Малакавий амалиёт 3 курс талабалари учун саволланомалар


XON QIZIG‘A LOYIQ BIR YIGIT



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə3/3
tarix18.04.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#99807
1   2   3
ABDULLA QODIRIYNING o\'tgan kunlar

2. XON QIZIG‘A LOYIQ BIR YIGIT
Otabek o‘zi bilan ko‘rishgan mundaki ikki yot kishini tanimaganliqdan bir-ikki qayta ularni ko‘z ostidan kechirdi. Buni payqag‘an Ziyo shohichi Otabekka tanitdi:
— Amakilaringizni siz tanimag‘andirsiz albatta, — dedi. — Bu kishi otangizning yaqin do‘stlaridan Mirzakarim qutidor. Bu zot Andijon savdog‘arlaridan Akram hoji.
Mirzakarim ismlik qirq besh-yelli yoshlar chamasida qora qosh, qora ko‘z, ko‘rkam yuz, yaxshig‘ina kiyingan bir kishi bo‘lib, Akram hoji elli besh yoshlar orasidag‘i bir keksa edi. Otabek qaytadan Mirzakarim qutidorni ko‘zdan kechirdi.
— Ota qadrdonlari bilan tanishdirg‘aningiz uchun rahmat, amak, — dedi va Akram hoji bilan Mirzakarim akaga tavozu’landi. — Otam sizlardek yaqin do‘stlariga salom aytishni menga amonat topshirg‘an edilar.
— Rahmat, sog‘ bo‘lsinlar.
Majlis Ziyo shohichining uyida Otabekning meh-mondorchilig‘i uchun yig‘ilg‘an, yuqorida ismlari o‘tkan zotlardan boshqa Homid, Rahmat ham Hasanali bor edilar. Tanishdirishdan so‘ng Otabek bilan qutidorning ko‘zlari bir-birlariga tez-tez uchrasha boshladilar. Qutidor nimanidir Otabekdan so‘ramoqqa og‘zini jo‘plab tursa ham Akram hoji bilan Ziyo shohichining allanarsa to‘g‘risidag‘i gaplari keti uzilmay davom etar edi. Ularning ko‘zi uchunchi to‘qnashishida qutidor kulimsirab qo‘yib so‘radi:
Meni eslay olasizmi, bek?
Otabek diqqat va e’tibor bilan qutidorni kuzatib javob berdi:
— Yo‘q, amak.
— Necha yoshg‘a bordingiz?
— Yigirma to‘rt yoshg‘a…
Qutidor o‘zicha nima to‘g‘risidadir hisob yuritdi-da:
— Voqi’an siz meni eslay olmassiz, — dedi. — Men Toshkandda qutidorlik qilg‘an vaqtimda siz taxminan besh-olti yoshliq bola edingiz… Go‘yoki, men Toshkandda kechagina turg‘andek va kechagina sizning havlingizda mehmon bo‘lg‘andekman… Ammo, haqiqatda, oradan o‘n besh-yigirma yil o‘tib, siz ham katta yigit bo‘lgansiz, umr — otilg‘an o‘q emish.
— Siz bizning havlida bo‘lganmisiz?
— Ko‘b martalab mehmon bo‘ldim, — dedi qutidor,— ul vaqtda bobongiz ham hayotda edilar.
Bu ikkisining so‘zlariga quloq solib chetda o‘lturgan Hasanali ham gapga aralashdi:
— Amakingiz bizning havlig‘a kelib turadigan vaqtlarida siz yosh bola edingiz, bek, — dedi. — Amakingiz sizni saroylarga ham olib tushar edilar.
Otabek uyaluv aralash kulimsirab qutidorg‘a qaradi:
— Taassufki, eslay olmayman, — dedi. Qutidor tag‘in nimadir aytmoqchi bo‘lg‘an edi, Akram hoji unga yo‘l bermadi.
— Hoji akamiz bu kunda qanday ish bilan mash-g‘ullar?
Otabek:
— Toshkand begi yonida mushovir sifati bilan turadilar.
— Azizbek bu kunda ham Toshkandga hokimdir?
— Shundog‘.
— Sotqi bek ketsin, Aziz bachcha deng, — dedi Homid va Akram hojiga qarab kuldi. — Yaqindag‘ina Musulmon cho‘loqning bazimi shu Aziz bachcha bilan qizir edi, — dedi, ulug‘ bir narsa kashf etgandek mag‘rur, majliska qarab chiqdi. Homidning zaruratsiz ayb tekshirishi majliska yotroq tuyilgan bo‘lsa kerak bir-birlariga qarashib oldilar. Bu o‘rinsiz tekshirish majlisni bir oz sukutga yubordi-da, so‘ngra Akram hoji savolida davom etti:
— Hokimingiz juda zolim emish, bu to‘g‘ri so‘zmi?
— To‘g‘ri so‘z, — dedi bek. — Azizbek zulmidan aholi juda to‘yg‘an.
Otabekning bu javobidan yolg‘iz Akram hojigina emas balki, majlisning boshqa a’zolari ham ajablandilar.
Otasining valine’mati bo‘lg‘an bir bekning zulmini iqror etish haqiqatan ham taajjubka loyiq edi. Azizbekning Turkiston xonlig‘ining eng zolim va mustabid sanalg‘an beklarining biri va uning o‘z qa-ramog‘ida bo‘lg‘an Toshkand aholisiga qilg‘an zulmlari Farg‘onaga doston, ammo Akram hojining bu savoli Azizbekning eng yaqini bo‘lg‘an bir kishining o‘g‘lini sinab ko‘rishlik uchun edi. Bu sinash natijasi Akram hojining taajjubini orttirdi va buning sirrini bilishka qi-ziqsindi:
— Otangiz Azizbekning mushoviri ekan, — dedi Akram hoji, — nima uchun uni bir oz bo‘lsa ham yo‘lg‘a solmaydir?
— Kechiringiz, amak, — deb Otabek kulimsiradi,— siz otamning mushovirlig‘ini boshqacharoq ongla-g‘ang‘a o‘xshadingiz… Bizning beklarga hukm vaqtida ham mushovir bo‘lmoq imkonsiz narsadir. Otam Azizbekning mushoviri va yaqin musohibi sanalsa ham va lekin bu juz’iy ishlardaginadir, buning uchun sizga bir misol keltiray, bu ish shu yaqin oralardag‘ina bo‘ldi: Toshkanddagi jum’alik gap majlislaridan birida bir kishi Azizbekni maxtar va bu maxtovg‘a qarshi ikkinchisi «nega munchalik maxtaysan, Azizbekning asli bir bachcha-da» der. Ularning bu muzokaralarini chetda eshitib turgan xufiyalardan biri bu so‘zni Azizbekning qulog‘iga yetkazur. Ertasiga Azizbek mazkur ikki kishini o‘z huzuriga oldirib maxtovchig‘a ulug‘ mansab ato qilar va ikkinchisini o‘limga buyurar… Bu hukm majlisida hozir turgan otam mahkumning gunohini so‘raganida Azizbek jallodga baqirar: «Tezroq olib chiq!» Otam tag‘in qulliq qilg‘anida jallodg‘a buyurar: «Qo‘ling-dag‘ini bo‘shatib, o‘rniga hojini olib chiq!» — Mana ko‘rdingizmi, otamning qadru qiymatini.
— Bo‘lmasa aholi xong‘a shikoyatnoma yozmaydirmi?
— Nechanchi shikoyatnomani so‘raysiz, — dedi Otabek, — Azizbekdan zulm, jafo ko‘rganlar bilan birgalikda endi o‘ninchi shikoyatnomamizni yuborg‘andir-miz… Lekin xonning yo‘lboshchisi bo‘lg‘an kishining o‘zi zulmda Azizbekdan bir necha zina baland o‘rinni ishg‘ol etkuchi kimsa bo‘lsa, biz qandog‘ qilayliq. Ammo shunisi ham borki, shu keyingi vaqtlarda Azizbek Qo‘qonning yorlig‘ va farmonlarini iltifotsiz qoldira boshladi. «Itoatdan bosh tortmasin…» degan mulohazada yozg‘an shikoyatlarimizdan markazning ko‘z yumishi ham ehtimoldir. Har holda Toshkand aholisi Azizbek istibdodidan ortiq to‘yindi, kimdan ko‘mak so‘rashg‘a ham bilmaydir.
Yusufbek hojining qanday odam ekani ayniqsa Akram hojiga onglashilib, bu to‘g‘rida ortiq bahs qilinmadi va so‘z boshqa xususlarga o‘tdi.
Ziyofat samimiyat bilan chaqirilg‘anliqdan dasturxon qadrlik mehmonga maxsus turlangan edi. Ziyo shohichi bilan o‘g‘li Rahmatning har zamon mehmonlarni dasturxonga qistashlari boshqalarning ishtahalarini ochishg‘a sabab bo‘lsa ham, ammo bizning Otabekka sira ham asar qilmas, xayollanib o‘ltirar edi. Ul nima to‘g‘rida xayol surib, qaysi to‘g‘rida o‘ylar edi — buni bi-lish qiyin bo‘lsa ham, biroq uning hozirgi ba’zi harakatlari diqqatni jalb etarlik edilar: xayol surar ekan, uning ko‘zlari ixtiyorsiz kabi qarshisidagi qutidorg‘a qaraydirlar, qutidorning ko‘zi o‘ziga tushdi deguncha ko‘zini undan olib dasturxondagi ko‘ngli tilamagan narsalarga urina boshlaydir… Otabekning bu holini majlisdagilar sezmasalar-da, ammo Homid uni ta’qib etkandek edi.
— Savdo bilan qanday shaharlarga bordingiz, bek?— deb qutidor so‘radi.
— O‘zimizning shaharlardan ko‘pini ko‘rdim, — dedi bek, — o‘ris shahardan Shamayga ham bordim.
— Ha, ha, siz Shamayga ham bordingizmi? — deb Ziyo shohichi ajablandi.
— O‘tkan yil borg‘on edim, — dedi bek, — borishim noqulay bir vaqtga to‘g‘ri kelib ko‘b mashaqqatlar chekdim.
— Chin savdogar siz emishsiz, — dedi qutidor, — biz shu yoshqa kelib hali o‘zimizning kattaroq shaharlari-mizni ham ko‘ralmadik; siz o‘risning Shamayigacha borg‘ansiz.

Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin