Asosiy tushuncha va ta’riflar Basic concepts and definitions
Ma’lumotlar tuzilmasi (MT) (ing.: data structure) - bu tuzilmani tashkil qiluvchi elementlar (ma’lumotlar) va ular orasidagi bog’liqlikni ifodalovchi munosabatlar majmuasi hisoblanadi.
Ma’lumotlar tuzilmasi – hisoblash mashinasida bir turdagi mantiqiy bog’langan ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash imkonini beruvchi dasturiy birlik sifatida qaraladi.
Ma’lumotlar tuzilmasining interfeysini tashkil etuvchi ma’lumotlarni qo’shish, o’zgartirish, qidirish va o’chirish uchun funksiyalar to’plami mavjud.
Asosiy tushuncha va ta’riflar Basic concepts and definitions
MT o’zining quyidagi xossalari bilan tasniflanadi:
qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlari to’plami;
mumkin bo’lgan amallar (operatsiyalar) majmuasi;
tashkil etilganlik tasnifi.
Ma’lumotlarni ifodalash bosqichlari Stages of data submission
Ma’lumotlar turi (tuzilmasi) quyidagilarni belgilab beradi:
ushbu tuzilmaning xotirada joylashishi usuli va unga ajratilgan xotira hajmi;
berilgan ma’lumot turi uchun mumkin bo’lgan qiymatlar;
ushbu ma’lumotlar tuzilmasi ustida bajariladigan amallar (operatsiyalar).
Ma’lumotlarni ifodalash bosqichlari Stages of data submission
ma’lumotlarni abstrakt (matematik) ifodalash bosqichi;
ma’lumotlarni mantiqiy ifodalash bosqichi;
ma’lumotlarni fizik ifodalash bosqichi.
Ma’lumotlarning abstrakt yoki mantiqiy tuzilmasi deganda, uning matematik yoki chizma (grafik) ifodasi tushiniladi. Abstrakt bosqichda ixtiyoriy tuzilmani <D,R> juftlik ko’rinishda ifodalash qabul qilingan. Bu yerda:
D – elementlarning chekli to’plami bo’lib, elementlar ma’lumotlar turlari yoki ma’lumotlar tuzilmasi bo’lishi mumkin;
R – munosabatlar to’plami bo’lib, mazkur munosabatlar xususiyatlari abstrakt bosqichda ma’lumotlar tuzilmalarini turlarini aniqlaydi.