Spirulina. Spirulina mikrosuvo‘ti ko‘k yashil mikrosuvo‘tlari oilasiga mansub prokarioit bir hujayrali spiral ko‘rinishdagi tirik organizmdir. Bu mikrosuvo‘tini bakteriya deb ham atashadi.
Bunga sabab uning ko‘payish jarayoni bakteriyalarniki bilan bir hil bo‘lganligi, ya’ni hujayrasini ikkiga bo‘linib ko‘payishidadir. Bu o‘ti mikro suv o‘tlar orasida eng mo‘jizakor va e’tiborga loyig‘idir. U er yuzasida oqsil moddasini eng ko‘p saqlovchi tirik organizmdir. Bu bakteriya 71% gacha oqil moddasi saqlaydi.
SHuning uchun ham bu mikrosuvo‘tini kelajakning ovqati yoki bo‘lmasa
Suprefood (super ovqat) deb atashadi. Bu organizm ham juda kichik bo‘lib uni faqat mikroskop yordamida ko‘rish mumkin.
8-rasm. Spirulina hujayrasining mikroskop ostida ko‘rinishi
Spirulina ham issiqsevar (termofil) bo‘lib u uchun 33-350S harorat eng qulayidir. Spirulina faqat ishqoriy muhitda o‘sadi. Spirulina ni tabiiy holatda olimlar (bu erda olimlarning uchratishi nazarda tutilgan ilk bor uning qachon uchratilgani ma’lum emas sabab tarixiy xalqlar (atsteklar) uni oziq-ovqat sifatida azaldan ishlatib kelishgan) birinchi marotaba Afrikaning CHad ko‘lida uchratishgan so‘ngra bu tur mikrosuvo‘ti Meksikaning Teksokoko ko‘lida ham uchratilgan. Bu organizm o‘sishiga uning qay muhitdaligi, ozuqavaiy muhiti va fotosintez jarayoni ta’sir etadi. Spirulina harorat 3-4 SO gacha tushib ketgani chidamli va u uchun yuqori harorat ko‘rsatkichi esa 35-37 SO tashkil etadi. Biomassa tez hosil qiladi. Bu organizmning xromatofor hujayrasida xlorofil(yashil rang) va fikotsianin (ko‘k rang) donachalar mavjud. Spirulina qiyg‘os gullaganda suvga och yashil tus beradi.
Dostları ilə paylaş: |