9-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi ilmiy-texnikaviy va innovatsion ta’minot
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqarishni, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni ilmiy-texnikaviy hamda innovatsion jihatdan ta’minlash davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
10-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga doir tadbirlardagi ishtiroki
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolar:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashishi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |