Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar Data structures and algoritms


Asosiy tushuncha va ta’riflar Basic concepts and definitions



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə2/7
tarix11.11.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#68485
1   2   3   4   5   6   7
1-мавзу

Asosiy tushuncha va ta’riflar Basic concepts and definitions

  • Ma’lumotlar tuzilmasi (MT) (ing.: data structure) - bu tuzilmani tashkil qiluvchi elementlar (ma’lumotlar) va ular orasidagi bog’liqlikni ifodalovchi munosabatlar majmuasi hisoblanadi.
  • Ma’lumotlar tuzilmasi – hisoblash mashinasida bir turdagi mantiqiy bog’langan ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash imkonini beruvchi dasturiy birlik sifatida qaraladi.
  • Ma’lumotlar tuzilmasining interfeysini tashkil etuvchi ma’lumotlarni qo’shish, o’zgartirish, qidirish va o’chirish uchun funksiyalar to’plami mavjud.

Asosiy tushuncha va ta’riflar Basic concepts and definitions

  • MT o’zining quyidagi xossalari bilan tasniflanadi:
    • qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlari to’plami;
    • mumkin bo’lgan amallar (operatsiyalar) majmuasi;
    • tashkil etilganlik tasnifi.

Ma’lumotlarni ifodalash bosqichlari Stages of data submission

Ma’lumotlar turi (tuzilmasi) quyidagilarni belgilab beradi:

  • ushbu tuzilmaning xotirada joylashishi usuli va unga ajratilgan xotira hajmi;
  • berilgan ma’lumot turi uchun mumkin bo’lgan qiymatlar;
  • ushbu ma’lumotlar tuzilmasi ustida bajariladigan amallar (operatsiyalar).

Ma’lumotlarni ifodalash bosqichlari Stages of data submission

  • ma’lumotlarni abstrakt (matematik) ifodalash bosqichi;
  • ma’lumotlarni mantiqiy ifodalash bosqichi;
  • ma’lumotlarni fizik ifodalash bosqichi.
  • Ma’lumotlarning abstrakt yoki mantiqiy tuzilmasi deganda, uning matematik yoki chizma (grafik) ifodasi tushiniladi. Abstrakt bosqichda ixtiyoriy tuzilmani <D,R> juftlik ko’rinishda ifodalash qabul qilingan. Bu yerda:

    D – elementlarning chekli to’plami bo’lib, elementlar ma’lumotlar turlari yoki ma’lumotlar tuzilmasi bo’lishi mumkin;

    R – munosabatlar to’plami bo’lib, mazkur munosabatlar xususiyatlari abstrakt bosqichda ma’lumotlar tuzilmalarini turlarini aniqlaydi.


    Yüklə 0,84 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin