Maktabning yer maydoni, sinf xonasi, jismoniy tarbiya va sport zonasi, sport zali, sinf xonasi, o`quv stol-stullariga gigiyenik talab, o`quvchilarni stol-stuldda o`tirish qoidalari, kun tartibi


O‘quvchilar kun tartibi sog`lom turmush tarzining muhim qismi sifatida



Yüklə 108 Kb.
səhifə7/11
tarix23.06.2022
ölçüsü108 Kb.
#62130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Maktabning yer maydoni, sinf xonasi, jismoniy tarbiya va sport z

Oquvchilar kun tartibi sog`lom turmush tarzining muhim qismi sifatida.
Gigiyena talabiga muvofiq tuzilgan kun tartibida har kuni har qaysi ishning bajariladigan vaqti aniq belgilangan bo`ladi.Chunonchi, kechki uyqu va uyg`onish vaqti, ertalabki gigiyenik gimnastika, yuvinish, nonushta, maktabda aqliy va jismoniy mashg`ulotlar.Tushlik, tushlik va kechki ovqatlanish oralig`idagi qo`shimcha ovqatlanishda, hamda kechki ovqatlanish har kuni bir vaqtda bo`lishi.
Uy vazifasini bajarish, oilaga yordam berish, dam olish, uyqu va hokazolar doimo ma`lum belgilangan vaqtlarda bajarilishi lozim.
Odam yoshligidan gigiyena qoidasi asosida tuzilgan kun tartibiga odatlanishining mohiyati shundaki, har kuni har bir ishni ma`lum belgilangan vaqtda bajarish natijasida, bosh miya po`stloq qavatidagi nerv hujayralari (oliy nerv markazlari)da, mazkur ishni bajaradigan vaqtga nisbatan, shartli reflekslar paydo bo`ladi.Buning natijasida rejalashtirilgan ishni bajaradigan vaqt yaqinlashuvi bilan, organizm unga nisbatan tayyor bo`ladi.Natijada aqliy va jismoniy mehnat unumdorligi yuqori bo`ladi.
Gigiyena qoidasi asosida tuzilgan kun tartibida odam tez charchamaydi, u har bir ishni qiziqish va qoniqish bilan bajaradi, ovqatlanish paytida ishtahasi yaxshi bo`ladi, uxlash vaqti yetganida osongina uyquga ketadi, tinch uxlaydi, miya yaxshi dam oladi, uyg`onish vaqti yetganida qiynalmasdan, boshi va tanasi og`rimasdan, erinchoqlik qilmasdan o`rnidan turadi.Kun davomida kayfiyati va ish unumdorligi yuqori bo`ladi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining taxminiy kun tartibi.
7.00 – 7.30 - uyqudan uyg`onish, ertalabki gigiyenik gimnastika, yuvinish;
7.30 - 7.50 - nonushta;
7.50 – 8.20 - uydan maktabga borish;
8.30 - 12.00- maktabda o‘qish, katta tanaffuzda ovqatlanish (ovqatlanishdan oldin qo`lni yuvish);
12.00-12.30 - maktabdan uyga qaytish;
12.30-13.00 – uyda tushki ovqat (ovqatlanishdan oldin qo`lni yuvish);
13.00-16.00 – erkin vaqt: oilaga yordam, dam olish, jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanish;
16.00-17.00 – uy vazifasini bajarish;
17.00-19.30 – erkin vaqt: madaniy dam olish, oilaga yordam, ochiq havoda sayr qilish;
19.30-20.00 – kechki ovhqat (ovqatlanishdan oldin qo`lni yuvish);
20.00-20.30 – uyquga tayyorlanish, ochiq havoda sayr qilish, tishlarni pasta va chyotka bilan tozalash;
20.30 – 7.00 – uyqu.

Yüklə 108 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin