Ma`lumotlar bazasi xavfsizligi 4-mavzu. Ma’LUMOTLAR BAZASI XAVFSIZLIGI MODELLARI Ma’ruzachi: azizbek yusufov


Dasturiy ta’minotni yaratish jarayonining sifatini baholash



Yüklə 82,17 Kb.
səhifə9/12
tarix25.12.2023
ölçüsü82,17 Kb.
#194857
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Data base security - lecture 4 (1)

Dasturiy ta’minotni yaratish jarayonining sifatini baholash
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlardan ko'rinib turibdiki, dasturiy ta’minot bozorida joriy davr dasturiy ta ’minotning donalab ishlab chiqishdan sanoatda yaratishga o`tishi bilan xarakterlanadi, bu o‘z navbatida, ularni ishlab chiqish jarayonlarini takomilashtirilishini talab qiladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiquvchi tashkilot
ta’minlaydigan ushbu jarayonlarning sifatini baholash bilan bog‘liq bir nechta standartlar mavjud.
Ularga quyidagilar kiradi:
• ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar (ISO 9000 — ISO 9004);
• SMM — Capability Maturity Model — dasturiy ta’minotni yaratish jarayonlarining yetuklik (takomillashtirilgan) modeli,
SEI (Software Engineering Institute — Karnegi — Mellon universiteti qoshidagi dasturlash instituti) ilova qilinadi;
• ISO/IEC 15504 xalqaro standartning ishchi versiyasi: In formation Technology — Soft ware Process Assessment; Ushbu versiya SPICE (Software Process Improvement and Capability determination — dasturiy ta ’minotni yaratish jarayonining imkoniyatlarini aniqlash va uni yaxshilash) nomi bilan tanish.


ISO 9000 standart seriyasi
ISO 9000 standart seriyada jarayonni tashkil qilishning ayrim minimal darajasiga erishish uchun zarur shartlar shakllangan, lekin jarayonni keyinchalik takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar bermaydi.
SMM. SMM ishlab chiquvchi — tashkilotning yetukligini baholash mezonlarini va amaldagi jarayonlarni yaxshilash retseptlarini o‘zida jamlaydi.
SMM ishlab chiquvchi — tashkilotlarning beshta yetuklik darajalarini belgilaydi, bunda har bir keyingi daraja barcha oldingi asosiy tavsiflarni o‘z ichiga oladi.


Boshlang`ich daraja
Boshlang`ich daraja (initial level) keyingi darajalar bilan solishtirish uchun asos sifatida standartda bayon qilingan. Tashkil qilishning bunday darajasi korxonada sifatli dasturiy ta ’minotni yaratish uchun barqaror shartlar mavjud emas. Istalgan loyiha natijalari menejerning shaxsiy malakasi va dasturchining tajribasiga to‘liq holda bog'liq, bir loyihadagi muvaffaqiyat xuddi shu menejer va dasturchini belgilagan holda yana takrorlanishi mumkin.
Agar shu menejer va dasturchilar korxonadan ketsa, ishlab chiqilayotgan dasturiy mahsulot sifati keskin kamayib ketadi. Bunday vaziyatlarda ishlab chiqish jarayoni kodni yozishga va uni minimal testlashga keltiriladi.



Yüklə 82,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin