Maktabning yer maydoni, sinf xonasi, jismoniy tarbiya va sport z
Maktabda haftalik dars jadvalini tuzishga gigiyenik talab. Dars jadvali gigiyenik talab asosida tuzilishi, o`quv kuni davomida o`quvchilarning ish qobiliyati yuqori darajada bo`lishiga, dars materiallarini yaxshi o`zlashtirilishiga, dars paytida o`quvchilarning charchab qolmasligiga imkon beradi.
Maktabda o`qitiladigan fanlar, o`zlashtirilishi qiyin yoki oson bo`lishi nuqtai nazaridan, shartli ravishda 3 guruhga bo`linadi:
1.O`zlashtirilishi qiyin fanlarga matematika, fizika, kimyo, chet tillari, rus tili va adabiyoti kiradi;
2.O`zlashtirilishi o`rtacha darajada qiyin bo`lgan fanlarga tarix, jamiyatshunoslik, ona tili va adabiyoti, geografiya, chizmachilik va biologiya fanlari kiradi;
3.O`zlashtirilishi yengil fanlarga jismoniy tarbiya, mehnat, rasm, ashula kabilar kiradi.
Dars jadvalini tuzishda, bosh miya po`stlog`i nerv hujayralari fiziologik xususiyatlarini, ya`ni ularning ish bajarish imkonini e`tiborga olish, o`quvchilarning fanlarni o`zlashtirish qobiliyati yuqori darajada bo`lishiga imkon beradi. Ularda aqliy charchashni yuzaga kelishining oldini oladi.
Gigiyena fani talabiga binoan haftalik dars jadvalini quyidagi tartibda tuzish tavsiya etiladi:
- birinchi va ikkinchi soatlarga o`zlashtirilishi qiyin fanlar joylashtirilishi lozim;
- uchinchi soatga o`zlashtirilishi o`rtacha fanlar joylashtiriladi;
- to`rtinchi soatga o`zlashtirilishi oson fanlar joylashtiriladi;
O`zlashtirilishi oson fanlarni to`rtinchi soatga qo`yilishiga sabab shuki, bu soatda o`quvchilarning miyasi dam oladi.
Natijada beshinchi va oltinchi soatlarga o`zlashtirilishi o`rtacha qiyinlikdagi fanlarni joylashtirishga imkon yaratiladi.
Dars jadvaliga fanlarni joylashtirishda yuzaga keladigan ayrim qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun, yuqorida aytilgan tartibga ayrim o`zgarishlar kiritgan holda birinchi va ikkinchi soatlarga qiyin fanlar, uchunchi soatga o`zlashtirilishi oson, to`rtinchi soatga o`rtacha qiyin, beshinchi soatga oson, oltinchi soatga o`rtacha qiyinlikdagi fanlar qo`yilishi maqsadga muvofiq bo`ladi.