Ma`lumotlar o‘zgartiruvchi standart sxemalarni qamragan analog tizimlar dunyosi bilan kompyuterlar tizimlarining o‘zaro ta`sirlari bilan bog‘liq muammolar
Ma`lumotlar o‘zgartiruvchi standart sxemalarni qamragan analog tizimlar dunyosi bilan kompyuterlar tizimlarining o‘zaro ta`sirlari bilan bog‘liq muammolar.
Multisim – bu qisqa vaqt ichida qurilmalarni ishlab chiqishga imkon beradigan sxemalar interaktiv emulyatoridir. Multisim o‘z ichiga Multicap versiyasini kiritgan, bu esa sxemalarni dasturiy tavsiflash va undan keyin darhol sinash uchun ideal vosita hisoblanadi. Multisim shuningdek, ishlab chiqish va sinash vositalari bilan chuqur integratsiya qilish uchun National Instrumentstomonidan ishlab chiqilgan LabVIEW va Signal Express bilan o‘zaro moslashtirilgan.Multisimto‘plami Windows standart interfeysidan foydalanadi. Interfeysning yuqori sezgirligi va soddaligi uni qo‘llash uchun ancha yengillik beradi.
Rasm. Multisim dasturi ishchi oynasi.
Ma`lumotlar o‘zgartiruvchi standart sxemalarni qamragan analog tizimlar dunyosi bilan kompyuterlar tizimlarining o‘zaro ta`sirlari bilan bog‘liq muammolar.
Multisimto‘plami Windows standart interfeysidan foydalanadi. Interfeysning yuqori sezgirligi va soddaligi uni qo‘llash uchun ancha yengillik beradi.
Multisimbitta ishlab chiqish muhitida sxemani ishlab chiqish va uni sinash/emulatsiya qilish uchun imkoniyat yaratadi.
Odatdagi SPICEtahlilidan tashqari Multisimfoydalanuvchilar uchun sxemaga virtual asboblarni ulashga imkon beradi. Bu real voqealarni imitatsiya yordamida natijalarni sodda va tezkor ko‘rish usuli hisoblanadi.
Zaruriyat bo‘lganda yuqori murakkablikda tahlil qilish uchun Multisim tahlilning turli funksiyalarini taqdim etadi. Multisimtarkibiga Grapher – ko‘rish va ma`lumotlarni tahlil qilish uchun kuchli vosita kiritilgan.
Ma`lumotlar o‘zgartiruvchi standart sxemalarni qamragan analog tizimlar dunyosi bilan kompyuterlar tizimlarining o‘zaro ta`sirlari bilan bog‘liq muammolar.
O‘tkazgichlar rangini o‘zgartirish imkoniyati sxemani o‘zlashtirish uchun ancha qulaylik yaratadi. Turli ranglar yordamida grafikani ham tasvirlash mumkin, bu esa bir necha bog‘liqliklarni bir vaqtda tadqiq qilishda juda qulaydir.
Elektrotexnika va elektronikani o‘rganishda sinash va tajribalar o‘tkazish zarurligi hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Lekin ularni o‘tkazish jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin (ayniqsa hozirgi vaqtda). Yaxshi o‘quv laboratoriyasi zamonaviy o‘lchov jihozlariga va ularni ishchi holatda saqlab tura oladigan malakali xodimlarga ega bo‘lishi kerak. O‘quv yurtlari uchun bunday laboratoriyani ushlab turish qiyin masaladir.