Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon"


Mehrobdan chayon romanida obrazlar talqini



Yüklə 50,97 Kb.
səhifə3/5
tarix07.05.2023
ölçüsü50,97 Kb.
#109123
1   2   3   4   5
Abdulla Qodiriy ijodiy merosinining tarbiyaviy axamiyati

1.2. Mehrobdan chayon romanida obrazlar talqini

Buyuk adib Abdulla Qodiriy haqida o’ylaganimizda uning “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon “ romanlari ko’z oldimizga keladi. Asardagi har bir qiyofa ko’z o’ngimizda jonlidek namoyon bo’ladi. Ular mehrimizni muhabbatimizni qozonsa, ayrimlari nafratimizga sazovor bo’ladi. Bu esa yozuvchining so’zga jon bag’ishlay olish qobiliyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Abdulla Qodiriy juda boy so’z xazinasiga ega bo’lgan, har bir so’zning mohiyatini anglagan, nozik qirralarini topa olgan, ajoyib so’zlar guldastasidan mohirona, o’z o’rnida foydalana olgan adibdir.


Abdulla Qodiriy uslubiga xos san’atkorona mahorat uning badiiy asardagi qahramonlar tashqi qiyofasini tasvirlashda ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Bunda yozuvchi xazinasidagi durlarni shunday mahorat bilan tizadiki, natijada uning siyrati ham tashqi sifatlari bilan birga kitobxon tasavvurida aks etadi va bundan uning qanday odam ekanligi bilinadi.
Badiiy adabiyotda tilning ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Agar yozuvchining o’ziga xos uslubi, badiiy tili bo’lmasa u yozgan asar o’quvchiga etarli darajada ta’sir qilmaydi. Abdulla Qodiriy tilga va uning badiiy-estetik hamda ijtimoiy roliga katta ahamiyat berar va yosh qalamkashlardan ham shuni talab qilar edi: “Yo’sinsiz ravishda xotiraga kelgan har bir so’zdan jumlalar to’qimoq fazilat sanalmaydir. So’z - qolip, fikr uning ichiga quyilgan g’isht bo’lsin, ko’pchilik xumdonidan pishib chiqqach, yangi hayot ayvoniga asos bo’lib yotsin”.(A.Q. Kichik asarlar. T., 1969y. 186-187 betlar).(5)
Demak badiiy asarning sifati va qimmati, yozuvchining individual uslubi, o’ziga xos tasvirlash mahorati va jozibador, serjilo tili bilan belgilanadi. Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanini ko’zdan kechirar ekanmiz, adibning ona tilimiz xazinasidan asar voqeasini ifodalash va obrazlar xarakterini ochib berish uchun tanlab olingan so’zlari tabiiy, ularni ishlatish usuli va yozuvchining tili ravonligiga amin bo’lamiz. Abdulla Qodiriy personajlar tilini ham avtor nutqini ham mohirlik bilan ishlagan. Bu borada dialektizm va arxaizmlardan, xalq maqol va iboralaridan, so’z o’yinlari va frazeologizmlardan unumli foydalangan. O’xshatishlar, sifatlashlar, sermazmun mubolag’alar va shu singari xilma-xil tasviriy vositalar bilan asar tilini bezagan.
Adib “Mehrobdan chayon” romanida ham tasviriy vositalardan keng foydalangan. Buni albatta xalq og’zaki so’zlashuv nutqidan foydalangan holda tasvirlagan. Ayniqsa, asar qahramonlarini tashqi qiyofasini mohirlik bilan musavvirlarcha chizib bergan. Va albatta bu chizgilarni jonli xalq tili boyliklaridan foydalangan holda amalga oshirgan. Masalan, asardagi mulla Baxtiyor obrazini ko’raylik: “Chiqqanlardan biri pak-pakana, yup-yumaloq, lo’p-lo’nda bir maxluq edi. Uning gavdasi bu qadar “kelishkan” bo’lishi ustiga , basharasi ham shunga monand tushkan, tomog’ining ostida cho’giri qovundek bo’qoq g’ovlab yotar edi. Uning gavdasi misoli bir gupchak bo’lsa , shu gupchakning yuqorisida katta bir suv qovoqni bosh bo’lsin, deb o’rnatgan edilar. Va bu yaltir qovoqning betida ko’z bo’lib, quyoshda qovjiragan ikkita g’o’lin turshak, og’iz erida bir kafsh, burun o’rnida yuqorig’a qarab o’rmalag’an bahaybat bir qurbaqa va quloq maqomidasuv qovoqning ikki bag’rig’a tiralg’an ikki oshlov turar edi. Qosh va boshdag’i soch to’g’risida og’iz ochib bo’lmas, ammo besh-o’n tuk, ya’ni soqol-murt g’ira-shira ko’zga chalinar edi. Sepkil va chechak dog’i bu betni “muzoyaqakor”qilib ko’rsatganidek, oyog’idag’i choriq, ustidagi qisqa , eski alak chopon, belidagi besh-o’n aylantirib bog’lang’an bo’z belboq, boshining uchdan bir qismigagina qo’nib o’ltirgan tor pilta to’ppi bir “husn”ga yana bir yuz “husn” qo’shib arz qilar edi. Bu maxluq doimiy o’rdada turadirg’an xonning kundalik qizig’i mulla Baxtiyor edi. Ikkinchisi mulla Baxtiyor bilan o’chakishkandek , juda uzun bo’yliq, g’ilay ko’zlik, ajina qoshiqdek yuzlik, qotma, o’zining bo’yidan ham uzunroq to’n va boshig’a qalandar kulohi kiyib, yalang oyog’, o’rta yashar Davlat ismlik yana bir qiziq edi.”(Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon”, 168-bet)
Abdulla Qodiriy voqelikni tasvirlashda so’zlarni nihoyatda topqirlik bilan qo’llaydi. Obrazga mos so’zlarni mohirona qo’llaydi. Adibning tasvirlashidan asar qahramonlarining salbiy bo’yoqqa ega ekanligini ko’rinib turadi. Keltirilgan parchadagi “kelishkan”, “husn” “muzoyaqakor” so’zlaridan qahramonga nisbatan kinoya, piching, masxaralash va kulgu sezilib turadi. Bu esa adibning mahoratidan darak beradi va kitobxonni diqqatini tortib, asarni tugatmaguncha qo’ldan qo’ymasligiga sabab bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda Abdulla Qodiriy o’z asarlari orqali qiyofa musavviri ekanligini yaqqol namoyon qiladi.
Abdulla Qodiriy romanlarida tasvirlangan asosiy qahramonlari hayotiyligi, tabiiyligi bilan, qalbning ko’z ilg’amas darajada tovlanib turishi, favqulodda kuchli jozibasi, sir-asrorlarga boy poetikligi bilan kishini maftun etadi. Ra’no ham shulardan biri. U, avvalo, o’zbek xotin-qizlarining timsoli yanglig’ qabul etiladi. Ra’no shu so’zning to’la ma’nosi bilan samimiy, latofatli, zohirangina emas, botinan ham go’zallar go’zali.
«Mehrobdan chayon» romanidagi asosiy ijobiy obrazlardan bo’lgan Ra’no obrazining tahlilini Abdulla Qodiriyning bu obrazni yaratishdan asosiy maqsadini bildiruvchi quyidagi parchani o’qib berish bilan boshlash mumkin: «Ra’noning jasorati, -- deydi yozuvchi, --xonga qarshi isyoni… o’z zamonasi uchungina emas, bizning hozirgi asrimiz uchun ham loyiqi tahsin va Ra’no yoshlik qizlarimizga ibratdir».
«Ra’noning ismi jismiga yohud husniga juda muvofiq tushgan edi… bu go’zal qiz och ra’no gulining tusida yoki oq-sariq tusida yaratilgan edi…sochi gungurt – qora, ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko’rinsa ham, quyoshda bir oz sarg’ish bo’lib ko’rinar edi… jodu ko’zi kishiga qattiq qaraganda, qoralikdan boshqacha yana bir turli qizg’ish nur sochar edi. Kipriklari ostida nafis bir surma doirasi bor edi. Qoshi tutashgan kabi ko’rinsa ham, ko’ndalang yotgan ikki qilich orasini nafis bir quyilib ko’tarilish ajratib turar edi. Burni hech bir munaqqidga berishmaslik mutanosib, har zamon uyalish tabassumiga hozir turgan nafis erinlarining yuqorigi qismida sezilar sezilmas tuklar ko’kargan edi. Yuzi cho’ziq emas, oykulcha deb ham bo’lmas; kishiga kulib qaraganda qizil olma ostlarida ikkita zamma ravishlik shakl hosil bo’ladi, go’yo bizga chin ra’no guli ochilgan holatda ko’rinar edi. Sochlari juda quyuq, sanoqsiz kokillari orqa-o’ngini tutib yotar, qaddi uzunlik bilan qisqalikning o’rtasi, do’ndiq barmoqlarining jimjilog’ida xina gullari; har holda, bu qiz yolg’iz Qo’qondagina emas, umuman Farg’onaning kuylariga qo’shilib maqtalaturgan edi».
Ra’no maktabda Alisher Navoiy, Amiriy, Fazliy, Sa’diy, Xo’ja Hofiz, Mirzo Bedil asarlarini, «Devoni Fuzuliy», «Layli va Majnun» dostonlarini, arab tili gammatikasini o’qib, o’rgandi. U o’zi yaxshi ko’rgan shoirlar she’laridan to’plam tuzadi, o’zi ham she’rlar yozib mashq qiladi.
Ra’no otasi maxdum ziqnaligi, xasisligidan qattiq ranjiydi, otasining yaramas xislatlari unda norozilik, g’azab uyg’otadi. Abdulla Qodiriy Ra’noda qo’zg’olgan bu norozilikni uning maxdumni hajv qilib yozgan she’rida ham ifodalagan. Ra’no otasining ziqnaligini shunday chizadi:
Yog’lar to’kilsa erga, yotib yalar taqsirim,
Bo’lsa bozorda pastlik, sotib olar taqsirim.
Maxdumning xotini Nigor oyimga ruxiy azob berishi ham Ra’noni g’azablantiradi. U uy ishlarida, bolalarni o’qitishda onasiga yordamlashadi.
Abdulla Qodiriy Ra’noning Anvarni sevishi sabablarini romanda yorqini fodalagan. Romanda tasvirlanishicha, Ra’no Anvarni, u faqat xusnda emas, balki ahloq –odobida ilmda kamolot egasi bo’lgani uchun sevadi, ishonchli, dilkash kishisi sifatida uning haqida g’amxo’rlik qiladi, har bir harakatida, muloqatida Anvarga bo’lgan sadoqatini, sevgisini namoyish etadi. Shu fazilatlari bilan Anvarni o’ziga maftun etadi.
Abdulla Qodiriy Ra’no bilan Anvarning she’r orqali o’z sevgilarini bir-birlariga izhor etib turganlaridagi holatlarini tabiat bilan uyg’unlikda ifodalab deydi: «… oy ham bir oz nurlanib, turmushga bila qadam bosgan bu ikki yoshning hozirga hollaridan kulimsiragandek ko’rinar edi. Boyagidan bir muncha kuchaya tushgan shamol gulni gulga qovushtirib, go’yo bu ikki yoshga, «Siz ham bilan shu gullar kabi qovushing» degandek bo’lar edi».
O’zbek tili leksikasining boyishida laqablarning ham muhim hissasi bor. Laqablar ham til leksikasining boyishiga xizmat qiladi. O’zbek xalqida azaldan kishilarga laqab qo’yish rasm bo’lgan. Ba’zan ismlari bir xil bo’lgan kishilarni laqablari yordamida bir-birlaridan farqlashgan. Keyinchalik familiyalar paydo bo’lgach, laqablarning nominativ xususiyati kamayib, uslubiy vazifani bajara boshlagan.
Har bir o’quvchida laqab oldin paydo bo’lganmi yoki ism oldin paydo bo’lganmi degan savol tug’iladi. Tarixiy manbalarda yozilishicha farzand tug’ilishi kuniyoq yoki ikki, uch kundan keyin chaqaloqqa nom qo’yilgan. Keyin esa chaqaloqning fe’l atvori, xususiyati va boshqalardan kelib chiqib taqqoslash orqali laqablar paydo bo’lgan, ota-ona yoki o’zga bir kishi tomonidan laqab oldin yashirin tarzda, keyinchalik fe’l-atvor, yurish turish va boshqa xususiyatlarni umumlashtirib oshkor ravishda laqab qo’yilgan.
Shunday laqablar ham borki, insonni ulug’lash, uni ko’tarish, fe’l- atvoridagi yaxshi xislatlarni hisobga olishdan tashqari, insonni haqoratlash, qoralash kabi xususiyatlarni ham o’zida mujassamlashtiradi. Buni Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asaridan olingan quyidagi misollar yordamida ko’rib chiqishimiz mumkin. Asarda Solih maxdum, Safar bo’zchi, Samad bo’qoq, domla Niyoz, mirzo Anvar, mulla Shahodat mufti, mulla Navro’z, Sultonali mirzo, mulla Abdurahmon, Olim qovoq, Shukur so’fi, Mamarajab mirzaboshi, Rajabbek poygachi, salim bo’yoqchi, Abdurahmon oftobachi, Valixon to’ra (Zokir-gov), Xudoyor udaychi, Muhammad Rajab munshiy, amir Umarxon, amir Baxodir, mulla Muhammad Niyoz kabi laqablarni uchratishimiz mumkin. “Samad bo’qoq bilan Shukur so’fi imom afandining muloyimona, ham bitta-bitta ayni maqomig’a chertib va qator terib borg’an so’ziga somi’ edilar”.
Ajoyib so’z sehrgari Abdulla Qodiriy asarlarida biz san’atkorona qo’yilgan laqablarni juda ko’plab uchratamiz. Abdulla Qodiriy ijodiga nazar tashlash orqali badiiy adabiyotda laqablarning ahamiyati beqiyos ekanligini ko’rishimiz mumkin. U asar qahramonlariga laqab qo’yishda ham o’zining san’atkorligini namoyon qila olgan. U badiiy so’z san’atkori sifatida laqablardan turli uslubiy maqsadlarda foydalangan.
Xulosa qilib aytganda Abdulla Qodiriy ajoyib laqablar ijodkori sifatida ham muvaffaqiyat qozona olgan olgan adib hisoblanadi. Adib bu laqablarni qo’llash orqali asarni yanadi tabiiy va haqqoniy, uslubiy bo’yoqlarga boy qilishga, xalqchillikni kuchaytirishga, o’sha davr ruhiyatini ko’rsatishga erishgan. Shuning uchun ham Abdulla Qodiriy asarlari hanuzgacha kitobxonlar qo’lidan tushmaydi.


Yüklə 50,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin