Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon"


II-Bob. Abdulla Qodiriy ijodiy merosinining tarbiyaviy axamiyati



Yüklə 50,97 Kb.
səhifə4/5
tarix07.05.2023
ölçüsü50,97 Kb.
#109123
1   2   3   4   5
Abdulla Qodiriy ijodiy merosinining tarbiyaviy axamiyati

II-Bob. Abdulla Qodiriy ijodiy merosinining tarbiyaviy axamiyati
2.1. Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida shaxslarning o’zaro muomala-munosabatlaridagi yuksak madaniyat talqini

Barchamizga ma’lumki, ijodkor o’zining “O’tkan kunlar” asari bilan o’zbek romanchiligiga salmoqli hissa qo’shdi va romanchilikka asos soldi. Milliy ruhni to’laqonli aks ettirish va uni saqlab qolishda boshqa biror bir vosita badiiy adabiyotga tenglasha olmaydi. Buni chuqur anglab yetgan adib “O’tkan kunlar” romanida mana shu milliy ruh nafasini singdirdi. Va aynan shu milliy ruh asar qahramonlarining taqdirlarida ham o’z ifodasini topdi. Davlatimiz rahbari ham adabiyot haqida gapirar ekan milliy adabiyot, avallo milliy ruhni aks ettirmog’i lozimligini bot-bot o’z nutuqlarida takrorlab keladilar. Hozirgi davr adabiblaridan ham o’zi yaratayotgan asarlarida milliy ruh nafasini har bir qahramonlar timsoli va taqdirlarida namoyon qilishlari lozimligini, milliy ruhini saqlab qolgan millat esa abadiy yashashini alohida ta’kidlaydilar.


Har bir ishiga sitqidildan yondashadigan, talabchan adib barchaga birdek qadrli bo’lgan asar yaratish uchun, puxta tayyorgarlik ko’rish kerak degan g’oyani ilgari surdi va 1917-1918-yillardan boshlab “O’tkan kunlar” romani uchun material yig’ishga kirishdi. Yozuvchi xalqning hayoti, ahvoli, ruhiyatini yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. Adib romanni 1919-yildan yoza boshladi. 1922-yil “Inqilob” jurnalida romanning dastlabki parchalari chop etildi 1925-yil II-bo’lim, 1926-yilda III-bobi nashr etildi. 1938-yilda esa qadrdon va qadrli bo’lgan asarimiz ilk bora Boku shahrida dunyo yuzini ko’rdi.
Adib o’z asari haqida: “Yozmoqg’a niyatlanganim ushbu – “O’tkan kunlar”, yangi zamon ro’monchiligi bilan tanishish yo’lida kichkina bir tajriba, yana to’g’risi bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi – ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydonga chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kecha turgan qusur va xatolardan chochib turmadim Moziyg'a qaytib ish ko’rish xayrlik deydilar. Shunga ko’ra mavzuni moziydan, yaqin o’tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlarida bo’lg’an keyingi “xon zamonlari” dan belguladim”6 , - deydi.
Xon zamonlari va mustabid shurolar hukmronligi davrida xalq butunlay qoloq va achinarli ahvolga kelib qolgan edi. Buni teran anlagan buyuk ma’rifatparvar adiblarimiz o’z harakatlari va yozgan asarlari bilan mudrab yotgan xalqni uyg’otishga da’vat etar ekanlar, ularni mavjud mustabid tuzum amaldorlari tomonidan vatan xoini, xalq dushmani degan tamg’a bilan Sibrga va mehnat tuzatish lagerlariga yuborilganligini Xamza, Behbudiy, Fitrat kabi buyuk adiblarimizning asarlarini o’qib, ularning hayot yo’llarini o’rganish davomida chuqur anglab yetayapmiz. Qodiriyning “O’tkan kunlar” asari ham aynan ilmga va ma’rifatga chorlovchi asar bo’lganligi uchun shunday ta’ziqlar ostida qoldi. Ya’ni, asar dastlab chop etilganda uni kamsitish va buzib talqin etish hollariga yo’l qo’yildi. M.Sheverdin asar haqida qarashlarini: “Roman avvalo aholining quyi sinf tabaqasi to’g’risida tasavvur bermaydi. Romanni o’qir ekanmiz,o’sha vaqtlarda mehnatkashlarning qanday kun kechirganlari, ularning ahvoli, mafaatlari haqida biror xulosa chiqaraolmaymiz. Aksincha Qo’qon xonligining barcha fuqarolari savdogar bo’lgan va badavlat yashagan, deb o’ylash mumkin” –desa, tanqidchi Sotti Husayn “O’tkan kunlar” haqida yozgan maqolalarida A.Qodiriyni novatorligini7 payqamay, uni arab yozuvchisi Jo’rji Zaydonning taqlidchisi deb asossiz ravishda ayblaydi. Professor Sobir Mirvaliyev esa adib ijodini puxta o’rganib, xaqiqatdan ham Qodiriy Jo’rji Zaydonni o’zining ustozi deb bilganini alohida ta’kidlab o’tadi ammo u: “ A.Qodiriy iste’dodi, mahorati va tasvirlash uslubi jihatidan ustozidan anch yuqorida edi. Agar J.Zaydon tarixni tavsif etish yo’lidan borsa, A.Qodiriy uni tasvirlash, ko’rsatish yo’lidan bordi. U J.Zaydon kabi tarixchi-xronikachi emas,yozuvchi-san’atkor sifatida maydonga chiqdi. Bu yozuvchining novatorligi edi. Buning ustiga jo’rji zaydon romanlari qahramonlari o’z tili muallifnutqida bir ovozda harakterga keltirsa, Abdulla Qodiriy romanida realistik epik nasrga xos ko’p ovozlik ustivorlik qiladi”,- deydi.8
1968-yilda Germaniyaning Berlin shahrida “O’tkan kunlar’’ romani “Toshkentlik sevishganlar” nomi bilan nemis tilida nashr etilgan o’zbekning shoh asarida obrazlari orqali taqdir mavzusi juda chiroyli yoritilgan. Aynan bosh qaxramonlarning emas, balki epizoddagi har bir obrazlar ularning hayot yo’llari va taqdirlari nihoyatta chiroyli va ishonarli qilib tasvirlab berilgan. Bunga biz asarni o’qish jarayonida amin bo’lamiz. Yana bu roman shunisi bilin ham ahamiyatliki, asarda milly tarovat ufurib turadi. Bu xususiyat obrazlarning ichki va tashqi qiyofasida ham, peyzaj va sujet tasvirida ham yaqqol ko’rinadi. Romanda ifodalangan milliy tarovat asar ta’sirligini kichaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, kitobxonga xalqimizning urf – odatlari, rasm – rusumlari, mehmon kutish, to’y qilish kabi marosimlariga oid juda ko’p qiziqarli ma’lumotlar beradi
Esimni tanibmanki, har doim Kumushning guzal xislatlarini qizlarga o’rnak qilib kelinadi.Agar kimning uyida qiz farzand dunyoga kelsa unga albatta Kumushbibi erkalatib Kumushoy deb ism qo’yishadi. Bu ham bo’lsa Kumushga bo’lgan cheksiz muhabbatdan nishonadir. Ammo meni bir narsa doimo qiynaydi nega hech birimiz Zaynabga havas qilmaymiz? Zaynabni Kumushning achchiq qismatida birinchi galdagi aybdor shaxs sifatida bilamiz-u, lekin hech o’ylab ko’rganmizmi aslida “ achchiq qismat” kimning taqdiri? Zaynabning emasmi!? Aslida u emasmi jabirdiyda!?
“O’tkan kunlar” shunday sehrli asarki, uni har o’qiganimizda xulosalarimiz o’zgarib boradi. Masalan, maktab yoshidagi bolalar o’qisa bolalarcha tushunadi, uni sal ulg’ayib o’z shaxsiy fikriga ega bo’lganda o’qisa ya’ni, kasb- hunar kollej, akademik litsey va oliy uquv yurtlari talabalari yoshiga yetganda yana bir marotaba mutolaaga kirishishsa, asar va uning qahramonlari haqidagi qarashlari butunlay bo’lmasada, qisman o’garadi. Mening o’zimda ham shunday holat yuz bergan. Maktabda o’qib yurga kezlarimda ko’pgina tengqurlarim qatori Kumushni sevib, Zaynabni mutloq qoralaganman. Kumushning yosh umri uvol bo’lishiga, uning taqdiri shu yusunda zavol topishida faqat va faqat Zaynabni aybdor deb bilganman. O’sha kezlarda mening bu fikrimni xech narsa, xech qachon o’zgartira olmasdi. Biroq yaqinda o’qib, Zaynabni ham tushunish kerak, Kumushning o’limida faqatgina u aybdor emas, bunda tantiq qizning o’zi va majnun oshiq Otabek ham qaysidir ma’noda sababchidir degan xulosaga keldim va meni qiynayotgan savollarga o’zimcha javob topgandek bo’ldim. Yo’q, o’zi aslida kimnidir qoralab, kimnidir yoqlay olmaymiz chunki bu- taqdir. Taqdirni esa biz emas, uni eng qudratli zot- Olloh belgilaydi. Ammo shunday bo’lsada, uni qay yo’lga burilishida qaysidir ma’noda o’zimiz sababchi bo’lamizda, keyin taqdirim shu ekan deb, ko’nib qo’ya qolamiz. Aslida taqdirimizdagi salbiy o’zgarishlarga sabab, o’zimizning oxirini o’ylamasdan qilgan xatti-harakatlarimizdir.
Qur’oni karimda yozilishicha inson ona qornida uch oylik bo’lganida unga yaratgan tomonidan taqdiri, hayot yo’li ayon qilinib, undan so’ng shu taqdirga rozi yoki rozimasligi so’ralar ekan. Agar o’sha go’dak o’z taqdiriga rozi bo’lsagina, bu yorug’ olam yuzuni ko’radi, aksincha bo’lsa… Balki shuning uchun ham taqdiri azal deyilar… Nima bo’lganda ham bu yorug’ olamda yashayapmizmi, demak bizning taqdirimiz kimlarningdir hayot yo’lidan yaxshiroq…
“…atlas ko’rpa, par yostiq quchog’ida sovuqdan erinibmi va boshqa bir sababdanmi uyg’oq yotgan bir qizni ko’ramiz. Uning zulfi par yostiqning turlik tomonig’a tartibsiz suratda to’zg’ib, quyuq jinggila kiprik ostidag’i timqora ko’zlari bir nuqtag’a tikilgan-da, nimadir bir narsani ko’rgan kabi… qop-qora kamon, o’tib ketkan nafis, qiyig’ qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho’chigan kabi… to’lg’an oydek g’uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg’a aylangan-da, kimdandir uyalg’an kabi…”9 Ta’rifni oxiriga yetkazmasdanoq gap kim xaqida borayotganini anglab olish xech kim uchun qiyinchilik tug’dirmaydi. Bu qiz, suratdagi malak barchamizga yaxshi tanish bo’lgan Kumushbibi. Uni Olloh Mirzakarm qutudordek oqil,Oftoboyimdek keng mulohazali dono ayolning farzandi bo’lish baxti bilan siylagan. Ota-onasining yakka-yu-yagonasi ko’zlarining oq-u qorasi bo’lgan bizning malak Kumush bilimli, oqila, farosatli va go’zal xulqli qiz bo’lib voyaga yetdi. 18yoshga to’lmasidanoq ostonasini qoqip keladigan sovchilarning adog’i bo’lmas, ammo Kumushga bu keladurg’on sovchilardan birortasi ham maqul kelmas edi. U o’z taqdiri boshqa bir inson bilan bog’liqligini yurakdan his etardi. Hislari unga hiyonat qilmadi. Kumush Toshkandning mashhur a’yonlaridan bo’lgan Yusufbek hojining aqlli, kelishgan ilmli o’g’li – Otabekning, u esa Kumushning taqdiriga aylandi. U go’zalligi bilan bir qatorda biroz xiylakor va makkora edi. Biz buni uning Toshkentga kelganida, Marg’ilonga onasiga yozgan maktubidan bilishimiz mumkin. Uning maktubda quyidagi so’zlar bitilgan edi: “ Zaynab bilan uyatsizcha ko’p olishdiq, bu it- mushuklikdan biz zerimasak-da, kuyavingizning jonidan to’ydirayozdiq. Mundan bir muncha ilgari biz ikki kundashning yuzimizga: “Agar shu holda davom eta bersalaring ikkavlaringa ham barobar javob berib qutilaman!” dedi. Uning bu tahdidi ikkimizga emas, balki bittamizgagina xos edi. Men bu tahdiddan albatta qo’rqmadim , ammo “Zaynab tushunib qolmasa yaxshi edi” deb qo’rqdim…” Kumush o’ziga, Otabekni muhabbatiga juda qattiq ishonardi. Bir so’z bilan aytganda,juda qisqa vaqt ichida Kumush Yusufbek Hoji xonadoninning erka va sevimli keliniga aylandi. Bu esa uning o’ziga bo’lgan ishonchini yanada oshirardi. Qaynonasi O’zbek oyim uchun toki Marg’ilonliq kelin kelgunga qadar Zaynabdan-da suyukli kelini yo’q edi. Ammo Kumush kelgach O’zbek oyimning muhabbati unga ko’chdi va Zaynab yana chetda qoldi.
Zaynab Kumushdek dilrabo bo’lmasada kuxlikkina qiz. Kumushdan bir yoshga kichik. Shuning uchunmi, yoki o’sib ulg’aygan muhiti sababmi Kumushdek serfikr emas. Uncha - muncha narsalarni fikirlashga aqli yetmaydi-yu, lekin bolalarcha beg’ubor, ko’ngli toza qiz. U bilan Kumushning o’xshashligi, bu - ularning taqdirlari bir kishi bilan bog’liqligidadir. Ya’ni ikkisi ham bir kishining yodi birla yashaydi. Kumushning umri juda qisqa bo’ldi. Ammo mana shu qisqa hayotida u muhabbat deb atalmish eng oliy tuyg’uni nima ekanligini bildi. Taqdir uni Jannat rayhoni bo’lmish farzandek buyuk ne’mat bilan siyladi. Turmushida vafoli yor, qaynona - qaynotasining sevimli kelini bo’lish nazarimda har bir qizning eng katta orzusi bo’lsa kerak. Kumush mana shunday baxtga ega bo’lgan tolei baland O’zbek qizining timsoli edi! Demak u bekorga yashamagan. Zero, inson hayoti qancha yashagani bilan emas, balki qanday yashagani bilan o’lchanadi.
Zaynab esa bunday baxtni mingdan birini bo’lsada, his qila olmadi. U na eri tomonidan, va na qaynona - qaynotasi tomonidan sevildi. Otabek Kumushninng ko’zlari qizarinqirab kipriklari namlangancha, Zaynabga uylanishiga moyillik bildirayotganda oshiq yigit ma’shuqasi kunglidan o’tayotgan hislarni anglab yetmog’i va Toshkentning oldi qizlaridan bo’lgan Zaynabbegimning ham hayotiga zomin bo’lmasligi kerak edi. Aynan mana shu Otabek tomonidan Zaynabga nisbatan qilingan nohaqlik uning alamzada bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Ammo u qanchalar alamzada bo’lmasin opasi Xushro’ychalik zolim, u kabi yovuz emas. Shu o’rinda bu ikki opa-singilning taqdir yo’llariga bir nazar tashlasak. Xushro’y ichi qoralik va shumlikning, battollik va yomonlik, o’jarlik va xudbinlikning timsoli bo’lib gavdalanadi. U yaxshilik, do’stlik, qarindoshlik kabi insoniy munosabatlarni aslo tan olmaydi. Buni biz uning: “Men yig’lashni bilmayman! Kishilar yig’laganda kulgim qistaydi… Dushman o’zi nima degan so’z? Men senga boya ham aytdim: kishini dunyoda do’sti yo’q, magar nafsiga o’zi do’st; kishini dunyoda dushmani yo’q magar nafsiga o’zi dushman! Masalan, sen o’zing otanga, onanga do’stim deb ishonding. Ammo ulardan nima yaxshilik ko’rding?” degan zaharxanda so’zlaridan ham bilishimiz mumkin. Uning turmush qurganiga (agar uning turmushini, turmush deb bo’lsa) 6 – 7 yil bo’lsada faransiz edi. Xalqimizda nimani xor qilsang o’shanga bo’lasan zor degan ibratli so’z bor. Bu naqil Xushro’y taqdirida o’z isbotini topdi desam noto’g’ri bo’lmas. Ya’ni, bu zolim xotin turmushining ilk kunlaridayoq kundoshini va uning norasida farzandini yuzsizlarcha ko’chaga quvdi va shuning uchun hayot uni befarzandlik taqdiri bilan “siyladi”. Xayratlanarlisi, bu ikki opa-singilning qaysidir ma’noda taqdirlari bir-biriga o’xshash. Ikkisi ham ikkinchi xotin, xar ikkalasi ham chin muhabbat baxtini bilmay o’tkan baxtiqaro ayol. Sof muhabbat, beg’ubor sevgi dunyodagi jamiki narsalardanda aziz va mo’tabardir. Aytishlaricha, Olloh o’zining eng sevgan bandalarigagina chin muhabbat baxtini berar ekan. Shunday ekan, Xushro’y bunday baxtga shak-shubhasiz noloyiq. Ammo Zaynab baxt nashidasini surushga, yorim deb bir yostiqqa bosh qo’ygan kishisi (Otabek) bilan shirin hayot kechirishiriga to’la xaqli edi. U hech narsa qilmadi, faqatgina taqdiri qo’lida nobud bo’ldi.
Tirik, ammo yaqinlar uchun o’likdek bo’lish , shu musaffo osmon ostida, kurrai zamin ustida borligingni his etmasalar, garchand bir uyda o’z yoring, o’z qadrdonlaring birla yashasangda ammo, buni ular “payqamasalar” bundanda og’irroq, bundanda yomonroq jazo yuqdur dunyoda! Bu jazoga o’z padaring va volidang tomonidan ro’baro qilinsang, mana bundanda achchiqroq qismat bo’lmas jahonda!
Ota - ona niyat bilan bilan farzand o’stiradi. Bu inkor etib bo’lmas haqiqatdir. Ammo bu - jannat rayhoni bo’lmish farzandni o’z orzu- havaslari, yo’lida qurbon qilish huquqini berarmikan!? Yuqorida ham aytib o’tdim, aslida, har birimizning taqdirimiz tug’ulmasimizdanoq yaratgan tomonidan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Biroq, undagi o’zgarishlarga o’zimiz, ba’zan esa, eng yaqin qadrdonlarimiz tomonidan oxiri o’ylamay qilingan xatti - harakatlar sabab bo’ladi. Biz bu so’zimizning isbotini Zaynabning ayanchli yakun topgan taqdirida ham ko’rishimiz mumkin. U ham o’z padari tomonidan yonayotgan olov ichiga otildi. Ya’ni, o’z manfaatini o’ylab, soxta obro’ qozonish maqsadida, sho’rlik Zaynabdan bir vosita sifatida foydalandi. Uni qanchalik boylikni va martabani sevuvchi shaxs ekanligini qizi Xushro’yning taqdiri hal bo’layotgan paytda yaqqol anglab olish mumkin. Qodiriyning mahoratini mana shu o’rinda aytib o’tishni joiz deb bilaman: “….Xushro’y munga qolganda quloq qoqmaydir. Bu roziliqni eshitib otasi va og’asi juda so’yinishardi. Zero Nusratbek beklar ichida obro’likroq kishining o’g’li va hozirgi tutib turg’an ishi ham ancha donlig’lik bo’ladir”10 u ortiqcha bu ota haqida to’xtalib o’tirmadi, birgina shu so’z bilan butun boshli obrazga yuklangan ma’noni ochib berdi. Xushro’y o’z xohishi bilan Nusratbekka turmushga chiqadi ikkinchi xotin bo’lishni uning o’zi tanladi. Chunki u bilan ayniqsa, bu masalada kengashmasdan biror qaror qabul qilib bo’lmasdi. Demak, uning o’zi tanladi shunday hayot yo’lini. Ammo xech kim Zaynabdan rozi-rizoligini so’ramasdan, taqdirini hal qilishindi. Sababi, uning fikri uyda hech qachon hech kimni qiziqtirmagan. Hamma e’tibor Xushro’yda bo’lib, Zaynabning ham o’sha uyda yashashi ba’zan eslaridan ham chiqib qolardi. Padari uyida e’tiborsiz bo’lgan bechora Zaynab eri uyida ham yo’qdek edi go’yo. Balki bu uning qismatida bitilgandir: yolg’iz dunyoga kelish, yolg’izlikda yashab,yolg’iz vafot etish… Bu qanday hayotki, uni butun umr yolg’izlikka mahkum etsa!?
Mirzakarim qutidor va Yusufbek Hoji fe’l - atvori jihati bilan Zaynabning padaridan butkul farq qilardi. Ya’ni, ular hech qachon boylik va obro’ - e’tibor ketidan quvib, o’z farzandlarini qurbon qilmaganidadir. Qutidor dastlab Otabekni Ziyo shohchining uyidagi majlisda ko’rganda uning fahm – farosatiga, serfikirliligiga va zehniga tahsinlar o’qib, uni tarbiyalagan otasi Yusufbek Hoji va onasi O’zbek oyimlarga tashakkurlar aytdi. Shu o’rinda ularning taqdirlaridagi o’xshashlik va farqli jihatlarga e’tibor qaratsak. Har ikkalasi ham keng mulohazali, bir so’zli eng e’tiborlisi bu ikki otaning ham peshonasida bir farzandlilik bitilganligi bilan bir – biriga yaqindir. Asarda mag’rur va biroz qo’rs bo’lib O’zbek oyim gavdalansa, erga itoatkor, og’ir – bosiq, mulohazali ayol Oftob oyim gavdalanadi. Asar haqida gapirar ekanmiz, undagi qabohot, yovuzlik timsollari bo’lmish Homid, Sodiq va Jannat kampirlar obrazlariga, ularning taqdir yo’llariga alohida to’xtalib o’tmasak bo’lmas. Negaki, shu qahramonlar qaysidir ma’noda asarni yanada o’qishli bo’lishini ta’minlagan desak mubolag’a bo’lmas. Homidning qanchalar xudbin ekanligini, Otabekka qarat aytgan “ Qamchingdan qon tomsa, yuz xotin orasida ham rohatlanib tiriklik qila olasan. Men bu kungacha ikki xotin o’rtasida turib janjalga to’yganim yo’q, ammo xotinni uchta qilishga ham o’yim yo’q emas” so’zlaridan ham bilishimiz mumkin. Ana shu iflos “yo’riq” bo’yicha ish tutadigan Homidning navbatdagi nishoni – Kumush. Uni bu chirkin niyatidan nomahram, birovning haloli kabi muqaddas tushunchalar ham qaytara olmaydi. Shuning uchun uni romanning boshqa qahramonlari ham yomon ko’radi. Uning taqdiri o’zi kabi chirkin, yovuz niyatli Sodiqning taqdiri bilan chanbarchas bog’liq va shu sababli ham ularnig hayotiga bir vaqtda aynan birxil sharoitda nuqta qo’yildi. U xar qanday ifloslikdan qaytmaydigan insofsiz, iymonni ro’kach qiladi-yu, aslida o’zi bu tuyg’udan ancha yiroq bo’lgan, xudoning qaxriga uchragan bir mavjudotdir.
Aytishlaricha inson qalbi qanchalar pok bo’lsa, bu albatta uning tashqi qiyofasida ham namoyon bo’lar ekan. Shuning uchun ham bo’lsa kerak, buvijonlarimiz agar guzal bo’lishni xohlasang eng avvalo ichki olamingni toza qil shundagina, sen guzal va xurliqo malakka aylanasan deyishar ekan. Xaqiqtdan ham, agar qalbda yovuzlik in qurub olgan bo’lsa, bu albatta o’sha insonning tashqi qiyofasida, xatti- xarakatlarida va xatto o’zini tutushida ham nomoyon bo’ladi. Romandagi Jannat kampir obrazi aynan shunday yovuzlikni o’ziga kasb qilib olgan va shuning ortidan nafsini to’ydiradigan jirkanchli maxluq qiyofalanadi. Uning yuzi shunchalar qurqinchli-ki, xattoki tushungizga ko’sangiz ham bu turqi sovuning turqidan xushungizni yo’qotasiz. Yozuvchi bu personajlari orqali, hayot bir tekisda emasligiga va aynan tekislikni buzadigan odam qiyofasidagi maxluqlarning borligiga va shu kabi yovuzlar o’zgalarning tinch turmushini buzishga harakat qilishlari mumkinligiga ishora qilgandek go’yo. Qisqasi ushbu roman asrlar mobaynida eskirmaydigan mavzularni kuylagani uchun ham qadrli va shuning uchun ham qimmatlidir.


Xulosa
Qodiriyning ushbu romani nafaqat ishqni, balki mustabid shurolar hukumronligi davridagi xalqning og’ir turmush – tarzini kuylagan o’lmas, durdona asardir!
Ushbu romanni o’qir ekanman, o’sha davr o’sha muhitda tushub qolgandek his qildim o’zimni. Bu ham bo’lsa muallifning iqtioridan bir nishonadir. Chunki, barcha uchun birdek aziz bo’lgan asar yaratish ijodkordan nihoyatta katta bilim va ko’nikmani talab qilishini biz yosh qalamkashlar juda yaxshi bilamiz. Shunday katta salohiyat sohibi bo’lgan Qodiriyga esa shu o’rinda tasannolar aytging keladi kishi.
Hozirda birortamizning honadonimiz yo’qki, Qodiriyning asarlari bo’lmasa va uning ijodidan xech bo’lmaganda bitta asar mutolaa qilmagan odam bo’lmasa kerak nazarimda. Agar shundaylarga ko’zim tushsa to’g’risi ularga rahmim keladi. Chunki uning xar bir asarida insoniylik, ilm - ma’rifatlilik, shu bilan birga qalbdagi eng ezgu hislar ya’ni muhabbat tuyg’usi ulug’lanadi. Axir insonni bezab turuvchi, uni ongsiz mavjudotlardan ajratib tom ma’noda inson qilib turuvchi asosiy me’zonlar ham shu emasmi aslida!?
Hayot deb atalmish eng chuqur daryoda suzar ekanmiz, bizning taqdirimizda nimalar bitilganiga va shu bitilgan taqdir bizlarni qay ko’chalarda sarson –u – sargardon qilishini bilmaymiz. Agar asar qahramonlari achinarli yakun topgan taqdir egasi Zaynab, go’zallik timsoli bo’lib gavdalangan Kumush va ikki o’t ichida ezilgan Otabeklar ham taqdirlari shu yusunda zavol topishini agar oldindan bilganlarida edi, baliki shunchalar dil xiraliklar bo’lmasmidi.
Biz qanchalik taqdirimizni oldindan bilishga xarakat qilmaylik, buning sira iloji yo’q. Agarda buning ilojisi bo’lganda eng avvalo O’zbek oyim o’g’li Otabekni ikkinchi marta ya’ni o’zining orzu – havasi uchun uylanib, birovning jondan aziz farzandlariga ularning taqdirlari ayanchli yakun topishiga also yo’l qo’magan bo’lardi. Agrda Toshkentda qizini shunday shumliklar kutayotganini Oftob oyim va Mirzakarim qutudorlar bilganida also uni o’z oldlaridan bir qadam ham olisga yubormagan bo’lur edilar. Zaynabning otasi martaba va boylikni qanchalar sevmasin agarda jigar go’shasini Yusufbek Hoji uyida falokat kutayotganini oldondan bilganida xech qachon uni bu honadonga yo’liqtirmas edi. Ammo na iloj, bu taqdir uning oldida esa barchamiz bosh egib taslim bo’lishdan-da boshqa ilojimiz ham yo’q. Chunki, bu taqdir. Uni esa eng oliy zot yaratgan belgilaydi. Men bu asarni o’qib bunga yana bir karra amin bo’ldim.


Yüklə 50,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin