Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon"


I Bob. Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani



Yüklə 50,97 Kb.
səhifə2/5
tarix07.05.2023
ölçüsü50,97 Kb.
#109123
1   2   3   4   5
Abdulla Qodiriy ijodiy merosinining tarbiyaviy axamiyati

I Bob. Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani.
1.1. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi
O’zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri A.Qodiriy 1894- yil 10-aprelida Toshkent shahrida tug’ilaadi.
,,Har holda bemovridroq bo’lsa kerak, kambag’al, bog’bonlik bilan kun kechirguvchi bir oilada… tug’ilg’anman”-deydi. U o’z tarjimai holida, - Yoshim to’qqiz-o’nlarga borgandan so’ng meni maktabga yubordilar. Maktabda ikki-uch yil chamasi eski usulda o’qib, keyingi vaxtlarda oilamizning nihoyatda qashshoq kun kechirgani vajhidan o’n ikki yoshimda meni bir boyga xizmatchilikka berdilar. Xo’jaynim o’zi bir savdogar kishi bo’lib, o’zicha yozuv- chizuv bilaturg’on odang’a muhtoj edi.
Shu ta’ma bo’lsa kerak, meni o’ris maktabga yubordi… 1912-yilda maktab bialn savdo qiluvchi, bir kishig’a yilig’a 50 so’m barobariga prikarchik bo’lib kirdim… Shu miyonalardan biror vosita bilan tatarlardan chiqadurg’on gazetalarni o’qub, dunyoda gazeta borlig’iga imon keltirdim.
1913-yilda o’zbekcha ,,Sadoi Turkiston”, ,,Samarqand”, ,,Oina” gazetalari chiqa boshlag’ach, menga shularga gap yozib turish fikri uyg’ondi…1913- yilda chiqqan ,,Padarkush” ta’sirida ,,Baxtsiz kuyov” degan teatr kitobini yozib yuborganimni o’zim ham payqamay qoldim (1915). Yana shu yilda teatrlarda chiqib turg’on hikoya va romanlarga taqlidan ,,Javonbor” otliq hikoyachini yozib, nashr topmog’onidan, o’zim nashr qilib yubordim. Nikolay taxtdan yiqilg’andan keyin oddiy xalq militsiyasiga ko’ngilli bo’lib yozildim…
1918-yil boshlarida eski shahar oriq komiteti boylar qo’lidan olinib, komitetning raisligiga o’rtoq Sultonxo’ja Qosimxo’jayev tayin qiling’an edi. Va men o’zbekcha sarkotiblig’iga kirdim.1919-yilning avvallarida oriq komitetinin ismidan chiqarlimoqchi bo’lgan “Oziq ishlari” gazetasiga muharrir bo’lib tayinlandim… shu kungacha sho’ro idoralarida qilg’on xizmatlarimni birma-bir sanab o’tirishim uzoqqa cho’ziladurg’on bo’lg’anlikdan, muyndan keyin muassasa ismlarinigina atash bilan kifoyalanaman: “Rosto” devoriy gaztasiga muxbir ищэдшиб to 1924 yilgacha mehnatkashlar manfaatiga xolis ishlab keldim. Shu o’tgan yeti yil orasida Sho’rolar hukumati va firqadan bir og’iz tanbeh olmadim. Shu orada “Mushtum” jurnalining muallifi va tahririyat a’zosi bo’lib, “Ishtirokiyun”, “qizil bayroq”gazetalarida satrudnuk… bo’lib ishladim. Xulosa boshqalarning xizmat daftari bilan sobit bo’lsa, menim xizmatlarim matbuot bilan ravsjandir… Ishchi dehqonlar yolg’on asarlarimni suyunib o’qiydilar va meni yozuvchilar qatoriga kirgazdilar va meni hamon o’qirlar va unutmaslar…”
Bo’lg’usi adibning ilk ijodi 1913-1914 yillada boshlangan bo’lib, dastlab u shoir sifatida qalam tebratadi. Uning “Ahvolimiz” , “Millatimga”, “To’y” (1914-1915) “oyna” jurnalida bosilib chiqilgan edi. O’z millatini ma’rifatga chiqaradi. Ma’rifatparvar shoir va adib sifatida maydonga chiqadi. Uning “baxtsiz kuyov” (1915) nomli fojiasi, “Juvonboz” (1915), “Uloqda” (1916) kabi hikoyalarida ham o’z xalqini savodli, bilimli madabiyatli va ozod ko’rish istagi sezilib turadi.
1914-yil A.Qodiriy Moskvaga borib Jurnalistlar institutida tahsil oladi. Moskvadan qaytin “Mushtum” jurnalida shtatsiz muxbir bo’lib ishlay boshlaydi. Uning “Toshpo’lat tajang nima deydi” va “Kalvak mahzumning xotira daftaridan” turkumidagi bsatirik hikoyalari ana shu jurnalda ilk bor bosila boradi.
