Ma`lumotlar o‘zgartiruvchi standart sxemalarni qamragan analog tizimlar dunyosi bilan kompyuterlar tizimlarining o‘zaro ta`sirlari bilan bog‘liq muammolar
Ma`lumotlar o‘zgartiruvchi standart sxemalarni qamragan analog tizimlar dunyosi bilan kompyuterlar tizimlarining o‘zaro ta`sirlari bilan bog‘liq muammolar.
Keyingi qirq yil ichida elektr va elektron sxemalarni hisoblash vositalari tezlik bilan o‘zgarib bordi. Bunday vosita sifatida 70-yillarning boshida foydalanilgan logarifmik lineykaning o‘rnini 70-yillarning ikkinchi yarmida kalkulyatorlar va miniEHM lar egallay boshladi. Mini EHM larning o‘rniga 80-yillarning o‘rtalariga kelib hisoblash quvvatlari va imkoniyatlari uzluksiz ortib borayotgan shaxsiy kompyuterlar (ShK) qo‘llanila boshlandi. Elektron sxemalarning tahlili bo‘yicha ShK larning dasturiy ta`minoti faqat hisoblashlarning algoritmlari va sonli tahlil usullarini rivojlantirish yo‘nalishidagina emas, balki har xil turdagi sxemalar (analogli, raqamli, raqamli-analog, impuls va boshqalar) bilan tajribalar o‘tkazish uchun virtual muhitni yaratish imkoniyatini beruvchi foydalanuvchi uchun qulay interfeysni yaratish yo‘nalishida ham rivojlandi.
Ma`lumotlar o‘zgartiruvchi standart sxemalarni qamragan analog tizimlar dunyosi bilan kompyuterlar tizimlarining o‘zaro ta`sirlari bilan bog‘liq muammolar.
Alohida ta`kidlash kerakki, shaxsiy kompyuterning foydalanuvchi interfeysini yaratish sohasidagi yutuqlar shu darajada ta`sirliki, ular sxemalarni tadqiq qilishga bo‘lgan uslubiy qarashning keskin o‘zgarishiga olib keldi. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish an`anaviy o‘quv laboratoriyalariga alternativ - virtual laboratoriyalarning yaratilishiga olib keldi. Virtual laboratoriya, umuman olganda, tadqiqotchining real laboratoriyadagi harakatlarini (ishini) imitatsiya qiluvchi interfeysga ega bo‘lgan sonli hisoblash dasturidir. Yuqori tezkorlik va katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda hisoblashlarning sonli usullari yordamida murakkab modellarni ham aniqligi real obyektlarda o‘tkaziladigan tajribalarda olinadigan natijalarning aniqligidan qolishmaydigan aniqlikda tadqiq qilish mumkin.