Malakaviy amaliyotdan tayyorlagan dars ishlanmasi



Yüklə 17,61 Kb.
səhifə3/3
tarix24.05.2023
ölçüsü17,61 Kb.
#121205
1   2   3
1 soatlik Dars ishlanmasi

Kompyuter dasturi – har qanday masalani yеchish uchun kоmpyutеr bajarishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalarning izchil tartibi. Kompyuter uchun yozilgan dastur chet tiliga o‘xshaydi, istagan odam uni tez vaqtda o‘rganib olishi mumkin. Faraz qiling, atrofingizdagi deyarli barcha uskuna-yu qurilmalar kompyuter dasturlari orqali boshqariladi, ya’ni bu qurilmalar dasturchi tomonidan ketma-ketlikda yozilgan ko‘rsatmalarga amal qiladi. Masalan, kompyuter ilovalari – hujjat yaratish, qo‘shiq tinglash, video ko‘rish, internetga bog‘lanish kabilar – aslida dasturchilar tomonidan yozilgan va kompyuter amal qiladigan dasturlardir.
Mobil telefonlar. Qurilma dasturi qo‘ngiroq qilish, xabar yuborish imkonini beradi. Shuningdek, kontaktlar ro‘yxatidan o‘tgan shaxs ismiga ko‘ra, dastur uning telefon raqamini o‘zi topadi.
Kir yuvish mashinasi. Qurilma turli rejimlarda kir yuvishga dasturlashtirilgan, shu sababli kod harorat va kir yuvish vaqtini nazoratga oladi.
Avtomobillar. Zamonaviy kompyuter va uning dasturlarisiz avtomobil harakatini tasavvur qilish qiyin. Kompyuter dasturi tezlik, yoqilg‘i, harorat kabilarni kuzatib boradi.
Dasturchi – kompyuterda ko‘rish va bajarish mumkin bo‘lgan jarayonlarni nazorat qiluvchi hamda dasturlarni yaratuvchi shaxs.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:

1. Dastur nima?


2. Qanday dasturlarni bilasiz?
3. Dasturlash deganda nimani tushunasiz?
4. Kir yuvish mashinasi ham dasturlash asosida ishlaydimi?
5. Dastur asosida ishlaydigan qurilmalarni sanab bering.


V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa:

Jadvalda berilgan yangi atamalarga mos tushunchalarni toping va ularni chiziq bilan birlashtiring.


Dastur kompyuter uchun dastur


tuzish jarayoni.
Dasturchi kompyuterda ko‘rish va baja-
rish mumkin bo‘lgan jarayon-
larni nazorat qiluvchi hamda
dasturlarni yaratuvchi shaxs.

Dasturlash kоmpyutеr tushunadigan “til”.


Dasturlash tili birоr masalani yеchish uchun


kоmpyutеr bajarishi lozim
bo‘lgan ko‘rsatmalarning izchil
tartibi.

Yüklə 17,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin