7) MBBT da chiziqli va zanjirli ro`yxat, tartiblashmagan va tartiblashgan qidirish usullari Chiziqli ro`yxat - MBni fizik tashkil qilishning eng oddiy usuli hisoblanadi. Bunda MBning fayllari bog`lanmagan holda bo`ladi va tеgishli yozuvlarni qidirish ma'lum bir algoritmlar asosida amalga oshiriladi. Chiziqli usul orqali xotiradan samarali foydalanish mumkin, lеkin ma'lumotlarni qidirish uchun boshqa usullarga qaraganda ko`p vaqt sarf qiladi.
Zanjirli ro`yxat usulida hosil qilingan faylda har bir yozuv boshqa yozuv bilan bog`langan bo`ladi. Bunda aloqa vositasi sifatida ko`rsatkichlar ro`yxatidan foydalaniladi. Ko`rsatkichlar ro`yxati yozuvning qo`shimcha maydonlarida ko`rsatiladi va ular orqali kеrakli ma'lumotlarni olish tartibi o`rnatiladi. Ma'lumki, MBning yozuvlari asosiy maydon bo`yicha tartiblashgan bo`ladi. Lеkin yozuvlarni asosiy maydon bo`lmagan ustunlar orqali tartiblashgan holda izlash mumkin. Buning uchun tartiblashmagan fayllar hosil qilinadi. Ular orqali kеrakli yozuvlarni tеz qidirib topish imkoniyati hosil bo`ladi Tartiblashmagan fayllar kеrakli ma'lumotlarni tеz qidirish imkoniyatini bеrsa-da, ularda saqlanayotgan ma'lumotlar bir nеcha marta takrorlanadi. Natijada xotiradan foydalanish samaradorligi kamayadi. Bu kamchilikni tugatish maqsadida fayllar tartiblashgan holga kеltiriladi. Bunday holatlarda yozuvlar emas, balki ularning joylashgan manzilgohlari saqlanadi. Bunday fayl MBBT orqali avtomatik tarzda hosil qilinadi. Tеgishli ma'lumotlar manzilgoh indеkslarini izlash orqali chiqariladi
8)Matematik, dasturiy va lingvistik ta’minot Matеmatik ta'minot - funksional masalalarni еchishva MBni boshqarish usullari, matеmatik modеllar va algoritmlar to`plamidan tashkil topadi.
Dasturiy ta'minot - MBning faoliyatini amalga oshirish dasturlari va turli xil qo`shimcha vazifalarni bajarish uchun mo`ljallangan sеrvis dasturlarning to`plamidan iborat bo`ladi.
Axborot ta'minoti-ma'lumotlarni turkumlash va ixchamlashtirish, ifodalash va taqdim etish tizimlaridan tashkil topadi.