3
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Oliy ta’limning fundamentalligi
real dunyodagi jarayonlar, ob’yektlar va
hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqori
malakali mutaxassislarni tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Malaka
talablari tayyorlanayotgan kadrlarning ko’nikma va malakalariga yuqori talablarni
qo‘ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo‘lib,
ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy
intellektual kadrlarni
shakllantirishdan iborat. Gumanitar ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘yilgan malaka
talablari ichida jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning
tibbiy-fiziologik asoslari
faniga doir talablar alohida o‘rin tutadi. Bu esa jismoniy madaniyat ta`lim
yo‘nalishi o‘quv rejalarida o‘z ifodasini topdi.
Ushbu dasturda jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik
asoslari fani bo‘yicha talabalarni
sportda tarbiyalash, sog‘lomlashtirish, davolash
va tiklanishga qaratilgan yo‘nalishlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida xizmat
tizimi
bilan tanishtirish, kasallik turlariga qarab davolash jismoniy mashqlarni
tashkil qilish va uni o‘tkazish, har bir muolajani gigiyenik sog‘lomlashtirish
ahamiyatini yuzaga keltirish va sport shikastlanishlarida
birinchi tibbiy yordam
ko‘rsatishni o‘rgatish kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fani
asosiy umumkasbiy fan hisoblanib 4-7 semestrlarda o‘qitiladi.
Dasturni amalga
oshirish o‘quv rejasida berilgan umumiy psixologiya,
umumiy pedagogika,
jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, gimnastika va uni o‘qitish
metodikasi, yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi, sport va harakatli o‘yinlarni
o‘qitish metodikasi, kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, suzish va uni o‘qitish
metodikasi, sport mahoratini oshirish, sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish
va hakamlik qilish kabi fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni
talab etadi.