Maltusning nufus nazariyasi


K.Marksning mashhur «Kapital» asari uning hayoti mazmunini tashkil etdi



Yüklə 96 Kb.
səhifə3/3
tarix03.06.2023
ölçüsü96 Kb.
#124566
1   2   3
Maltusning nufus nazariyasi

K.Marksning mashhur «Kapital» asari uning hayoti mazmunini tashkil etdi.
U 4 tomdan iborat bo‗lib, 1chi tomi 1867 yili nashr etildi, 2chi (1885y.) va 3chi (1894y.) tomlari K.Marks o‗limidan keyin F.Engels tomonidan Chop etildi. 4chi tom tugatilmay qoldi va chop qilinmadi.
«Kapital»ning birinchi va uchinchi tomi – kapital ishlab chiqarish jarayoniga bag‗ishlangan edi;
ikkinchi tomi – kapitalning muomala jarayoni tadqiq etildi;
to‗rtinchi tom – («Qo‗shimcha qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta‘limotlar tarixiga bag‗ishlangan edi. Qiymat nazariyasi
Marks ta‘limotiga binoan, har bir tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga
sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan o‗lchanadi. Ijtimoiy zarur ish vaqti normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va intensivligining darajasi o‗rtacha bo‗lgan sharoitda Biron-bir tovar tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtdir.
Qo‗shimcha qiymat nazariyasi
Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining ma‘lum bosqichida pul kapitalga aylanadi. Tovar muomalasining formulasi T-P-T, ya‘ni boshqa bir tovarni sotib olish uchun tovar sotishdir. Kapitalning umumiy formulasi P-T-P1 , ya‘ni sotish uchun tovarni sotib olishdir, maqsad foyda olish hisoblanadi. Bu yerda T – bu ishchi kuchidir. Xo‗sh, bu o‗sish qayerdan keladi?
Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida («zarur ish vaqtida») o‗z qiymatiga teng qiymat yaratadi, keyingi 5 soat mobaynida («qo‗shimcha ish vaqtida») qo‗shimcha mahsulot, qo‗shimcha qiymat yaratiladi. Kapitalist bu qo‗shimcha qiymatni haq to‗lamasdan o‗zlashtirib oladi. K.Marks bo‗yicha, kapitalist tomonidan qo‗shimcha qiymatning o‗zlashtirib olinishi mehnatning ekspluatatsiya qilinishidir. Shuning uchun, kapitalist qo‗shimcha ish vaqtini uzaytirishga harakat qiladi. Unga ikki yo‗l orqali erishadi:

  1. zaruriy ish vaqtini qisqartirib, qo‗shimcha ish vaqtini uzaytirish ; («qo‗shimcha qiymat»).(yoki mehnat unumdorligini oshirish orqali: mashinalashtirish, avtomatika, telemexanikani kiritish);

  2. ish kunini mutlaq uzaytish. («absolyut qo‗shimcha qiymat»).

Kapitalist o‗z maqsadiga erishish uchun, o‗z foydasini ko‗paytirish uchun Fan va texnika yutuqlaridan ishlab chiqarishda ko‗proq foydalanishga harakat qiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish nazariyasi
K.Marks ijtimoiy mahsulotni uch qismga bo‗linadi:
1. Doimiy kapital (s) – moddiy sarflarga (amortizatsiya, xom ashyo, yoqilg‗i va b.);
2.O‗zgaruvchi kapital (v) – ishchi kuchini sotib olishga bo‗lgan sarflar; 3. Qo‗shimcha qiymat (m).
Yalpi milliy mahsulot (SqVqm) bilan, sof milliy mahsulot (Vqm) bilan aniqlanadi. Qo‗shimcha qiymat me‘yori g= m/ V shaklida keltiriladi. K.Marks iqtisodiyotni ikki bo‗linmaga bo‗ladi: 1-bo‗linma ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, 2-bo‗linma iste‘mol buyumlarini ishlab chiqarish.
Keyin u oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish o‗rtasidagi farqni ko‗rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish» o‗zgarmas bo‗lib, unda sof investitsiya nolga teng (F.Keneda oddiy takror ishlab chiqarish). Iqtisodiy sikllar
K.Marks iqtisodiyot rivojlanishi davrida to‗rtta ketma-ket bosqichlarni
(sikllarni) qamrab oladi: inqiroz, turg‗unlik, jonlanish, iqtisodiy o‗sish (yuksalish). Sikli jarayon, K.Marks bo‗yicha, yuksalishdan boshlanadi. Yuksalish davrida mehnatga bo‗lgan talab (jamg‗arish sababli) uning taklifidan oshib ketadi; ishsizlik tugatiladi va ishchi kuchining nisbatan yetishmasligi sababli ish haqining oshishiga olib keladi; natijada foyda kamayadi va jamg‗arish sekinlashadi. Renta nazariyasi.
K.Marks renta to‗g‗risida nazariya yaratdi. Unigcha, renta yerga bo‗lgan mulkchilikni namoyon bo‗lish shaklidir. K.Marks differensial rentani tahlil qilib, bu renta ayrim yer uchastkalarining hosildorligi bir-biridan farq qilganda hosil bo‗lishini ko‗rsatib berdi. Differensial renta ikki shaklda- differensial renta 1 va differensial renta 2 shaklida mavjud bo‗ladi.
K.Marks differensial renta bilan birga absolyut rentaning ham amal qilishini ko‗rsatib beradi.
Yüklə 96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin