II. QOROVULNING KIYIM-KECHAGI 1. Qorovulning kiyim-kechagi (pochapo‘stin, issiq dala kamzulidan) toza va yaroqli kundalik dala kiyim-kechagi to‘plamidan, poyabzal, bosh kiyimi, bel kamari va o‘qdon (o‘q joylashgan ramka) xaltasidan iborat bo‘ladi. Jangovar bayroqda postda turgan harbiy qism qorovullari bayramona kiyimkechakda bo‘lishlari mumkin. Post kiyim-kechagi sifatida: qish vaqti uchun po‘stin va kigiz etik, yoz vaqti uchun qalpoqli plash yoki plash-chodir va ho‘l bo‘lmaydigan poyabzal qo‘llanishi mumkin. Post kiyim-kechagi, po‘stindan tashqari, har bir postga ikki to‘plamdan iborat bo‘lib, ulardan biri qorovulxonada, boshqasi postda turadi. Bundan tashqari, qorovulxonada plash yoki plash-chodir va qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi, tarqatuvchilari va tashqariga olib chiquvchilar uchun maxsus ho‘l bo‘lmaydigan etik bo‘lishi kerak. Alohida hollarda garnizon boshlig‘ining buyrug‘i bilan soqchilar o‘q o‘tkazmaydigan zirhli kiyim va po‘lat qalpoq kiyishlari mumkin.
2. Qorovullar postlarga tayinlanish joyiga shinelda (pochapo‘stin, issiq dala kamzulda) kelishi kerak, havo issiq paytlar garnizon harbiy komendantining
joy sharoiti shunga yo‘l qo‘ysa, soqchi xizmatini kuzatuv minorasi orqali amalga oshiradi. Soqchiga yordam berish zarurati tug‘ilganda, har bir qorovulxonada sergaklardan va dam olayotganlardan zaxira guruhi tuziladi. Ular qorovulning «Qurollan» degan chaqirig‘ini eshitishi bilan qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi yoki tarqatuvchi rahbarligida tartib buzilgan joyga yetib boradi hamda vaziyatga qarab ish ko‘radi. Bunday guruhlarni tartib buzilgan joyga zudlik bilan yetkazish zarur bo‘lgan paytlarda ular transport vositasi bilan, ayrim hollarda esa zirhli transportyor (jangovar mashina)lar bilan ta’minlanadilar. Qorovul shaxsiy tarkibi qorovul kiyimida (1-ilova) bo‘lishi lozim. Ular otishga yaroqli nayza-pichoqli avtomat yoki nayzali karabin bilan, qorovul boshlig‘i va uning yordamchilari shtatlar bo‘yicha qurollanadilar. Qorovul xizmatini o‘tayotganlar jangovar patronlar bilan ta’minlanadilar: har bir to‘pponcha va avtomatga — ikkitadan to‘ldirilgan o‘qdon; har bir karabinga — o‘ttizta patron solingan bitta oboyma. Garnizon boshliqlari yoki harbiy qism komandirlarining buyrug‘i bilan qorovullarning har biri pulemyot, uchta to‘ldirilgan o‘qdoni bilan va har bir qorovulga ikkitadan granata berilishi mumkin. Qorovul shaxsiy tarkibiga o‘q-dorilar, to‘pponcha bilan qurollanganlardan tashqari, qorovullik o‘quv maydonchasidagi amaliy mashg‘ulotdan so‘ng beriladi.1-ilovaning davomi (harbiy qism shtab boshlig‘ining) buyrug‘i bilan qorovul postlarga tayinlanish joyiga shinelsiz (pochapo‘stinsiz, issiq dala kamzulsiz) kelishi mumkin. Shinelni (pochapo‘stinni, issiq dala kamzulini) kiyib yurish tartibi: postlarga tayinlash payti qorovullar bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchi uchun, tayinlashdan keyin qorovul boshlig‘i uchun o‘zgartirilishi mumkin.
3. Yoz kunlari sovuq shamol va yomg‘ir payti smena, postlarga shinellarda (issiq dala kamzullarida) jo‘nash mumkin. Havo harorati soyada 15°C dan yuqori bo‘lganda smenalarga shinellarni (issiq dala kamzullarini) qorovulxonada ilgichda qoldirishga ruxsat beriladi.
4. Yomg‘irli havoda smena postlarga qorovul plash (plash-chodir) va suv o‘tmaydigan poyabzalda jo‘naydi. Plashlarni (plash-chodirni) soqchilar zarurat tug‘ilganda yechishadi (kiyishadi).
5. Post po‘stini postda smena almashingan chog‘da kiyiladi. Kigiz etik qorovulxonada kiyiladi. Po‘stin va kigiz etikni harorati —5°C darajada va izg‘irinli sovuq shamolda kiyishga ruxsat etiladi. Po‘stin shinelning (issiq dala kamzuli) ustidan kiyiladi. Yechilgan po‘stin va plash (plash-chodir) post boshpanasiga yoki kuzatish minorasiga ilib qo‘yiladi. Plash (plash-chodir) va kigiz etik postdan kelganda yechiladi va quritiladi. 6. Ichi isitiladigan binolardagi soqchilar harorat 18°C dan past bo‘lmagan darajada doim shinelsiz (pochapo‘stinsiz, issiq dala kamzulisiz) bo‘lishlari kerak.