9-modul. Sport patologiyasi asoslari, shifokor nazorati, o‘quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullantirish 1-mavzu. Umumiy sport patologiyasi asoslari Patologik (kasallik) holat haqida tushuncha. Sportchilarda patologik holatni
o‘ziga xosligi. Sportchilarda patologik holatni kelib chiqishidan oldingi holatlar
(charchash, zo’riqish). Patologik holatni olidini olishda takroriy nazorat qilish va
sportchilar jismoniy ish qobiliyatini murakkab sinamalar orqali nazorat qilishning
ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
2-mavzu. Sportchilarni kasallanishi va jarohatlanishi Salomatlik haqida tushuncha. Stress (bosim-kuchlanish) organizmning
umumiy tanglik holati. Kasallik sabablari. Reaktivlik (qarshi ta’sir). Irsiyat va
uning kasallik paydo bo‘lishidagi ahamiyati. Sportchilar jarohatlanishi va uning
sabablari. Sportchilar jarohatlanishi va oldini olish haqida nazariy ma`lumotlarga
ega qilish.
3-mavzu. Sportchilarda shifokor (tibbiy) pedagogik nazorat o’tkazish mazmuni va metodlari Tibbiy pedagogik nazorat (TPN). Tibbiy pedagogik nazoratning asosiy
vazifalari. Tibbiy pedagogik nazoratni tashkil qilish shakllari. Tibbiy-pedagogik
nazorat o‘tkazishda qo‘llaniladigan uslublar. Tibbiy pedagogik nazorat o‘tkazishda
qo‘llaniladigan funktsional sinamalar haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
4-mavzu. O‘quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishida shifokor nazorati Birlamchi shifokor nazoratini tashkil qilish va uning vazifasi, maqsadi.
Shifokor nazoratida qo‘llaniladigan usullar. Funktsional tizim va ularni baholash.
Shifokor nazoratining xulosa qilishi, tibbiy guruhlar va uning bayonnomasi haqida
nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
5-mavzu. Sportda ish qobiliyatini tiklash vositalari Qayta tiklash vositalarini tasnifi: a) pedagogik, b) psixologik, v) tibbiy
vositalar. Sportda qo‘llaniladigan qayta tiklash vositalari. Oqsil moddalar.
Farmakologik va fizikaviy tiklash vositalari haqida nazariy ma`lumotlarga ega
qilish.