Maktabning yer maydoni, sinf xonasi, jismoniy tarbiya va sport zonasi, sport zali, sinf xonasi, o`quv stol-stullariga gigiyenik talab, o`quvchilarni stol-stuldda o`tirish qoidalari, kun tartibi


O‘quv stol-stul (parta)larini sinf xonasida joylashtirish



Yüklə 108 Kb.
səhifə4/11
tarix23.06.2022
ölçüsü108 Kb.
#62130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Maktabning yer maydoni, sinf xonasi, jismoniy tarbiya va sport z

Oquv stol-stul (parta)larini sinf xonasida joylashtirish. Stol va stul (parta)lar sinf xonasida 3 qator qilib joylashtiriladi. Partalar bilan derazalar o‘rtasidagi masofa 80-100 sm, sinfning ichki devori bilan partalar o‘rtasidagi masofa 50-60 sm, parta qatorlari o‘rtasidagi masofa 50-70 sm bo‘ladi.
Doska bilan birinchi qator partalari o‘rtasidagi masofa 2,5-3 metr bo‘ladi. Doska va partalar sinfda joylashtirilganda o‘quvchilarning derazaga nisbatan chap tomonlari bilan o‘tirishlari ta`minlanmog‘i lozim.
Har bir sinfda bo‘y usunligi turlicha bo‘lgan o‘quvchilar o‘qishi mumkinligini hisobga olgan holda, sinfda 3 xil o‘lchamdagi stol va stul (parta)lar joylashtiriladi.Kichik o‘lchamdagilar oldingi, o‘rtachalari sinf o‘rtasiga va katta o`lchamdagi partalar, oxirgi qatorlarga joylashtiriladi.
Oquvchilarni sinf xonasida joylashtirish. Bo‘yi past o‘quvchilar oldingi, bo‘yi baland o‘quvchilar esa oxirgi partalarga o‘tqaziladilar.Ko‘rish o‘tkirligi pasaygan o‘quvchilar deraza yaqiniga va oldingi qator partalarda, eshitish qobiliyati pasaygan o‘quvchilar o‘qituvchi stoliga yaqin partaga, angina, revmatizm, buyrak, nafas a`zolari yallig‘lanishi kasalliklarning surunkali kechuvchi shakllari bilan og‘rigan o‘quvchilar esa, yilning sovuq faslida isitish manbayiga yaqin partalarga o‘tqazilishlari tavsiya etiladi.
Shuni eslatish lozimki, ba`zi o‘qituvchilar (sinf rahbarlari), o‘quv yilining boshlanishida o‘quvchilarni partalarga o‘tqazishda, yuqorida aytilgan qoidalarga amal qilmaydilar.Ular a`lochi va faol o‘quvchilarni oldingi qatordagi partalarga o‘tqazadilar.O`quvchilarning bo‘y uzunligi, ko‘rish va eshitish qobiliyatlarini inobatga olmaydilar.Bunga chek qo`yilishi kerak.
O‘quv yilining har choragida deraza yonida va sinfning ichki devori yonida o‘tirgan o‘quvchilarning joylari bir-birlari bilan almashtirilishi kerak. Aks holda sinfning ichki devori yonida o`tirgan o`quvchilarning ko`zi xiralashib qolishi mumkin.
Oquvchilarning partaga o‘tirish qoidalari. O‘quvchilar stol va stul (parta)da quyidagi gigiyenik qoidalarga amal qilgan holda o‘tirishlari tavsiya etiladi;
1.O‘quvchi gavdasini tik tutgan holda, boshini biroz oldinga egib, o‘tiradi. Uning ikkala yelkasi bir tekislikda bo‘lsin.
2.O‘quvchi ko‘kragi bilan stol qirrasi o‘rtasidagi masofa uning kafti kengligida bo‘lsin.
3.O‘quvchining beli stul suyanchig‘iga tegib (suyanib) tursin.
4.O‘quvchining oyoqlari tizza bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib bukilishi va oyoqlarining pastki yuzasi yoppasiga polga tegib tursin.
5.O‘quvchi ko‘zi bilan daftar-kitob o‘rtasidagi masofa, uning 2 qarichiga teng bo‘lsin.Yuqori sinf o‘quvchilari va katta odamlar uchun bu masofa 40 smga teng, ya`ni ularning ham ikki qarichiga teng bo`ladi.

Yüklə 108 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin