Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar Data structures and algoritms


Ma’lumotlar tuzilmasining o’zgaruvchanligi bo’yicha klassifikatsiyasi 1-rasmda keltirilgan



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə4/7
tarix11.11.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#68485
1   2   3   4   5   6   7
1-мавзу

Ma’lumotlar tuzilmasining o’zgaruvchanligi bo’yicha klassifikatsiyasi 1-rasmda keltirilgan.

Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi

3. Tuzilmaning tartiblanganligi bo’yicha:

  • tuzilma elementlari tartibi bo’yicha o’zaro ketma-ket, joylashgan bo’lsa, bunday tuzilmalar chiziqli tuzilma deyiladi:
    • vektor, massiv, stek, dek, yozuv;
  • tuzilma elementlari tartibsiz joylashgan bo’lsa, bunday tuzilmalar chiziqlimas tuzilma deyiladi:
  • ko’pbog’lamli ro’yxatlar, daraxt va graflar.

Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi

4. Tuzilma tarkibi bo’yicha:

  • Tuzilmalar tarkibi bo’yicha oddiy va integrallashgan (tarkibli - murakkab) turlarga ajratiladi.
  • Oddiy tuzilma tarkibidagi elementlar bitdan boshqa qismga ajralmaydigan tuzilma hisoblanadi.
      • Fizik tuzilmalar nuqtai nazaridan qaraganda oddiy tuzilma uchun uning o’lchami va komp’yuter xotirasiga joylashish usuli aniq.
      • Mantiqiy tuzilma nuqtai nazaridan qaraganda esa, oddiy tuzilma bo’linmas birlik hisoblanadi.
  • Integrallashgan (murakkab) tuzilmalar boshqa oddiy yoki murakkab tuzilmalardan tashkil topgan bo’ladi.

Ma’lumotlarning oddiy turlari

Oddiy ma’lumotlar tuzilmasi asosan, murakkab (tarkibli) tuzilmalarni qurish uchun xizmat qiladi.

Bu tuzilmalar sodda yoki tayanch tuzilma deb ham ataladi.

Misollar: sonli, bitli, mantiqiy, belgili, sanaladigan, interval (diapozon)li, ko’rsatkichli.

Ma’lumotlarning oddiy turlari

  • Ma’lumotlarning oddiy turlari odatda arifmetik turlar deb ham ataladi, chunki bu turlar ustida arifmetik amallar bajarish mumkin. Oddiy turlarni tavsiflash uchun quyidagi kalit so’zlari qo’llaniladi:
    • int (butun);
    • char (belgili);
    • wchar_t (kengaytirilgan belgili);
    • bool (mantiqiy);
    • float (haqiqiy);
    • double (ikkilik aniqlikdagi haqiqiy).
  • Birinchi to’rtta tur butun sonli (butun), oxirgi ikkita tur – qo’zg’aluvchi nuqtali deb ataladi. Kompilyatorda butun qiymatli ma’lumotni qayta ishlash kodi qo’zg’aluvchi nuqtali qiymatni qayta ishlash kodidan farq qiladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin