Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon"



Yüklə 50,97 Kb.
səhifə1/5
tarix07.05.2023
ölçüsü50,97 Kb.
#109123
  1   2   3   4   5
Abdulla Qodiriy ijodiy merosinining tarbiyaviy axamiyati


M U N D A R I J A




KIRISH……………………………………………………...




I BOB:

Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani.




1.1.

Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi




1.2.

Mehrobdan chayon romanida obrazlar talqini




II BOB:

Abdulla Qodiriy ijodiy merosinining tarbiyaviy axamiyati




2.1.

Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida shaxslarning o’zaro muomala-munosabatlaridagi yuksak madaniyat talqini







UMUMIY XULOSA VA TAKLIFLAR ..............................







FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI .............







ILOVALAR ...........................................................................




Kirish
Inson ongini zabt etib, uni komil va barkamol shaxs darajasiga olib chiqadigan ilohiy bir kuch bor, bu adabiyotdur. Aynan shu kuchli qurol bizni hayotda o’z o’rnimizni egallab olishimizda yaqindan ko’mak beradigan beminnat yo’lboshchimiz hamdir. Adabiyot inson va uning kamoloti uchun xizmat qilar ekan, demak u -xalq mulki. Hech birimiz har qanday davrda, har qanday sharoitda adabiyotsiz yashay olmaymiz. Zero, inson doimo tarbiyaga, ma’rifatga va badiiy zavq olishgada muhtoj. Shunday ekan, tarbiyaviy- estetik ahamiyatga ega bo’lgan asarlar hech qachon o’z qiymatini yo’qotmaydi. Bunday durdona asarlarni yaratish uchun esa ijodkorda nihoyatda katta bilim va ko’nikma bo’lmog’i lozim. O’zbek romanchiligiga asos solib, milliy nasr uchun yangi davrni boshlab bergan, adabiyotimizni zamonaviy jahon badiiyati yuksakliklariga yaqinlashtirgan ijodkor Abdulla Qodiriyni shunday yuksak iste’dod egasi deb baralla aytishimiz mumkin. Bu noyob iste’dod sohibi XX asr o’zbek adabiyoti tarixida faxrli o’rin egallaydi. A.Qodiriy qanchalik mohir shoir, publisist, hikoyanavis va qissanavis, o’tkir hajvchi bo’lmasin, u eng avvalo tom ma’noda buyuk romannavis sifatida o’z xalqi adabiyoti tarixida alohida o’rin egallaydi.1 Abdulla Qodiriy 1909-yildan boshlab ijod bilan shug’ullana boshladi. Dastlab kichik-kichik she’rlar, maqolalar, hajviy asarlar bilan matbuotga qatnashdi. O’sha kezlarda “Ahvolimiz”, “Millatimga” singari she’rlari “Baxtsiz kuyov” pyesasi, “Juvonboz”, “Uloqda”, “Jinlar bazmi” va boshqa hikoyalarini yaratdi. U o’zining asarlari bilan barcha jadidchilar kabi xalqni ezgulikka, ilm-ma’rifatli bo’lishga chorlardi. Abdulla 1917-yildan so’ng dastlab jurnalistika sohasida faoliyat ko’rsatdi. 1923-yildan boshlab”Mushtum” jurnalida ma’sul lavozimda ishladi. Felyeton , maqola va hajviy hikoyalari bilan jurnalga faol qatnashib, birinchi o’zbek satiriy jurnalining asoschilaridan biri sifatida tanildi. 1924-yilda Moskvada V.Bryusov nomidagi Oliy Adabiyot institutida olingan tahsil qodiriy ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. U Moskvadan qaytgach, yana matbuot sohasida ishladi va o’zbek jurnalistikasining asoschilari qatoridan munosib o’rin oldi. Rus tilini mukammal bilgan yozuvchi 1927-1939-yillarda ruscha-o’zbekcha lug’at tuzish, rus tilidagi darsliklarni o’zbekchaga o’girishda faol ishtirok etgdi. A.Chexov, N.Gogol, Mark Tven, Emil Zolya, Deni Didro kabi yozuvchilarning bir qancha asarlarini tarjima qilgan.
Qodiriyning asarlari badiiy mahorat namunasidir. Uning asarlarida asosiy g’oya doimo yaqqol ifoda qilinadi, odamlar va ularning turmush tarzi “ko’z oldimizda turgandek’’ tasvir etiladi, bu asarning sujeti doimo qiziqarli, tili boy va shirali bo’ladi.2 Qodiriy asarlarini zo’r ishtiyoq bilan o’qilishining asosiy sababi ham aynan shunda, ya’ni uning xalqchil tilda sodda qilib yozilganidadir. Xar bir yaratilayotgan asar eng avvalo xalq uchun uning ma’rifati uchun xizmat qilmog’i lozim. Buni chuqur idrok etgan adibning deyarli barcha asarlari xalqni qiynayotgan muammolarga qaratilgan edi va bu muammolarni keltirib chiqaradigan asosiy sababni ilmsizlikda ko’rardi. Aynan ilmsizlik, ma’rifatsizlik nafaqat birgina insonni, balki butun boshli xalqning tannazuliga olib kelishini asarlari bilan isbotlashga harakat qilardi. Shuning uchun ham, uning asarlari har qanday davrda bo’lmasin, o’zining chin muxlislarini topa oladi. Qisqasi, Qodiriy xalq dardini kuylagan mohir so’z ustasi, adabiyot deb atalmish gulzorda o’zining xushbo’y gullarini eka olgan bog’bon, so’zlarni bir-biriga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan terib, undan nafis dur yasay olgan zargardir!

Yüklə 50,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin