Ma’lumki, Respublikamizda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish borasida muayyan ishlar tizimli tartibda amalga oshirilmoqda



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə11/15
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#43245
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
mustaqil ish

Qo‘llanilish imkoniyatlari. Chlorella xozirga kelib qishloq xo‘jaligida juda keng qo‘llanilayapti. Bundan tashqari ushbu mikrosuvo‘tini oziq-ovqat sanoatida BFQ (biologik faol qo‘shimcha) sifatida, farmatsevtik sanoatlarda ham organizm kuchini tiklovchi dori sifatida, ekologiya tomondan oqava suvlarni tozalashda va x.k larda ishlatish mumkin.

Scenedesmus. Scenedesmus mikrosuvo‘ti ham yashil mikrosuvo‘tlari oilasiga mansub protokok bir hujayrali tirik organizmlardir. Bu organizm 4-16 ta gacha koloniyalar hosil qilgan ya’ni zanjirsimon holda yashaydi. Ustki va pastki xujayra qismlari siliq yon xujayra devorlari bilan esa boshqa Scenedesmus xujayralariga yopishib aytilganidek zanjir hosil qilib oladi. Bu organizmni xujayrasidagi xromatofor ham yashil xlorofill donachalar saqlaydi va suvga yashil tus beradi. Bu organizm hozirda insoniyat uchun oziq-ovqat sanoatida oqsil, vitamin va fermentga boy qo‘shimcha, qishloq xo‘jaligida esa oqsilga va fermentga boy ozuqa emi sifitida ishlatilish uchun chuqur o‘rganilib izlanishlar olib borilmoqda.



7-rasm. Scenedesmus hujayrasining mikroskop ostida ko‘rinishi

Bu mikrosuvo‘tining insoniyatga katta urg‘u berilish sabablaridan biri uning hujayra qobig‘ining yumshoqligidadir va uning ham oqsil va mikroelemetnlarga boyligidir. YA’ni bu mikrosuvo‘ti tirik organizm organizmiga tushgandan so‘ng to‘liq singadi. Bu mikrosuvo‘ti chuchuk suvda o‘sadi va uning 100 dan ortiq turlari mavjud. Uning hujayra diametri ham kichik bo‘lib, uni faqatgina mikroskop yordamida ko‘riladi.

Scenedesmus ni Makaziy Osiyo davlatlari hududi joylashgan suv havzalarida keng uchratish mumkin. Bu mikrosuvo‘ti juda tez katta biomassa hosil qiladi. Mezofil organizm hisoblangani uchun bahor oylarini juda hush kuradi. 25-260S harorat bu organizm uchun eng maqul harorat hisoblanadi. Bahor oylarida asosan uning bosh qismlarida qiyg‘os gullaydi va xovuzlarga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi. Bu organizm ko‘payishi uchun ham mineral tuzlar va fotosintez jarayoni asosiy omil hisoblanadi. Quyoshning ta’siri ostida shu darajada tez ko‘payadiki suvning ustki qatlamidan boshqa qatlamini qo‘rsatmaydigan holatga olib keladi. Bu mikrosuvo‘ti ham hozirda jadal ravishda o‘rganib kelinmoqda. SHunga qaramasdan bu tur haqida hozirda ma’lumot juda oz hisoblanadi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin