Ushbu videolavhada ikki xil ma’lumot turlari tushuntiriladi: Miqdoriy va Turkumlashgan.
Miqdoriy ma’lumotlar matematik amallar bajarishga imkon beruvchi sonli qiymatlarda olinadi (masalan, kuchuklar soni kabi).
Turkumlashgan guruhlarni yoki qismlar jamlanmasini nomlashda foydalaniladi (masalan, Kolli, Labrador, Pudel va boshqa kuchuk zotlari kabi).
Boshqacha qarash Ma’lumot turlariga xulosa qilib ularni ikki qismga:
Miqdoriy va Turkumlashgan Miqdoriy keyinchalik ikki qismga 'Uzluksiz' yoki 'diskret'ga bo‘linadi.
Turkumlashgan ma’lumotlar esa 'Tartibli' yoki 'Tartibsiz' turlarga bo‘linadi.
Endilikda siz dunyodagi bizni o‘rab turgan har qanday ma’lumot turlarini ushbu to‘rt turning qaysi biriga tegishli ekani haqida tushunchaga ega bo‘ldingiz: diskret, Uzluksiz, Tartibsiz, va Tartibli. Keyingi bo‘limda, biz aynan miqdoriy o‘zgaruvchilarga doir xulosalar bilan ishlaymiz.
Miqdoriy hamda Turkumlashgan Buning ba’zilari biroz mushkul bo‘lishi mumkin - hattoki pochta indekslari ham raqamlardan iborat, ular aniq miqdoriy o‘zgaruvchilar hisoblanmaydi. Agar biz ikki pochta indeksini birlashtirsak, hosil bo‘ladigan yangi qiymatdan biz foydali ma’lumot olmaymiz. Shu bois, bu turkumlashgan o‘zgaruvchilar hisoblanadi.
Balandlik_,_Yosh_,_Kitobdagi_sahifalar_soni_va_Yillik_Maosh'>Balandlik, Yosh, Kitobdagi sahifalar soni va Yillik Maosh bularning barchasi qiymatga ega, ya’ni biz ular ustida qo‘shish, ayirish va boshqa foydali amallarni bajara olamiz. Shuning uchun ular 'miqdoriy'.
Jinsi, Harf baholar, Nonushta turi, Oilaviy Ahvoli, va Pochta indeksi qismlar yoki shaxslar guruhi nomi sifatida tushunilishi mumkin. Shuning uchun ular 'turkumlashgan'.
Uzluksiz hamda diskret Ma’lumotni uzluksiz yoki diskretligini aniqlashda ularni kichik qiymatlarga ajrata olish imkoniyatini ko‘rishimiz lozim. Masalan, vaqt - uning o‘lchovlari yillar, oylar, kunlar, saotlar, daqiqalar, yoki soniyalar, va hattoki soniyalardan ham kichikroq qiymatlarda uni o‘lchay olamiz. Shu bois, bu kabi ma’lumot turlari uzluksiz hisoblanadi. Balandlik, Yosh, va Maosh 'uzluksiz ma’lumot' turlari hisoblanadi. Aksincha, kitob sahifalari soni, qahvaxona tashqarisidagi kuchuklar soni, yoki yaylovdagi daraxtlar barchasi 'diskret ma’lumot' hisoblanadi.
Tartibli hamda Tartibsiz Turkumlashgan o‘zgaruvchilarga qarasak, Jins, Oilaviy Ahvol, Pochta indeksi va Nonushta yeguliklari ma’lum bir ketma-ketlikka ega emasligi bois 'tartibsiz o‘zgaruvchilar' sirasiga kiradi. Negaki nonushtada yeguliklar aniq ketma-ketlik bo‘yicha tamaddi qilinmaydi.
Aksincha, Harf baholar yoki So‘rov reytingi aniq ketma-ketlikka ega, shu bois ular 'tartibli ma’lumotlar'. Agar siz A baho olsangiz bu A- bahodan yuqori turishini anglatadi. A- esa B+ bahodan yuqori turadi va hokazo... Tartibli o‘zgaruvchilar odatda qoniqarlidan a’lo tomon baholash ko‘rsatgichida joylashadi. Ko‘pincha biz tartibli o‘zgaruvchilarni oson tahlil qilishimiz uchun sonlarda aks ettiramiz, bunga keyinchalik chuqurroq to‘xtalamiz!
Xulosa Ushbu bo‘limda bizni o‘rab turuvchi turli ma’lumot turlarini ko‘rib chiqdik. Bugungi kunda biz ishlaydigan ma’lumotlar har doim ham aniq bo‘lmasligi mumkin - ba’zida ular nuqsonlarga ega bo‘ladi. Bu borada, ushbu ma’lumotga nisbatan namunalar yoki ma’lumot turi haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lish, uni 'tozalash' as qotadi. Ma’lumot turlarini tushunish uni tushuntira olish samarasini oshiradi. Bu borada tez orada to‘xtalamiz!