Ma’lumki, Respublikamizda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish borasida muayyan ishlar tizimli tartibda amalga oshirilmoqda



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə6/15
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#43245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
mustaqil ish

Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar

Miqdor, t

Xitoy

“State Science and Technology Commission”

500

AQSH

“Cyanotech”

400

Tailand

“Dainippon Ink & Chemicals (DIC)”

150

Hindiston

Suv o‘ti fermasi

100

Kuba

Xususiy ishlab chiqarish fermalari

40

Vetnam

Xususiy ishlab chiqarish fermalari

10

CHili

Xususiy ishlab chiqarish fermalari

3





3-rasm. AQSH ning Texas shtatidagi mikrosuvo‘ti etishtiruvchi fabrika

Bu esa Algologiyaning (mikro suv o‘tlarini o‘rganuvchi Biotexnologiya ichidagi fan) jadal ravishda rivojlanib amaliyotga tez fursatda chiqayotganini va uning ob’ektlarini insoniyat kelajagi muammolari echimiga izchil echim sifatida qabul qilinayotganini ko‘rsatadi.




1.4. O‘ZBEKISTONDA MIKROSUVO‘TLARIGA BO‘LGAN QIZIQISH

VA UNING TARIXI


Mikrosuvo‘tlarini o‘rganish tarixi O‘zbekistonda ham XX-asrning 61-65yillariga to‘g‘ri keladi. Respublikada mikrosuvo‘tini ishlab chiqarish va ko‘llash birinchi bor 1961-yilda bo‘lgan. Bu sohaning rivojlanishi va uning fan sifatida javdalanishiga sababchi o‘zbek algologik olimlari A.M Muzafarov., T.T Taubaev., A.R Raximov., X.F YAkubovlar hisoblanadi. Aynan shu olimlar (asosan A.M

Muzafarov) O‘zbekistonda algologik ob’ektlarni sanoatda qo‘llay boshlashdi va XX-asrning 75-80-yillarida Sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan O‘zbekistonning qishloq xo‘jalik sanoatidagi barcha xo‘jaliklarda to‘liq ravishda qo‘llana boshlanadi. Bu sohalarda asosan yashil mikrosuvo‘tlari oilasiga mansub Chlorella va Scenedesmus, ko‘k yashil mikrosuvo‘tlari oilasiga mansub Nostoc mikrosuvo‘tlari keng sanoat tarzida ishlatildi. 1986-yildan boshlab esa sobiq ittifoqidagi notinch sharoit ilm-fanga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi va bu soha oqsoqlana boshladi va ittifoqning parchalanishi bilan to‘liq to‘xtab qoldi.

Mustaqil O‘zbekistonda ilm-fanning rivojlanishiga bo‘lgan e’tibor kuchaya boshlagach, Respublikada biotexnologiya fani ham boshqa rivojlangan davlatlar singari tezda rivojlana boshladi. Biotexnologiya tarixi O‘zbekistonda 1996 yilga kelib taqaladi. SHunga qaramasdan oxirgi 10 yil ichida O‘zbekiston Respublikasida ham mikrosuvo‘tlariga bo‘lgan qiziqish ortdi. O‘zbekistonning biotexnologiya yo‘nalishidagi olimlari ham chet el olimlari singari mikrosuvo‘tlari ustida sanoat va laboratoriya tarzidagi tajribalar olib borishmoqda (asosan qishloq xo‘jaligi sanoatida olib borilmoqda). Hozirda mikrosuvo‘tlari Respublikamizning Toshkent kimyo - texnologiya instituti, O‘zRFA “Mikrobiologiya” instituti, O‘zRFA “Hayvonlar va o‘simliklar florasi” institutlari laboratoriyalarida etishtirilmoqda. Hajm bo‘yicha Toshkent kimyo-texnologiya instituti hozirda ilgarilab bu institut qoshida tashkil etilgan “Mikrosuvo‘tlari o‘stirishga ixtisoslashgan” laboratoriya kuniga 400 litr miqdorida mikrosuvo‘tlar etishtirish salohiyatiga egadir (4-5 rasm).

Bu esa o‘z navbatida Respublikamizda ham ushbu sohani rivojlanayotganini ko‘rsatadi.





4-rasm. Toshkent kimyo-texnologiya 5-rasm. TKTI algologik institutida tashkil etilgan algologik laboratoriyasidagi mikro suv o‘tlari laboratoriya o‘stirishga moslashgan kultivatorlar

Ushbu laboratoriya 2011 yil tashkil topgan bo‘lib, bu qisqa muddat ichida aynan ushbu laboratoriya etkazib bergan biopreparatlar Respublikamizning Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Buxoro va Jizzax viloyatlarida qishloq xo‘jalik sanoatida sanoat xolatdagi tajribalardan o‘tdi. Hozirda ushbu laboratoriya yashil mikrosuvo‘tlari oilasiga mansub Chlorella va Scenedesmus, ko‘k yashil mikrosuvo‘tlari oilasiga mansub Spirulina va Nostoc lar keng o‘rganilmoqda va Respublikamiz iqtisodiyotining har jabhalarida muammo va kamchiliklarni hal qiluvchi echim sifatida qo‘llanilib bormoqda. Respublikamizda prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilm-fanga bo‘lgan katta e’tibor, yoshlarni yangiliklarga bo‘lgan qiziqishlari va albatta pedagokik qobiliyati yuqori bo‘lgan olimlarning yoshlarni o‘z oldiga jalb qilib ularni fanga qiziqtira olishlari bu sohaning jadal rivojlanishiga asosiy sabablardan biridir.





Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin