Almashinadigan aminokislotalar
|
10 gm da
|
Umumiy saqlanishi % da
|
Izoleysin
|
350 mg
|
5.6%
|
Leysin
|
540 mg
|
8.7%
|
Lizin
|
290 mg
|
4.7%
|
Metianin
|
140 mg
|
2.3%
|
Fenilalalin
|
280 mg
|
4.5%
|
Treonin
|
320 mg
|
5.2%
|
Triptofan
|
90 mg
|
1.5%
|
Valin
|
400 mg
|
6.5%
|
Almashinmaydigan aminokislotalar
|
10 gm da
|
Umumiy saqlanishi % da
|
Alanin
|
470 mg
|
7.6%
|
Arginin
|
430 mg
|
6.9%
|
Aspargin kislotasi
|
610 mg
|
9.8%
|
Sistin
|
60 mg
|
1.0%
|
Glutamin kislotasi
|
910 mg
|
14.6%
|
Glitsin
|
320 mg
|
5.2%
|
Gistidin
|
100 mg
|
1.6%
|
Prolin
|
270 mg
|
4.3 %
|
Serin
|
320 mg
|
5.2%
|
Tirozin
|
300 mg
|
4.8%
|
Aminokislotalarning umumiy yig‘indisi
|
6200 mg
|
100%
|
Bunday aminokislotalar tarkibi ham bu mikrosuvo‘tining inson hayotida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Glutamin kislota inson organizmini alkogolga bo‘lgan talabini kamaytirib, insonning aqliy faoliyatini oshiradi. Bu modda inson organizmining bosh miya hujayralarining asosiy ozuqasiga kiradi.
Tirozin (yoshlik eliksiri) esa inson organizmida qarish jarayonini pasaytiradi va sedinni (soch oqarishi) oldini oladi.
Sistin – oshqozon osti bezining ishlash faoliyatini yaxshilaydi. Arginin esa insonning jinsiy aloqa faolligini oshirishga va inson qonini xar hil toksin va shlaklardan tozalashga yordam beradi.
Aminokislotalardan tashqari Spirulina ning tarkibi vitaminlarga ham juda boy. Manbalarda 10 gm Spirulina inson organizmi uchun kerakli bo‘lgan vitaminlar talabini qondira oladi deb keltiriladi.
7-jadval Spirulina ning vitaminlar tarkibi
Vitaminlar 10 gm da Beto-karotin 230 mg
Vitamin E 1.9 mg
Vitamin K 200 mg
Vitamin V1 0.35mg
Vitamin V2 0.40mg
Vitamin V3 1.40 mg
Vitamin V6 80mkg
Folin kislota 1mkg Vitamin V12 20mkg
Biotin 0.5mkg
Pantoten kislota 10mkg
Inozitol 6.4mg
Spirulina tarkibi beto-karotinga boy bo‘lib, u inson organizmi uchun kerakli bo‘lgan A vitaminini to‘laligicha qoplab beradi.
Vitamin A organizmda ko‘payib ketgan hollarda inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Spirulina tarkibidagi beto-karotin esa inson organizmida ko‘payib ketgan holda ham ziyon etkazmaydi.
Inson organizmi beta-karotinni kerak bo‘lganda vitamin A ga aylantira boshlab, organizmni vitamin A tanqisligidan saqlab turadi. Spirulina tarkibidagi V12 esa inson organizmining suyuk iligi va asab sistemalaridi eritrotsitlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. SHuningdek vitamin V va V2 saqlash bo‘yicha Spirulina go‘shtli va dukkakli mahsulotlarni orqada qoldiradi Bu mikro suv o‘tining tarkibi mineral tuzlarga ham juda boyligi bilan ham ajralib turadi (8jadval)
8-jadval Spirulina ning tarkibidagi minerallar
Minerallar 10 gm da
Kalsiy
|
70 mg
|
Temir
|
10 mg
|
Fosfor
|
80 mg
|
Magniy
|
40 mg
|
Rux
|
300 mkg
|
Selen
|
10 mkg
|
Mis
|
120 mkg
|
Margan
|
500 mkg
|
Xrom
|
25 mkg
|
Natriy
|
90 mg
|
Kaliy
|
140 mg
|
Germaniy
|
60 mkg
|
Minerallarni (yoki bo‘lmasa ularni mikroelementlar ham deb atashadi) kam is’temol qilish inson sog‘lig‘i nafaqat inson balkim barcha tirik organizmlar sog‘lig‘ida salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Spirulina esa inson va tirik organizm uchun kerakli bo‘lgan barcha mineral moddalarni o‘zida mujassamlashtirgan va bu mineral moddalar Spirulina tarkibida organizmga oson yuqish holatida bo‘ladi. Masalan Spirulina tarkibidagi temir moddasi boshqa qo‘shimchalrga (masalan temir sulfat) nisbatan 60 % ga organizmga yaxshi yuqadi Temir elementining etishmasligi inson organizmida kam qonlik kasalligini keltirib chiqaradi.
Bu kasallik homilador ayollar, yosh bolalar va yoshi katta insonlarda kuzatilib turadi. Homilador ayolning bu kasallikga chalinishi, uning o‘zi bilan birga bolasi sog‘lig‘iga(bolaning tug‘ilganda og‘irligi past bo‘lishi, erta tug‘ilish va o‘lim) ham zarar etkazadi. Kuniga 4 gm Spirulina ni is’temol qilish inson organizmida gemoglabinning tez fursatda oshishiga olib keladi.
Spirulina esa o‘zining tarkibining ajralib turishiga uning jadvalda ko‘rsatilganidek minerallarni yuqori saqlashi hisobiga shu kasalliklarni bartaraf qilishini sabab qilish mumkin. SHuningdek. kalsiy moddasi ham ushbu mikro suv o‘ti tarkibida ona sutiga nisbatan yuqori saqlanadi. Hujayra qobig‘ining mustahkamligiga javob beruvchi, organizm issiqlik manbai bo‘lgan yog‘ kislotalar Spirulina tarkibida ham juda yuqori.
Qo‘llanilish imkoniyatlari. Spirulina ni qo‘llash borib tarixga taqaladi. Tarixdan Spirulina oziq-ovqat mahsuloti sifatida foydalanib kelingan. Tarix manbalari shuni aytadiki qadimgi atstekliklar “Tekuitlatl” deb nomlangan non is’temol qilishgan. Bu non o‘zgacha non bo‘lib u Spirulina mikro suv o‘tidan tayyorlangan bo‘lgan. Bunday holatga fransuz algologi Dangeard 1940-yilda Afrikaga uyushtirgan sayohatida ham guvoh bo‘lgan.
9-rasm. Tarixda atsteklar suvdan Spirulina mikrosuvo‘tini terib olish jarayoni
10-rasm. Afrika mintaqasi aholisining Spirulina yig‘ishtirib olish jarayoni
Afrika halqi xali-xaligacha bu mikrosuvo‘tdan keng foydalanib kelmoqda. Bu mintaqa a’zolari bu mikro suv o‘tidan asosan oziq-ovqat siftida foydalanishadi. Afrika mintaqalari bozorlarida Spirulina ni non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari sifatida keng sotuvda uchratish mumkin.
11-rasm. Afrika mintaqasi dehqon bozorlarida quritilgan Spirulina sotilishi
Hozirga kelib esa bu mikrosuvo‘tini rivojlangan davlatlar oziq-ovqat va farmatsevtik sanoatlarda keng qo‘llab kelishmoqda. Bu mikro suv o‘tini hozirga kelib sanoat tarzida etishtirishni sanoqli davlatlar yo‘lga qo‘yishgan xolos (AQSH, YAponiya, Xitoy).
AQSH hozirga kelib o‘zining mintaqasini ushbu mahsulot bilan qoplaygina qolmay, Afrika mintaqasining ko‘p davlatlariga ham oziq-ovqat va farmatsevtik sanoatlar uchun gumanitar yordam sifatida yuborayapti. Afrika mintaqasi davlatlari hozirda ushbu mintaqa mamlakatlarida istiqomat qiluvchi aholini AQSH dan keltirilgan ushbu mikrosuvo‘ti asosida davolashni keng yo‘lga qo‘yishgan.
12-rasm. Togo davlatidagi yosh bolaning to‘yib ovqatlanmaslik holatidan Spirulina orqali oziqlantirish(oldingi holat va Spirulina dan keyingi holat)
Afrikada yuzaga kelgan oqsil tanqisligi, avitaminoz kasalligi, to‘yib ovqatlanmaslikni oldini olish maqsadida AQSH lik olimlar doktorlar hamkorligida ushbu mintaqaning ahvoli tang holatga kelgan qishloqlarida bir nechta ilmiy kuzatuv-tajriba ishlari olib borishdi. Bu tajribalardan olingan ijobiy natijalar asosida Afrika mintaqasida ushbu mikrosuv o‘tini keng qo‘llashni boshlashdi.
Olib borilgan adabiyotlar tahlil asosida mikrsuvo‘tlarining etishtirilishi, hozirgi zamoanaviy imkoniyalari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Olingan ilmiy tahlillar asosida mikrosuvo‘tlari asosida kelgusida yuqori sifatli ozuqa qo‘shimchalari hamda farmatsevtik xususiyatli biomassalar tayyorlash mumkinligi qayd etildi.
Dostları ilə paylaş: |