Ma’lumki, neft, gaz kabi an’anaviy energiya manbalarining zaxirasi cheklangan


-bob. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 32,41 Kb.
səhifə14/21
tarix15.02.2022
ölçüsü32,41 Kb.
#52598
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko

4-bob. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari

15-modda. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan shaxsiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasi ishlab chiqarilgan taqdirda, ruxsat beruvchi hujjatlar olish talab etilmaydi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar blok-stansiyalar shartlari asosida, shuningdek hosil qilinayotgan elektr energiyaning maksimal qiymati ko‘rsatilgan holda tanlov asosida yagona elektr energetikasi tizimiga ulanishi mumkin. Blok-stansiya iste’molchilarning yagona elektr energetikasi tizimiga bevosita yoki iste’molchilar elektr tarmog‘i orqali ulangan hamda operativ-dispetcherlik boshqaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyasi hisoblanadi.

Amaldagi elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va (yoki) kengaytirish uchun zarur bo‘lgan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ulash bilan bog‘liq xarajatlarni ularning egasi amalga oshiradi, yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish nuqtasigacha bo‘lgan xarajatlarni esa, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchi amalga oshiradi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarga qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini yagona elektr energetikasi tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulash taqiqlanadi.

Lokal elektr tarmog‘ini barpo etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini unga ulash qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Elektr energiyasi iste’molchilarini qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarning lokal elektr tarmog‘iga ulash shartnoma shartlari asosida amalga oshiriladi.


Yüklə 32,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin