Малакавий амалиёт 3 курс талабалари учун саволланомалар



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə1/3
tarix18.04.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#99807
  1   2   3
ABDULLA QODIRIYNING o\'tgan kunlar

ABDULLA QODIRIYNING
“O‘TGAN KUNLAR” ROMANI HAQIDA
REJA:


  1. ABDULLA QODIRIY HAYOTI VA IJODI

  2. ABDULLA QODIRIYNING “O‘TGAN KUNLAR” ROMANI HAQIDA

  3. O‘TGAN KUNLAR

“O‘tgan kunlar” romanining ma’no-mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroqular orasida yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, faravonligi, osoyishtaligi yo‘liga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir. “O‘tgan kunlar” bamisoli ulkan va tiniq ko‘zgu, unda o‘zbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-ma’naviy dunyosi, bo‘y-basti, qiyofasi keng ko‘lamda aniq-ravshan gavdalantirilgan.


“O‘tgan kunlar”, bir qarashda, an’anaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi juda katta mahorat bilan tasvir etilgan. Asardagi ishqiy sarguzashtlar kitobxonni hayajonga soladi, Otabek bilan Kumushning go‘zal baxtini barbod etgan omillar kishini chuqur o‘yga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni — Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini ko‘z oldimizda gavdalantiradi. Qodiriy ishqiy sarguzashtlar ko‘rinishida o‘lkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va o‘zaro ichki nizolardir degan fikrni g‘oyat ustalik bilan aytadi.
Garchi romanda adib shaxs xarakteri va qismatini muhit, sharoit, ijtimoiy muammolar bilan chambarchas aloqadorlikda tasvir va tahlil etsada, inson shaxsining muhit va sharoitga bog‘liq bo‘lmagan tug‘ma, sirli-sehrli g‘aroyib shevalariga ham e’tiborni tortadi. Bu jihatdan bir oila, bir xil sharoitda tug‘ilib voyaga yetgan sajiya-xarakter, surat va siymo vajidan ikki olam — egachi-singil Zaynab va Xushro‘ybibi obrazlarining talqini g‘oyat ibratlidir. Biri mute, itoatkor, nuqul o‘zgalar izni bilan ish ko‘radi; ikkinchisi esa dadil, mustaqil, o‘z baxti va taqdiri uchun faol kurash olib boradi. Yozuvchi bu ikki shaxs xarakteriga xos tug‘ma xususiyatlarni sharhlash bilangina cheklanmaydi, bunday xislatlarning o‘sha kimsalar, qolaversa o‘zgalar taqdiriga ko‘rsatgan ta’siri, fojeiy oqibatlarini ham ifoda etadi. O‘zini boshqalar ixtiyoriga topshirib qo‘ygan Zaynab shu ojizligi tufayli o‘z baxtiga zomin bo‘libgina qolmay, yana o‘sha ojizligi tufayli o‘zgalar qutqusi orqasida beixtiyor jinoyatga qo‘l uradi — Kumushga zahar beradi. Mustaqillik, dadillik — yaxshi xislat, biroq unga xudbinlik aralashsa baloi azimga aylanishi mumkin. Xushro‘ybibi o‘z baxti uchun kurashadi; shaxsiy manfaatlari yo‘lida hech narsadan qaytmaydi; birovlarning ko‘z yoshlari hisobiga, o‘zgalarning baxtiqaroligi evaziga o‘z baxtini tiklaydi. Romandagi O‘zbek oyim obrazi ham nihoyatda tabiiy va go‘zal siymolardan biridir. Dumbul tabiat bu ayol o‘g‘li Otabek, qolaversa kelinlari — Kumush, Zaynab taqdirlarining chigallashib ketishi, oxiri fojiaga yuz tutishida bosh sababchi ekani ayon. Biroq har qancha gunohkor bo‘lmasin, o‘ta andishali adib uni keskin qoralashga tili bormaydi.
Nima bo‘lganda ham, O‘zbek oyim, baribir ona… Ayni paytda rostgo‘y, realist yozuvchi onaning pala-partish, dovdir xatti-harakatlaridan, tabiatidagi ayrim kamchiliklaridan ko‘z yumib o‘tolmaydi. Bu borada adibga xalqona yumor qo‘l keladi. Bu obraz tasviri boshdan-oyoq ajib serjilo — ham kinoya-kesatiqlarga, ham ardoq-mehrga to‘la yumor bilan yo‘g‘rilgan. Xullas, “O‘tgan kunlar” romani to‘qima qahramonlarning hayotiylik kasb etishi va tarixiy voqealarga uyg‘unligi jihatidan ham, mujassamot butunligi va tilidagi nafosati jihatidan ham o‘zbek adabiyoti xazinasidagi durdonalar qatoridan o‘rin olgandir. “O‘tgan kunlar” o‘zbek adabiyotida ilk roman bo‘lishining o‘zi bilanoq ilgari bosilgan katta qadam edi. Unda realizmning asosiy tamoyillari yuqori badiiy saviyada amalga oshirildi. Roman, umuman, o‘zbek adabiyotida yetuk realizmga asos soluvchilik rolini o‘ynadi. Yozg‘uchidan
Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash dostonchiliq, ro‘monchiliq va hikoyachiliqlarda ham yangarishg‘a, xalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgo‘r»lari bilan tanishdirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz.
Yozmoqqa niyatlanganim ushbu — «O‘tkan kunlar», yangi zamon ro‘monchilig‘i bilan tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi, bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi — ibtidoiy davrida talay kamchilik-lar bilan maydong‘a chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardan cho‘chib turmadim.
Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tari-ximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xon zamonlari»dan belguladim.

Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin