UrDU Iqtisodiyot fakulteti 221-Menejment TBB talabasi Karimova Asaloyning "Menejmentga kirish“ fanidan tayyorlagan PREZINTATSIYASI
Reja: 1.Menejment jarayonlari va vazifasi 2.Rejalashtirish 3.Tashkil etish.
MENEJMENT TEXNOLOGIYALARI
Boshqaruv jarayonlari va vazifalari. Boshqaruvga jarayon sifatida qarash kerak. Boshqaruv jarayoni- bu tashkilot resurslarini u tomonidan o`z maqsadiga erishish uchun shakllantirish va foydalanish bòyicha uzluksiz, izchil bajariladigan, o`zaro bog`langan xarakatlari majmuasidir. Shunday qilib, boshqaruv jarayoni barcha vazifalarning umumiy yiģindisi bo`ladi.
Boshqaruv vazifalari - bu boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan va ajratilgan turlaridir. Bunday deb hisoblanish uchun boshqaruv vazifasi aniq aks ettirilgan mazmunga, uni amalga oshirishning ishlab chiqilgan mexanizmiga va doirasida uning tashkiliy ajralishi yakunlanadigan ma'lum tuzilmaga ega bo`lishi kerak. Mazmun ostida aniq vazifa doirasida amalga oshirilishi kerak bo`lgan xarakat tushuniladi.
Boshqaruv jarayonida amalga oshiriladigan xarakatlar va vazifalarning mazmuni tashkilotning turi (ma'muriy, ijtimoiy, ta'lim va h. k), uning faoliyati kòlami va sohlari (ishlab chiqarish, savdo, xizmatlar kòrsatish), boshqaruv ierarxiyasidagi darajasi (boshqaruvning yuqori, o`rtacha yoki quyi darajasi), tashlikot ichidagi ro`li (ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar) va bir qator boshqa omillarga bog`liq.
●muvofiqlashtirish - ratsional aloqalarni o`rnatish yo`li bilan boshqarilayotgan tizimning xar xil qismlari o`rtasida moslik va muvofiqlikni ta'minlaydi ●nazorat - xaqiqiy erishish mumkin bo`lgan yoki erishilgan natijalarni rejalashtirilganlar bilan taqqoslash.
Shunga qaramasdan, boshqaruv beshta umumiy vazifalarga ajratiladi:
●rejalshtirish - maqsadlar va ularga erishish bo`yicha xarakatkar rejasini tanlash;
●tashkil qilish - vazifalarni bo`linmalar yoki hodimlar o`rtasida taqsimlash va ular o`rtasida o`zaro hamkorlikni o`rnatish;
●motivatsiya - ijrochilarni rejalashtirilgan xarakatlarni amalga oshirish va qo`yilgan maqsadlarga erishishga rag`batlantirish;
Rejalashtirish. Rejashtirish boshqaruv jarayonining birinchi, g`oyatda muhim vazifasi bòladi. Agar rejaviy ko`rsatkichlar yetarlicha asoslanmagan bo`lsalar, tashkilot keyingibosqichlarda qanchalik yaxshi ishlanmasin, natija past bo`ladi. Shuning uchun boshqaruvning sifati rejalashtirishning to`g`ri shakllantirilgan tamoyillariga bog`liqdir.