-chorak mavzusi: «Yakkanavozlik va jo’rnavoziik»
2-chorak mavzusi: «Yakkanavozlik va yakkaxonlik cholg’u va
honandalar dasturlari»
3- chorak mavzusi «Kuy nima? Kuyda nima ifodalanadi»
4- chorak mavzusi: «Musiqani iloda vositalari»
O’qituvchi dars rejasini ushbu mavzular asosida to’zib, ularni bir biri bilan uzviy bog’lab olib borishi kerak.
ADABIYOTLAR:
1. I.Akbarov .«Musiqa lug’ati»
2. Apraqsina O. «Методика музыкального воспитания в школе»
M. 1983
3. D.Omonullayev. «Umumiy ta’lim maktablarida musiqa dasturlari»T.1992
4. Gudkova Ye.A., Vasileva A.B. «Ashula dars metodikasi»
Dostları ilə paylaş: |