Abdulla Qodiriy 1917-1918 yillardan boshlab «Mehroban chayon” romani uchun material yig’ishga kirishadi. 1922 yilda birinchi o’zbek romanining dastlabki boblari “Inqilob” jurnalida chop etila boshladi. 1925-1926-yillarda «Mehroban chayon” uch bo’lim holida лшещи ищэдши nashr etildi.
1928-yilda ikkinchi tarixiy roman “Mehrobdan chayon” nashrdan chiqdi.
1934-yilga kelib Abdulla Qodiriy qishloq xo’jaligi mavzusiga bag’ishlangan “Obid ketmon” qissasini yaratdi. Undan tashqari u Gogolning “Uylanish”, Chexovning “Olchazor” va boshqa g’arb yozuvchilarining satirik hikoyalarini o’zbek tiliga tarjima qildi.
Abdulla Qodiriy 1934 yilda bo’lib o’tan Moskvadagi Butunittifoq yozuvchilarining birinchi quruloyida qatnashdi. U “Amir Umarxoning kanizagi”, “Nomoz o’g’ri”, “Dahshat” kabi romanlar yaratish orzusida bo’lgani ham ma’lum. Ammo bevaqt orzulari ro’yobga chiqishiga imkon bermadi.
Abdulla Qodiriy 1937-yilning 31-dekabrida qamoqqa olinadi. “menga qo’yilgan ayblarni boshdan oyoq rad etaman. Haqiqat yo’lida hech qanday jazodan, qiynoqdan qo’rqmayman. Agar otmoqchi bo’lsalar, ko’kragimni berib turaman…” Abdulla Qodiriy 1938-yilning 4 щленфик kunida Toshkentda otiladi. Uning asarlari XX asrdan so’ng, 1956 yildan boshlab yangidan тфырк etila boshladi. 1990-yilda Respublika prezidenti farmoni bilan A.Qodiriy nomidagi Respublika davlat mukofoti tasis etildi. 1991-yilda esa A.Qodiriyga Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi.
Hozirgi kunda esa bir qator ko’chalar, bog’lar, maktablar, kutubxona, mahalla va oily bilimgohlarda eng bilimdon talabalarga Abdulla Qodiriy nomidagi nafaqa beriladi. Uning yuz yillik tavalludi (1994) ga yeti jildlik to’la asarlari тфырк etildi3.
O’zbek adabiyoti XX asrda ko’pgina yangi realistic adabiyot namunalari, yangi janrlar bilan boyidi. Shular orasida eng muhimi o’zbek romannavislik maktabinig paydo bo’lishi va kamol topishidir. O’zbek romanchiligi Abdulla Qodiriy romanlari bilan birga tug’ildi. “O’tkab kunlar” ilk bor e’lon qilinganidan keyin yuzlab romanlar paydo bo’ldi. Lekin, baribir, Abdulla Qodiriy asarlari o’zbek romannavisligi tarixida sira eskirmaydigan mangu kitoblar bo’lib qoldi.
Shubhasiz, Abdulla Qodiriy ijodini o’rganishda o’zbek adabiyotshunoslari bayrodor bo’ldilar. Ular rasmiy siyosatning taqibiga qaramay, ulug’ adib ijodiga nisbatan xolisona munosabatda bo’lishga urindilar. Qodiriy ustidan “lanat tamg’asi”ning olinishi bilan esa talaygina dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar, risolalar paydo bo’ldi. Ular Abdulla Qodiriy romanlarining o’zbek nasri taraqqiyotida tutgan o’rni, adib mahorati teran tadqiq etildi va etilmoqda.
Abdulla Qodiriy eng avvalo, milli adib sifatida o’zbek milliy romannavislik maktabining asoschisi sifatida tarixga kirdi.
“Xalqchilik, - deb yozgan edi. V.G.Belinskiy, – davrimiz estetikasining ibtidosi va intihosidir… Shoir sazovor bo’lishi mukin bo’lgan ens oily maqtov “xalqchil” degan sehrli sifatlashda ищэдшиб romandoshlar yoxud avlodlar uni shunday baland unvon bilangina izza qilishlari mumkin. Xalqchil doston, xalqchil asar ifodasi endilikda ijobiy, ajoyibm buyuk, boqiy asar so’zlari o’rnida qo’llanadi”4.
V.G.belinskiy bu fikrga “xalqchilik” so’zi milliylik ma’nosida ishlatilganligi yaqqol ko’rinib turibdi.
Abdulla Qodiriyning “Mehroban chayon” asarida milliy mazmun bilan milliy shakl millatning yozuvchilik istedodi tufayli o’zaro birlashib, tutashib, yaxlit bir hodisani vujudga keltiradi. Bu yaxlitlik esa, ushbu zaminning milliy asari sifatidagi yutug’ini ta’minlaydi.
Abdulla Qodiriyning romanlari milliy o’ziga xosligini ta’minlashga qaratilgan badiiy mahorati keyinchalik Oybek, G’afur G’ulom, Mirkarim Osim, Said Ahmad, Odil Yoqubov, P.Qodirov, O’.Hoshimov, X.Sultonov, T.Mutod singari yozuvchilar uchun badiiy maktab vazifasini o’tadi. Sovet hokimiyati yillarida milli yadabiyotlarni sotsiolistik realism metodi mezonlari asosida baynalminalashtirish siyosati yurgizilganligiga qaramay, o’zbek adabiyotining milliy madaniy sohasi sifatida rivojlanishda davom etagining sirlaridan biri ham xussi shundadir.
5 «Mehroban chayon” romanining sokin epik tasviri milliy tariximizning qator yirik voqea va hodisalarini hayotiy dalilar, maishiy va psixologik tavsilotlar asosida o’z ichiga qamrab oladi va ularga o’zbek xalq hayotining keng manzarasi, uning o’ziga xos xarakteri madaniyati, rasm-rusumlari, urf-odatlari aks etadi.
Abdulla Qodiriyning xalq hayoti chuqur bo’lishi xarakteridagi milliy xarakter yaratishda xalq tili va og’zaki ijodi chashmasidan samarali foydalanishi yozuvchining teran ruhiy tasvir madaniyati, asar tilining obrazligi va milliyligiga erishish “Mehrobdan chayon” romanining milliy nafosatini taminlagan muhim omillardandir.
«Mehroban chayon” XX asr o’zbek adabiyoti tarixiy taraqqiyotida g’oyat noyob badiiy estetik hodisa bo’lib, u nafaqat Abdulla Qodiriy ijodida, balki, butun markaziy Osiyo xalqlari badiiy tafakkuri rivojida realistic nasriy epic rivoya hamda epic obraz yaratish tizimini boshlab berganligi bilan ham buyuk ahamiyatga ega.
Oilasi kambagʻallashganligi sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotiblik va gumashtalik qildi (1907–15). 1917-yil Oktyabr davlat toʻntarishidan soʻng Eski shahar ozuqa qoʻmitasining sarkotibi (1918), „Oziq ishlari“ gazetasining muharriri (1919), Kasabalar shoʻrosining sarkotibi (1920), “Mushtum“ jurnalining tashkilotchilaridan va tahrir hayʼati aʼzosi (1923–26).
Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910-yillarning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. „Sadoi Turkiston“ gazetasining 1914-yil 1 aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan „Yangi masjid va maktab“ sarlavhali xabar bosiladi. Bu boʻlajak adibning matbuotdagi dastlabki chiqishi edi.
Oradan koʻp oʻtmay, uning „Toʻy“, „Ahvolimiz“, „Millatimga“, „Fikr aylagil“ kabi sheʼrlari, „Baxtsiz kuyov“ dramasi, „Juvonboz“ hikoyasi chop etiladi (1914–1915). Abdulla Qodiriy ijodining dastlabki namunalari boʻlgan bu asarlar millatparvarlik, maʼrifatparvarlik ruhida yozilgan boʻlib, jadidchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgandir. Muallif unda xalqning zabun holatidan kuyib soʻzlaydi, millatni uygʻonishga daʼvat etadi, fikrlashga chorlaydi. Abdulla Qodiriyning „Uloqda“ hikoyasi (1916) avvalgi asarlari bilan tenglashtirib boʻlmaydigan darajada yuqori boʻlib, XX tongidagi oʻzbek realistik adabiyotining choʻqqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi namunasi hisoblanadi.
Abdulla Qodiriyning 1917-yil Oktyabr toʻntarishidan keyingi faoliyati asosan matbuot bilan bogʻlangan. Uning 1919–1925-yillar oraligʻida yozgan maqolalari soni 300 atrofida.
Abdulla Qodiriyning publitsistik chiqishlari avvalo oʻsha davrning tarixiy hujjati, zamonasining solnomasi. 20-yillar oʻrtalarida yozilgan “Kalvak Mahzumning xotira daftaridan“, “Toshpoʻlat tajang nima deydir?“ satirik hikoyalar turkumida yozuvchi kulgusi “Xarakter kulgusi“ darajasiga koʻtarildi. Muallif bunda hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni sof mafkuraviy nuqtai nazardan turib, nuqul biryoqlama qoralash, fosh etish yoʻlidan bormay, xarakter va hodisalarni xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan koʻrsatishga jazm etadi.



Yüklə 50,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin