Maktab fizika kursida virtual laboratoriyalardan foydalanish



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix06.09.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#63433
  1   2   3   4
2116 (3)



 
Volume: 02 Issue: 03 | 2022 
ISSN: 2181-2624 
 
www.sciencebox.uz 
Analytical Journal of 
Education and Development
58 
MAKTAB FIZIKA KURSIDA VIRTUAL LABORATORIYALARDAN 
FOYDALANISH 
 
Aripov Masud Marufovich 
Qo‟qon DPI, Informatika kafedrasi dotsenti, t.f.n. 
Tursunova Feruzaxon Nu’monjon qizi 
Qo‟qon DPI magistri 
 
Аннотация: Ushbu maqolada maktab fizika kursida virtual laboratoriyalari 
texnologiyalaridan foydalanish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Virtual la-boratoriyalarni PhET 
laboratoriyasida bajarishga oid misollar o’rganilgan. 
 
Tayanch iboralar: Virtuallik, virtual laboratoriya, virtual reallik, VirtualLab, PhET.. 
Hozirgi kunda ta‟lim tizimida eng dolzarb muammolardan biri o‟quv jarayonini 
takomillashtirishda innovatsion, axborot kommunikatsion texnolo-giyalaridan foydalanish va 
o‟quv jarayonining samaradorligini oshirish sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdan 
iborat. Jumladan, fizika fanini o‟qitishda eng dolizarb muammolardan biri o‟quv jarayonini 
takomillashtirishda virtual laboratoriyalardan, virtual demonstratsiyalardan foydalanish va o‟quv 
jarayo-nining samaradorligini oshirish sohasida uslubiy ishlanmalarni yaratish va ular-ni ta‟lim 
jarayoniga tadbiq etishdan iborat. 
O‟qitishning an‟anaviy usullarida fan bo‟yicha olingan nazariy bilimlarni mustaxkamlash va 
amaliy ko‟nikmalarni xosil kilish uchun xizmat qiluvchi labo-ratoriya va amaliy mashg‟ulotlarga 
katta axamiyat beriladi. Lekin ular aksariyat xolatlarda kutilgan natijani bermaydi. Buning 
sabablari quyidagichadir: 
 laboratoriya stendlarining etarli emasligi; 
 mavjud laboratoriya stendlari zamonaviy uskunalar, qurilmalar va apparatlar bilan 
ta‟minlanmaganligi; 
 ko‟pchilik laboratoriya stendlarining zamonaviy talablarga javob bermasligi va ma‟naviy 
eskirganligi; 
 laboratoriya ishlari va stendlarini mukammallashtirib turish zarurligi; 
 ayrim laboratoriya sxemalarini yig‟ish uchun ko‟p vaqt talab qilinishi sababli o‟quvchilar 
ajratilgan vakqdan unumli foydalana olmasligi. 
Yuqorida keltirilgan kamchiliklariing ko‟pchiligini o‟quv jarayoniga virtual laboratoriyalarni 
kiritish yo‟li bilan bartaraf qilish mumkin. 
Virtual laboratoriya (VL) dasturiy kompleks bo‟lib, foydalanuvchiga xar xil turdagi qurilmalar 
va tizimlar bilan ishlash ko‟nikmalarini xosil qilish va ularni xar tomonlama tadqiq qilish 
imkoniyatini beradi. Foydalanuvchi VL bilan ishlashi laboratoriya ishlari (LI) deb ataluvchi 
ayrim seanslar ko‟rinishida tashkil qilinadi. 



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin