Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar Data structures and algoritms
1-ma’ruza: Ma’lumotlar turlari. Ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari.
Lecture #1. Data types. Abstract structures of data
Raximov Rustam Tuxtayevich
Kurs dasturi
Maqsadi (ing.: purpose) - turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqish hamda algoritmlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.
Vazifasi (ing.: objective) – talabalarni turli xil ma’lumotlar tuzilmalari bilan tanishtirish, yangi tuzilmalarni ishlab chiqish va o’quv jarayonlariga tadbiq etish usullarini o’rgatishdan iboratdir.
Коd
PRC 3.01
Nomi
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
ECTS krediti
6
O‘quv yili
2022-2023
Semestr
3
Kurs haqida qisqacha ma’lumot
Kurs talabalarni tuzilmalar ko’rinishida ma’lumotlarni gayta ishlash, optimal algoritimlar ishlab chiqish va dasturlash ko’nikmalarini takomillashtirishga yo’naltiradi.
Ushbu kurs quyidagi 3 bo’limdan iborat:
Ma’lumotlar, tuzilmalar, rekursiya va ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash
Standart ma’lumotlar tuzilmalari kutubxonasi bilan ishlash
Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish. Ma’lumotlar tuzilmalarini modellashtirish
Asosiy tushuncha va ta’riflar Basic concepts and definitions
Ma’lumot - bu biror bir ob’ekt, jarayon, hodisa yoki voqelikni ifodalab (tasniflab) beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir.
Berilgan ma’lumot (belgi)lar qanday qiymat qabul qilishiga qarab ma’lumotlarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.