QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 3-mayda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: |